⏺#YoshDizaynerlarKengashi #YoshlarIttifoqi
👥 Dubay shahrida
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh dizaynerlar kengashi va
BAAdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda
“Grand fashion week: Dubai” modalar ko‘rgazmasini o‘tkazdi.
🙋 Mazkur tadbir davomida Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan moda ixlosmandlari, tadbirkorlar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga o‘zbekistonning yosh dizaynerlari tomonidan tikilgan milliy liboslar kolleksiyalari taqdim etildi.
👥 Tadbir davomida katta sahnada mehmonlarga
o‘zbek milliy raqsi “Lazgi” namoyish etildi. Bundan tashqari O‘zbekistondan keltirilgan
mevalar, sumalak va qandolat mahsulotlari barchaga ulashildi.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook