#Xushxabar
⚡️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball toʼplagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi
✅ Bu haqda Hukumat qarori (209-son, 13.04.2021 y.) qabul qilindi.
🖥 Qarorga koʼra, xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar imtihon xarajatlarini qoplab berish uchun sertifikat olganidan 180 kunda davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali (my.gov.uz) murojaat qiladi.
➡️ DXM 10 daqiqada, YIDXP orqali esa avtomatik tarzda hujjatlar Yoshlar ishlari agentligiga yuboriladi va tashkilot 15 kunda sertifikatni verifikatsiyadan oʼtkazadi.
ℹ️ Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʼlmasa, Аgentlik 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʼrab xorijiy tashkilotga soʼrov yuboradi.
☝️ Batafsil ushbu havolada oʼqing. Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʼyxati esa ushbu manzilda.
Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz

Forwarded from O'zbekiston bolalar tashkiloti
Diqqat, Kamalakchilar😎!
Xabaringiz bor, har yili "Kamalak" bolalar tashkilotining an'anaviy Anjumani bo'lib o'tadi, bu yil esa jonajon tashkilotimiz 20 yoshga to'ladi. Lochin oromgohi-yu, Bo'stonliq haroratini biz bilan his etish niyatidagi sardorlar, yoshlar yetakchilari, "Kamalak" bolalar tashkiloti raislari sizga ushbu havolani yuborayotganimizdan asosiy maqsad - Anjumanning tashkiliy qo'mita a'zolarini shakllantirish. Tezda ro'yxatdan o'ting yoki ro'yxatdan o'tishi kerak bo'lgan insonlarga bu xabarni yuboring.
▫️Google forma: https://forms.gle/cut36uy9j6yBUFXY6
🌈 Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti matbuot xizmati t.iss.one/Kamalakbt_uz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons
⚡️ Millionlab yoshlar orasidan saralab olingan yosh kitobxonlarning so'nggi bosqichdagi murosasiz bahslarini 19-aprel, soat 15:00 da, "Yoshlar" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️ Millionlab yoshlar orasidan saralab olingan yosh kitobxonlarning so'nggi bosqichdagi murosasiz bahslarini 19-aprel, soat 15:00 da, "Yoshlar" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Hamdardlik
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Oʼzbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatri direktori Mirza Аzizov vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Oʼzbek sanʼatining yorqin siymosi, yuzlab shogirdlarning ustozi Mirza Аzizov Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan yuzlab loyiha, festival va aksiyalarda ishtirok etib, yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda vatanparvarlik ruhini singdirishda beminnat hissa qoʼshgan.
Yuksak darajadagi musiqali teatr aktyori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Firʼavn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Аlpomishning qaytishi” spektaklida Аlpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan san'atkorimiz yorqin xotirasi yoshlar qalbida qoladi.
Ustozning oila aʼzolari, shogirdlari va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Shon-sharaf" respublika harbiy festivalida ishtirok eting!
🔰 Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 76 yilligi munosabati bilan, shu yilning 20-aprel sanasida "G'alaba bog'ida" turli ekskursiyalar, konsert dasturlari, harbiy parad va faxriylar bilan uchrashuvlarni o'z ichiga olgan yirik festival tashkil etilmoqda.
📩 Festivalda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali ro'yxatdan o'tishingiz zarur.
⏰ Tadbir o'tkazilishi vaqti: 20-aprel, soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

⚡️Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati rahbariyatida yangi saylovlar amalga oshirildi
✅ Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masala ko'rildi.
🔰 Kollegial organ yigʼilishi qaroriga koʼra, Zayniddinov Shavkat Zayniddinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Sh.Zayniddinov bugungi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
🔰Shuningdek, Markaziy Kengash raisining o‘rinbosari lavozimiga Olimov Sherzod Murodullayevich saylandi. Sh.Olimov bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
✊Yoshlar ittifoqi jamoasi Shavkat Zayniddinovich hamda Sherzod Murodullayevichni yuksak ishonch bilan qutlab, faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaydi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️350 oʼringa moʼljallangan ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilindi
“El-yurt umidi” jamgʼarmasi Oʼzbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 oʼringa moʼljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qiladi!
🔰Jamgʼarma 2021-2022-oʼquv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
✅ bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 nafar,
✅ magistratura taʼlim dasturi uchun 150 nafar,
✅ doktorantura taʼlim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini maʼlum qiladi.
✅Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.
☝️Saralash bosqichlari 2021-yil 1-maydan – 20-mayga qadar davom etadi. Jarayonlar www.eyuf.uz saytida.

#Bu_muhim
⚡️Prezident mamlakat yoshlariga yana qator imkoniyatlar berdilar
✅ Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid navbatdagi farmon va qarorni imzoladilar. Ularga koʼra yoshlar uchun yana qoʼshimcha imtiyoz va imkoniyatlar berildi.
📌 2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʼliq qaytarib beriladi.
📌 “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarni ishga olgan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi boʼyicha imtiyozlar beriladi.
📌 1-iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga
✅ urugʼlik va koʼchat xaridi uchun 2 mln soʼmgacha subsidiya beriladi
✅tadbirkorlik uchun olingan binolarning ijara xarajatlarining 30 foizi kompensatsiya qilinadi
✅professional taʼlim tashkilotlari oʼquvchilariga korxonalarda amaliyot oʼtgan vaqti uchun 6 oy davomida 490 ming soʼmdan subsidiya toʼlanadi.
📌 Yoshlar ishlari agentligi qoshida Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etilmoqda va Davlat byudjetidan jamgʼarmaga 100 mlrd soʼm ajratiladi.
📌 Davlat byudjetidan toʼlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishda oshkoralikni taʼminlash, byurokratik toʼsiq va korrupsiyaning oldini olish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2 oy muddatda maxsus elektron platforma ishga tushuriladi.
📌 respublikaning 200 ta tuman va shaharlarida 219 ta Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi.
📌 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yosh tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etiladi va uning faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan $100 mln ajratilmoqda.
☝️Doʼstlaringizga ham ulashishni unutmang.

Telegram
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Jasorat, matonat va metin iroda namoyondalari xotirasiga bag‘ishlangan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali o'tkazildi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil etildi.
🔸 Faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy parad va ekskursiyalarni o'z ichiga olgan festivalda harbiy xizmatchilar, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan hamda faol yoshlar, OAV vakillaridan iborat jami 1000 dan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan "Shon-sharaf" respublika harbiy festivali “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida tashkil etildi.
🔸 Faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy parad va ekskursiyalarni o'z ichiga olgan festivalda harbiy xizmatchilar, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan hamda faol yoshlar, OAV vakillaridan iborat jami 1000 dan ortiq qatnashchilar ishtirok etdi.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from O'zbekiston bolalar tashkiloti
"Mening tarbiyam bobom Erkavoy, enam Robiyabibilarning ixtiyorida boʻlgan. Ruhim, xulqi-ahloqim va xarakterimda neki boʻlsa, bogʻbon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan" - Xudoyberdi To'xtaboyev
Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi, "Gulxan" jurnali hamkorligida 🎬 "Bolalar Xudoyberdi To'xtaboyevni unutmaydi" nomli bolalar press klubi tashkil etildi. Hamkorlikdagi loyiha doirasida respublika insholar tanlovida 859 nafar umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilar ishtirok etdi. Adabiyot ixlosmandlari uchun tashkil etilgan bolalarbop atmosfera qizg'in debatlarga ulandi. Jarayonni kadrlar orqali ulashamiz.
▫️Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti axborot xizmati @kamalakbt_uz