O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.1K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yangilik #Imtiyozlar

📍 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi

🖋 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi.

📌 Mazkur ro‘yxat Advice.uz huquqiy portaliga joylashtiriladi.

🎓 2023/2024 o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

🎓 2023/2024 o‘quv yilida:

📼 abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi;
📼 bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.

👥 O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.

📌 Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitasiya uskunalari bilan ta’minlanadi.

🖋 Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

📌 Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ #Imtiyozlar

👥 3-kurs talabalar ham maktabgacha ta’lim tizimida ishlashlari mumkin

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori 7-2 bandiga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan talabalar davlat maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

📌 Bunda ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

🗂 Ularning mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔗 https://bit.ly/BazaviyTarifStavkalari

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Imtiyozlar

👥 Yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berilmoqda

📊 2023-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi davlat byudjetidan to‘liq qoplаb beriladi.

📌 Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

📄 Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga yuqoridagi imtiyozlar tadbiq etilmaydi.

🖋 Ma’lumot uchun: ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti hisoblanadi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ #Imtiyozlar

🙋 Abituriyentlarga Davlat OTMga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi

🖋 Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

📌 Unga koʻra:

➡️ 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

📍 Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

💬 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.

🔗 Loyiha bilan batafsil tanishib chiqing

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mukofot #Imtiyozlar

🔎 Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan:

➡️ 1-o‘rin (oltin medal) uchun – 500 (165 mln so‘m), o‘qituvchisiga – 450 baravari (148 mln 500 ming so‘m);

➡️ 2-o‘rin (kumush medal) uchun – 300 (99 mln so‘m), o‘qituvchisiga – 250 baravari (82 mln 500 ming so‘m);

➡️ 3-o‘rin (bronza medal) uchun – 200 (66 mln so‘m), o‘qituvchisiga – 150 baravari (49 mln 500 ming so‘m).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiada g‘oliblari davlat OTMga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Imtiyozlar #ShartnomaPuli

🎓 Talabalar kontraktini to‘laganda 12% pul qaytarib beriladimi?

🖋 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

👥 Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:

➡️ fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
➡️ ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
➡️ er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

🙋 Bu imtiyoz qaysi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:

➡️ professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
➡️ oliy ta’lim talabalariga.

📊 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

➡️ o‘z mablag‘lari;
➡️ jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
➡️ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

💳 To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

🖋 Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kuyovi yoki kelini yoxud boshqa shaxslarning kontrakti uchun to‘lov qilinsa, hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM