“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin!”
⚔ Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq - Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.
🗡 Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji, anʼanalarini qayta tiklash uchun oʻzining ulkan hissasini qoʻshadi.
⚡️ Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM