⏺#ReferendumVaYoshlar👥 Urganch davlat universitetida viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🎓 Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov,
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati kengashi raisi T.Jumaniyozov hamda universitetning bir guruh
iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
👥 Shuningdek, uchrashuvda soʻzga chiqqanlar referendum tushunchasi, uning huquqiy asosi, yurtimizda o‘tkaziladigan ushbu siyosiy tadbirlarning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdilar.
💬 Davra suhbatida yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ham so‘z bordi.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook