🗣 Ishchi guruhning navbatdagi manzili Sankt-Peterburg shahri bo‘ldi
👥 Rossiya Federatsiyasida mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimizning muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam berish ishlari davom etmoqda.
🙋 Dastlab, Sankt-Peterburg shahridagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar o‘zbekistonlik vatandoshimiz bilan uchrashildi. Ular bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim to‘lov-kontrakti, uy-joy, O‘zbekistonda ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit, qaytish uchun aviachipta kabi yordamlar bo‘yicha 85 ta masalalarning 67 tasi mahalliy hokimliklar bilan bog‘lanilib uchrashuv joyida
hal etildi.
#IshchiGuruh #yoshlarittifoqi #SanktPeterburg🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook