O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
19.2K subscribers
19.5K photos
1.71K videos
21 files
5.54K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
⚡️Surxondaryoda "ImkonLab" — ijtimoiy tadbirkorlik va innovatsiyalar loyihasi o'tkazildi

Viloyatda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va BMTning Bolalar jamgʼarmasi hamkorligidagi "ImkonLab" loyihasi oʼquv treninglari boʼlib oʼtdi.

🔰Dastur dunyoning 64 mamlakatida samara berayotgan ijtimoiy tadbirkorlik va innovatsiyalar loyihasi hisoblanadi.

Surxondaryolik yoshlar uchun start olgan dasturda yoshlar(18-24 yosh) hududidagi kundalik muammolarni yoritib berib, jamoa sifatida roʼyxatdan oʼtishlari bildirildi. Saralangan 37 nafar yosh malakali mutaxassislar tomonidan 4 kunlik treningda oʼqitildi. So'ngra jamoalar loyihalarini hakamlar oldida taqdimot qilishdi.

📌Yuqori ball to'plagan 5 jamoa 1000 АQSH dollari qiymatida boshlangʼich moliyalashtirildi, loyihasini jamiyatga tadbiq etish uchun soha mutaxassislari koʼmagiga ega boʼlishdi. Ishtirokchilar Sertifikat va sovgʼalari bilan ham taqdirlandi.

☝️ Loyiha boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich oʼtkaziladi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Xorazmda "Biz yoshlar — kelajak tayanchi" shiori ostida forum oʼtkazildi, yoshlar liderlikga tayyorlandi

Ushbu forumning asosiy oʼquv va treninglari Xiva yoshlar mehmonxonasida tashkil etildi. Forumda yoshlar 5 ta yoʼnalish boʼyicha liderlikga oʼqitildi. Treninglarni poytaxtlik malakali mutaxassislar olib bordi.

🔰 Yoshlar 3 kun davomida rahbarlik mahorati, siyosiy liderlik, notiqlik sanʼati, startap va innovatsion loyihalar, ilmiy maqolalar, psixologik investitsiyalar boʼyicha oʼqitildi.

📌Forum soʼnggida eng yaxshi taqdimot oʼtkazgan yoshlar "AEGIS" kubogini qoʼlga kiritdi!

Shuningdek, Forum doirasida yoshlar turizmini rivojlantirish uchun koʼhna Xivaning tarixiy qadamjolariga sayohatlar uyushtirildi, badiiy ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilgani ishtirokchilarga katta motivatsiya bo'ldi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Navoiyda ilk bor mental arifmetika bo'yicha Turnir oʼtkazildi

Qator tashkilotlar hamkorligida Navoiy shahar "Yoshlar markazi" binosida mental arifmetika boʼyicha Respublika turniri boʼlib oʼtdi.

🔰 Ushbu turnirda barcha viloyatlardan kelgan ishtirokchilar ikki yosh (5-8 yosh, 9-13 yosh, ) toifasida bellashishdi. Turnir avvalida esa ishtirokchilar uchun bayram dasturi tashkil etildi.

📌Shundan soʼng musobaqa boshlandi. Ishtirokchilar guruhlarga boʼlinib, abakus va ogʼzaki hisoblash usullaridan foydalangan holda matematik amallarni hisoblashni boshlashdi.

🏆Turnir yakuniga ko'ra, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari terma jamoalari peshqadamlik qildi. Gʼoliblar va turnirda faol ishtirok etgan ishtirokchilar esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.

☝️Ushbu turnir oʼsib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz