⏺#DeputatlarSaylovi🙋Yangi avlodning siyosiy madaniyati🇺🇿O‘zbekistonning kelajagini belgilaydigan muhim voqealardan biri –
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
mahalliy kengashlar deputatlari saylovi joriy yilning 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va
hamkor tashkilotlar tomonidan avgust, sentabr va oktabr oylarida yurtimiz bo‘ylab
yosh saylovchilarning siyosiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib boriladi.
🇺🇿 Yoshlar press-klubida
“Saylov va yoshlar” shiori ostida
siyosiy partiyalar va
yoshlar o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Ma’lumotlarga qaraganda 6,5 million yosh bu yilgi saylov jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
🖋 Bu saylov – yoshlar uchun nafaqat ovoz berish, balki
o‘z kelajagini belgilash uchun katta imkoniyatdir.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram3️⃣ Facebook 📺 You tube