O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
19.7K subscribers
19.5K photos
1.72K videos
21 files
5.54K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
📅25-27 noyabr kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlari yetakchilari forumi o‘tkaziladi.

🔴Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu forum turli yo’nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni sanaladi.

🔴Forum doirasida seminar treninglar, mahorat darslari tashkil etiladi.

🔵Forumning asosiy maqsadi:

🔹yoshlar yetakchilari o’rtasida o’zaro fikr almashish;
🔹talaba-yoshlarni qiynayotgan muammolar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
🔹talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan tadbir va loyihalar muhokamasi va boshqa turli masalalardan iborat.

🔄Forum davomida Respublika yetakchilar Kengashi saylovi o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

#Toshkent #Andijon #Buxoro #Jizzax #Qashqadaryo #Namangan #Navoiy #Samarqand #Surxondaryo #Sirdaryo #Fargona #Xorazm #Qoraqalpogiston #Vatan #yoshlar #kelajak #Yoshlar_ittifoqi
🎉 Orziqib kutilgan onlar keldi!

🏆 "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichi 15 - 19 yoshlilar toifasidagi bahslari o'z yakuniga yetdi.

🥇 Ushbu yosh toifasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sharafini himoya qilgan Shaxzoda Karimboyeva 1-o'rin va Spark avtomobiliga sazovor bo'ldi!

🥈 Faxrli 2-o'rin, buxorolik dono kitobxon qiz Farangiz Isoqovaga nasib etdi!

🥉 Yana bir faxrli - 3-o'rinni esa Toshkent viloyati vakili bo‘lgan kitobxon Nigora Asqaraliyeva qo'lga kiritdi!

🔸 O'zbekiston yoshlar ittifoqi chin xazina moddiy rag'bat emas, aslida bilim olish ekanligini yana bir bor e'tirof etadi va kitobga mehr qo'ygan barcha yoshlarga ilm yo'lida shahdam qadamlar, shijoat, muvaffaqiyat tilaydi!

#5Tashabbus #YoshlarIttifoqi
🎉 Toshkent shahri butun hafta davomida talabalar poytaxtiga aylanadi! O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi ilk bor "StudFest" talabalar festivaliga start berdi!

🔶 2-dekabrga qadar o'tishi rejalangan yoshlar bayrami Toshkent shahar Yoshlar markazida boshlandi.

📈 "StudFest"ning dastlabki kunida Murod Nazarov bilan tadbirkorning muvaffaqiyat yo'li va hayot tajribalari to'g'risida suhbat bo'lib o'tdi.

📌 #StudFest haftasi rejasi bilan tanishib oling va albatta qatnashing:

▫️ 25/11
- Kiber o'yinlar va musiqa shousi, Inha universitetida;
▫️ 26/11 - Khan Academy Uzbek asoschisi Botir Arifjanov bilan uchrashuv;
▫️ 27/11 - Bouling bo'yicha musobaqa va shou (Toshkent shahar bosqichi) hamda "Qizlar ovozi" forumi;
▫️ 28/11 - MyTaxi asoschisi Akmal Payziyev bilan suhbat;
▫️ 02/12 - Talabalar bali (Yoshlar ijod saroyi)

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Saylov tobora yaqin!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarning siyosiy partiyalar safidagi faolligi jamiyatga o'z ta'sirini ko'rsata olishi mumkinligi bo'yicha so'rovnoma o'tkazgandi.

🔻 Deyarli 3200 nafar ishtirokchi qatnashgan so'rovnoma natijalari bilan tanishing!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📚"Yosh kitobxon"📚 tanlovi Respublika bosqichi

20-30 yosh toifadagi ishtirokchilar.

⚡️Birinchi kun⚡️

📶1-shart , "O'zbek adabiyoti bilimdoni" bo'yicha

1️⃣-ishtirokchi, Gulruh Qurbonova Toshkent viloyati, 📕 Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asari sharhi, 78 ball
2️⃣-ishtirokchi, Zuxra Abdikarimova Toshkent shahri, 📕 Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" romani sharhi, 72,7 ball
3️⃣-ishtirokchi, Nazokat Jabborova Namangan viloyati, 📕 "Shirin va Shakar" xalq dostoni sharhi, 73,7 ball
4️⃣-ishtirokchi, Nurislom Choriyev Surxondaryo viloyati, 📕 Boyim Bo'tayevning "Sho'rodan qolgan odamlar" asari sharhi, 71 ball
5️⃣-ishtirokchi, Zulayxo Shaymanova Qoraqalpog'iston Respublikasi, 📕 Nazar Eshonqulning "Qora kitob" asarini shari, 14,7 ball
6️⃣-ishtirokchi, Kamol Sharifov Buxoro viloyati, 📕 Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" asari sharhi, 73,7 ball
7️⃣-ishtirokchi, Nigora Obidova Farg'ona viloyati, 📕 Xondamirning "Makorim ul-axloq" asari sharhi, 75 ball
8️⃣-ishtirokchi, Fotima Mamadaliyeva Andijon viloyati, 📕 Bahodir Murod Alining "Ko'k to'nliklar" asari sharhi, 72,7 ball
9️⃣-ishtirokchi, Akbar Otaboyev Xorazm viloyati, 📕 Fitratning "Abdulfayzxon" dramasi sharhi, 82,7 ball
1️⃣0️⃣-ishtirokchi, Elmira Toirova "Navoiy viloyati, 📕 Malika ayyor" dostoni sharhi, 75 ball
1️⃣1️⃣-ishtirokchi, Gulhayo Eshmonova Samarqand viloyati, 📕 Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayxo" asari sharhi, 78,7 ball
1️⃣2️⃣-ishtirokchi, Surayyo Shodiyeva Qashqadaryo viloyati, 📕 To'lepbergen Qaipbergenovning "Qoraqalpoqnoma" asari sharhi, 82,3 ball
1️⃣3️⃣-ishtirokchi, Ma'rufjon Abdug'aniyev Jizzax viloyati, 📕 Ibn Sinoning "Salomon va Ibsol" asari sharhi, 72 ball
1️⃣4️⃣- ishtirokchi, Dilfuza Qosimova Sirdaryo viloyati, 📕 Isajon Sultonnig "Genetik" asarini sharhi, 82 ball to‘pladi.

#5Tashabbus #YoshlarIttifoqi
🧐 Siz universitetingizdagi yoshlar yetakchisini taniysizmi? Ko'pchilik bu savolga qiynalib javob beradi yoki javob bera olmaydi...

💡 25-noyabr kuni Oliy ta'lim muassasalari Boshlang'ich tashkilotlari yoshlar yetakchilari forumi boshlandi. Unda tashkilot rahbariyati, talaba yoshlar va volontyorlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, volontyorlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining Boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilaridan iborat 150 nafarga yaqin yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

🔹 Ishtirokchilar dastlabki kun O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev bilan uchrashdi.

🇺🇿 Ushbu forum yoshlar yetakchilarini mustaqil fikrlash, talaba yoshlar bilan faol ishlashga o'rgatish, yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish va ularning siyosiy yetakchiligini ta’minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram