O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.4K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.3K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🔹 Gerardo Salandra 27 yoshda, Gong Kongda istiqomat qiladi. U Forbes jurnalining an’anaviy 30 yoshgacha bo‘lgan muvaffaqiyatli yoshlar ro‘yxatidan (Osiyo) joy olgan.

👦🏻 Gerardo Salandra Rocketbots kompaniyasining hamasoschisi va CEOsi hisoblanadi. Ushbu kompaniya mijozlar bilan muloqotni Ai (sun’iy idrok) yordamida qulaylashtiruvchi platforma bilan ta’minlab keladi. Sun’iy idrok Rocketbots’ga xabarlarni 15dan ortiq tilda (ingliz, ispan, xitoy va boshqalar) qayta ishlash imkonini beradi.

💼 Rocketbots ma’lumotlariga ko‘ra, platformadan 10 mingdan ortiq kompaniya foydalanadi. Salandra Gong Kong Sun’iy Idrok Jamiyatining prezidenti ham sanaladi. Jamiyatda 4 mingdan ortiq xodim ishlaydi va ular AI texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔹 Pasha Kas, 24 yoshda, Qozog‘istonda yashaydi. U Forbes jurnalining an’anaviy 30 yoshgacha bo‘lgan muvaffaqiyatli yoshlar ro‘yxatidan (Osiyo) joy olgan.

👦🏻 Pasha Kas strit art ustasi bo‘lib, mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy muammolarni jamoat joylarida chizilgan asarlari orqali havola qiladi.

🏙 Ilk asarlari Olmaota markazida 2013-yildan keng jamoatchilik e’tiborini jalb etgan. Siyosiy mavzuga oid asarlaridan biri - "Yangi yil bilan, O‘RTOQ" (Happy New Year, COMRADE) mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan bo‘yab tashlangan. Ammo aynan shu asari unga mashhurlik va ketma-ket mukofotlar olib kelgan.

🖼 Pashaning ishlarini Qozog‘istondan tashqari Sankt-Peterburg va Nyu-Yorkda ham ko‘rish mumkin.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔸Denny Casale, 24 yoshda, AQSh fuqarosi. U Forbes jurnalining an’anaviy 30 yoshgacha bo‘lgan muvaffaqiyatli yoshlar ro‘yxatidan joy olgan.

👨🏻‍💻Deni Instagram va YouTube tarmoqlarida "Coolman Coffeedan" nomi bilan mashhur. U o'z sahifalarida hazilomus animatsiyalarini yuklab boradi va 2 mlndan ortiq obunachilari bor.

🎥Yutuberlik faoliyatini 2009-yilda, "Plant"(O'simlik) nomli videosini bilan boshlagan. "I'm a CUP" (2018) nomli animatsiyasi unga katta mashhurlik olib kelgan. Hozirda u musiqa bilan shug'ullanadi.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔸Forbes jurnalining an’anaviy 30 yoshgacha bo‘lgan muvaffaqiyatli yoshlar ro‘yxatidan joy olgan yana bir inson - Jesar Shah.

👨🏻‍💻Jesar dunyo reytingida yuqori o'rinda turuvchi Kaliforniya universitetini tamomlagan. 22 yoshida Twitter'da menejer sifatida ish boshlagan. Dunyoning barcha nuqtalaridagi insonlarga, internet tezligi past bo'lganda ham ijtimoiy tarmoqdan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida Twitter Lite loyihasini ishlab chiqqan. Hozirda 10 milliondan ortiq foydalanuvchi ushbu dasturdan foydalanadi.

🔸26 yoshli tengdoshimiz hozirda Twitterni rivojlanayotgan bozorlarga olib chiqish va dastur imkoniyatlarini kengaytirib, yanada ko'proq foydalanuvchilarni jalb qilish bo'yicha ish olib bormoqda.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🔹Aleksandr Shiffxauer - Google’ning eng ommabop foto moslamalari (vositalari) yetakchisi. Forbesning an’anaviy 30 yoshgacha bo’lgan muvaffaqiyatli insonlar ro’yxatiga kiradi.

🧑🏻‍💻O’z faoliyatini Big Huge Games kompaniyasida muhandis sifatida boshlagan. Keyinchalik esa DomiNations o’yini yaratishda o’z hissasini qo’shgan.

📷Aleksandr shuningdek barchamizga tanish bo'lgan HDR +, Portret rejimi va astrofotografiya kabi xususiyatlar ustida ham ishlagan.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram