⏺#Yangilik #Imtiyozlar
📍 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi
🖋 Qarorga ko‘ra,
2023-yil 1-iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi.
📌 Mazkur ro‘yxat
“Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.
🎓 2023/2024 o‘quv yilidan
“Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq
davlat granti beriladi.
🎓 2023/2024 o‘quv yilida:
📼 abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi;
📼 bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.
👥 O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga
OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi.
📌 Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitasiya uskunalari bilan ta’minlanadi.
🖋 Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
📌 Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook