⏺#Diqqat_loyiha
👥 Barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi
🖋 Prezident farmoni
loyihasiga muvofiq, ta’lim sifatini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
📌 2023-yil 1-sentabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda o‘quvchilarni
2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
🔔 2023/2024 o‘quv yilidan:
🛡 bosqichma-bosqich yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
🛡 respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;
🛡 davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratiladi.
🔔 2023-yil 1-apreldan maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida:
🛡 yangi davlat bog‘chalarini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi;
🛡 davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bog‘chani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur
loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi.
📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071✅ Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook