O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.4K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.3K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Forwarded from VATANDOSH / СООТЕЧЕСТВЕННИК
👋Xayrli kun, do'stlar!

🤔💬 Sevimli loyihangizning navbatdagi mehmoni kim bo'lishi va qanday mavzuda suhbat o'tkazilishi haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak.

🇺🇿🇺🇸 Kutib oling, Vatandosh loyihamizning qizg'in nuqtalarga boy bu galgi sonida Garvard universiteti Tibbiyot maktabida tadqiqotchi bo'lib ulgurgan, AQSh Davlat Departamenti to'liq stipendianti - Jamshid Jambulov mehmon bo'ladilar.

📊O'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirish, dunyoqarashingizni kengaytirish uchun yordam beradigan, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan insonlardan hayotiy motivatsion nutqlarni tinglash va o'zingizga qiziq bo'lgan savollarga javob olish imkonini qo'ldan boy bermang!

〽️MFaktor YouTube kanalida, bugun soat 21:00 da Vatandosh'ning 9-sonida ko'rishguncha!

🖐😉 Do'stlaringizni taklif qilish aslo esingizdan chiqmasin!

Vatandosh loyihasining telegram kanaliga ulanish:👇
@vatandosh_uzb

Vatandosh loyihasi rasmiy sahifalari
Официальные страницы проекта "Соотечесвенник"👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from VATANDOSH / СООТЕЧЕСТВЕННИК
Innovatsiya va sog'liqni saqlash - AQSH misolida

🔴 #JONLIEFIR

📹 https://youtu.be/ABm6LWUJ71A

Vatandosh loyihasining telegram kanaliga ulanish:👇
@vatandosh_uzb
🔹Aleksandr Shiffxauer - Google’ning eng ommabop foto moslamalari (vositalari) yetakchisi. Forbesning an’anaviy 30 yoshgacha bo’lgan muvaffaqiyatli insonlar ro’yxatiga kiradi.

🧑🏻‍💻O’z faoliyatini Big Huge Games kompaniyasida muhandis sifatida boshlagan. Keyinchalik esa DomiNations o’yini yaratishda o’z hissasini qo’shgan.

📷Aleksandr shuningdek barchamizga tanish bo'lgan HDR +, Portret rejimi va astrofotografiya kabi xususiyatlar ustida ham ishlagan.

#Forbes #Forbes30U30 #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zosi bo‘lmoqchimisiz ?

🔸Unda shoshiling. Arizalar joriy yilning 3-iyulidan 20-iyuliga qadar mamlakatimizdagi 5 ta siyosiy partiyalarning barcha tuman (shahar) Kengashlarida qabul qilinadi.

🔹O'z salohiyatingizni namoyon qilib, jamiyat rivoji uchun hissa qo'shing.
Ma'lumot uchun: (71) 231 12 90

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🤝O'zbekiston yoshlar ittifoqi va AT "Aloqabank" o’rtasida hamkorlik memorandumi o'tkazildi!

🔸Yoshlarning moliyaviy savodxonligi, iqtisodiy bilimlarini oshirish va bank-mijoz tizimini takomillashtirish maqsadida, O'zbekiston Yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubida AT "Aloqabank" va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

📜Ushbu hujjat asosida, ikki tashkilot o'rtasida ta'lim, san’at, madaniyat, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi va asalarichilik bilan bog'liq sohalarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

🧑🏻‍💻Tadbir yakunida talabalar onlayn fikr-mulohazalarda ishtirok etishdi va moliya, bank faoliyati va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forbesning an'anaviy 30 yoshgacha bo'lgan muvaffaqiyatli yoshlari ro'yxatiga kirgan atrof-muhit ozodaligi uchun kurashayotgan yoshlar haqida bilasizmi ?

🔸Tanishing, Melati va Izabel Vijsenlar! Indoneziyalik opa-singillar plastik idishlardan voz kechishga undovchi "Bye Bye Plastic Bags" yoshlar harakati asoschilari hisoblanadi. Ularning tinimsiz kurashishlari va petitsiyalari 2018-yilda Bali hukumati tomonidan bir martalik plastik idishlarni ta'qiqlanishiga katta hissa qo'shgan.

🔹Bir martalik plastik idishlarni qisqartirish bilan bir qatorda, opa-singillar Balida mahalliy ayollarni o'qitadigan "Mountain Mamas" loyihasini boshlashgan. Loyiha doirasida ayollar qayta ishlangan materiallardan bejirim sumkalarni tayyorlashadi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
❗️Diqqat tanlov!

🇺🇳BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

📽Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, odam savdosiga qarshi kurashish, uning oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!

💻Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin
– Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
2- oʻrin – Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
3- oʻrin – Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
4-oʻrindan – 10 oʻringa qadar esdalik uchun sovgʻalar.

📎2020-yil 7-iyuldan 25-iyulga qadar [email protected] elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.

🔉G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.

Tanlov haqida batafsil👉🏻https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/6697

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Alisher Saʼdullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4780-sonli qarori bilan Saʼdullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosarlari tayinlandi.

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi qaroriga muvofiq Ashurov Sarvar G'aniyevich Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Sarvar Ashurov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

🔹Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizi yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari etib tayinlandi. Dilnoza Kattaxanova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari, Kamalak bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

https://t.iss.one/yoshlar_agentligi_rasmiy
Toshkent shahar Yoshlar markazida "1105" Call-markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Batafsil ma'lumot uchun 👉🏻 Poytaxt_yoshlari

Obuna bo‘lishni unutmang 😉
O‘zingizni O‘rta Osiyoning juda katta maydonlarida ekib yetishtiriladigan ushbu mavsum piyozlari haqida yetarli ma'lumotlarga egaman deb hisoblaysizmi?

Javobingiz yo'q bo'lsa, ushbu vebinarimiz aynan siz uchun!

⚠️ Sizni, Piyozdosh sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha mutaxassis, agrovloger O‘rmonali Usmonov ishtirokidagi "O'rta Osiyo hududlarida avgust piyoz yetishtirish agrotexnikasi" mavzusidagi vebinarimizga taklif etamiz!

📅 Bugun, 11-iyul
20:30

Savollar ZOOM va Youtube tarmoqlari orqali qabul qilinadi.

Batafsil👉🏻@yoshfermer

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
​​🇺🇳BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” tasviriy san’at yoʻnalishida rasmlar tanlovini e’lon qiladi.

🎨Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, odam savdosiga qarshi kurashish, uning oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!

📱Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:
1- oʻrin
– Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
2- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
3- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
4-oʻrindan – 10 oʻringa qadar esdalik uchun sovgʻalar.

📎2020-yil 10-iyuldan 20-iyulga qadar [email protected] elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.

🔉G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.

📌Tanlov haqida batafsil👉🏻https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/6725

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram