⏺ #ImkonLab #UNICEFNavoiyda “ImkonLab” loyihasi o‘tkazildi.
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi hamda
UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda
“ImkonLab” ijtimoiy tadbirkorlik laboratoriyasi loyihasi doirasida Zarafshon shahrining 50 ga yaqin yoshlar 4-kun davomida trening dasturida qatnashdi. Ular muammoni aniqlash, kreativ yechim ishlab chiqish va taqdimot qilish usullari kabi mavzularda UNICEFning malakali trenerlaridan bilim olishdi.
🙋 Tadbirda 10 ta jamoa o‘zining taqdimotlari va prototiplari bilan qatnashdi, hakamlar hay’ati UNICEFning yoshlar va o‘smirlar rivojlanishi bo’yicha maslaxatchisi Inna Volfson honim, Zarafshon shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi vakillari tomonidan mazkur loyihalar baholandi.
🎉 G‘olib bo‘lgan 5 ta jamoa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 1 ming AQSh dollar grant mablag‘larini qo’lga kiritdilar. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi g‘olib jamoalarga loyihalarini amalga oshirishda omad tilaydi.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook