O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
15.7K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.27K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#MeningKonstitutsiyam
#Samarqand

🇺🇿 Konstitusiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida Samarqand viloyatining faol sardorlarini xabardor qilish va ular orqali ushbu jarayonlarga yoshlarning dahldorlik hissini oshirish dolzarbligidan kelib chiqib, Samarqand shahar Yoshlar markazida “Mening konstitusiyam” shiori ostida Sardorlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil tashkil etildi.

🔰Ta’kidlash kerak, mamlakatimizda barcha sohalardagi transformasiya jarayonlari “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Ayni mavzularda yoshlar ham oʻzlarining taklif va mulohazalari bilan ishtirok etayotganligi diqqatga sazovordir.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

Konstitutsiyaviy
qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda. Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgani, yaʼni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Har kim taʼlim olish huquqiga ega

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlantirilishini taʼminlaydi. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim va boshlang‘ich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta taʼlim majburiydir. Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy o‘rta taʼlim davlat nazoratidadir. Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

⚡️Davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi

Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy taʼlim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy taʼlimda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi. Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdir. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Davlat yoshlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda

#YoshlarSiyosatigaOidOʻzgarishlar

Bolalar mehnati taqiqlanadi

Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, jismoniy, aqliy va maʼnaviy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.

#MeningKonstitutsiyam

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM