O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
​​Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

👉 Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

• xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m);

• xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m);

• xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m).

👉 Yoshlar ishlari agentligiga Yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

👉 Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi.

👉 Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

👉 Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

👉 Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy o‘rta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

👉 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini ko‘radi.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

#yoshlaryetakchilari #qaror

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot

👁 YouTube orqali ko‘rish (HD)

#infografika #qaror

@yoshlarittifoqi_uz 👈
4️⃣4️⃣4️⃣ #yoshlaryetakchilari #qaror

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.

🇺🇿 Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

📌 Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;

📌 Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;

📌 Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;

📌 Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.

🖋 Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

➡️ https://bit.ly/QarorMatni

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ #MunozaraKlublari #Qaror

🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.

🖋 Qarorda quyidagilar belgilanmoqda:

📌 Oliy ta’lim muassasalaridagi “Munozara” debat klublari tashkil qilinadi;

📌 Debat klublari Boshlang‘ich tashkilotlar qoshida tashkil qilinib, klub faoliyatini oliy ta’lim muassasasining yoshlar yetakchisi muvofiqlashtirib boradi;

📌 Aprel-iyun oylarida talaba yoshlardan iborat oliy ta’lim muassasalarining jamoalari o‘rtasida respublika turniri o‘tkaziladi;

📌 Turnirning respublika bosqichi sovrin jamg‘armasi 65 mln. so‘mni tashkil qiladi.

🖋 Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

➡️ yoshlarittifoqi.uz/uz/reg_documents/munozara-turniri

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror #Qoraqalpogʻiston

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

🖋 Qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasidan nomzodlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👥 Tanlovda Yoshlar ittifoqining sardorlari va korxona-tashkilotlardagi Boshlangʻich tashkiloti yetakchilari ham ishtirok etdi. Har bitta toifa boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan bir nafar yosh tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror #Qashqadaryo

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

🖋 Qarorga muvofiq Qashqadaryo viloyatidan nomzodlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi Qashqadaryo viloyat komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👥 Tanlovda Yoshlar ittifoqining sardorlari va Yoshlar ittifoqi tizimidagi faol xodimlari ham ishtirok etdi. Har bitta toifa boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan bir nafar yosh tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM