O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlar_va_saylov

📌 Rayxona Anorboyeva: “Bu saylovda o‘z fikrimiz, o‘z tanlovimiz va o‘z ovozimiz bilan ertamiz, kelajagimiz uchun yaxshi o‘zgarishlarga bel bog‘laymiz”

—Bugungi aksiya doirasidagi loyihalar orqali saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va mazmun-mohiyati bilan tanishdik. Bunday tadbirlar yosh saylovchilarning siyosiy ongini hamda bilimini yanada oshirishga ko‘mak beradi. O‘z haq-huquqi va burchlarini chuqur anglagan yoshlar Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi, – deydi aksiya ishtirokchisi Rayxona Anorboyeva.

— Bugun mamlakatimizda juda katta o‘zgarishlar va yangilanishlar pallasi. Prezidentlik saylovi! Bu saylovda o‘z fikrimiz, o‘z tanlovimiz va o‘z ovozimiz bilan ertamiz, kelajagimiz uchun yaxshi o‘zgarishlarga bel bog‘laymiz.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️ Qashqadaryoda yoshlar ishtirokida aksiya o‘tkazildi

🔸 “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasi Qashqadaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda davom etdi. Aksiya tashkilotchilari dastlab, Qarshi shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida tahsil olayotgan yosh saylovchilar bilan uchrashdi.

🔰 Ularning siyosiy bilim va madaniyatini yuksaltirish mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotda joriy yil oktabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovi va unga tayyorgarlik jarayonlari, muhim siyosiy tadbirda yoshlarning faol ishtirok etishi masalalari haqida so‘z bordi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

📌 Qarshi shahrining "Alisher Navoiy" nomli madaniyat va istirohat bog'ida yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida aksiya doirasidagi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔥 "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostidagi insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihalarini ishtirokchilar katta shijoat va qiziqish bilan qarshi oldi.

🔹Viloyatdagi yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz platformasi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Saylov targ‘ibotiga doir aksiya Jizzaxda davom etdi

🔰 Jizzax shahrining “O‘rda” ekologik bog‘ida yoshlarning saylov haqidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan aksiya loyihalar taqdimoti bilan boshlandi.

🔥 “Munozara” intellektual bellashuvi, “O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostidagi insholar tanlovi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihalarini yoshlar katta shijoat va qiziqish bilan qarshi oldi.

💬 — Bugun aksiya doirasidagi yutuqli viktorinada muvaffaqiyatli ishtirok etdim. 10 ta savoldan 8 tasiga to‘g‘ri javob berib, kitoblar jamlanmasini qo‘lga kiritdim, – deydi Jizzax shahar 7-umumta’lim maktabi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Dilfuza Ergasheva. —Anchadan buyon Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini o‘qish niyatim bor edi. Loyiha orqali ushbu niyatim amalga oshadigan bo‘ldi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

Jizzaxlik yoshlarni birlashtirgan aksiyada "Peshag'or" qishlog'ida 100 nafar yoshga 50 sotixdan yer ajratilgani va bu yerda ular makkajo‘xori ekish orqali 20 million so'mdan ortiq daromad olishi mumkinligi alohida qayd etildi.

💻 Shuningdek, Sharof Rashidov tumani, erkin iqtisodiy zonasidagi 80 nafar yosh saylovchilar saylov haqida muntazam ma'lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi bilan tanishtirildi.

📝Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan aksiya loyihalaridan "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” mavzusidagi insholar tanlovida 100 nafarga yaqin ijodkor yoshlar faol ishtirok etdi.

🎁 Loyihalarda faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan yoshlarga sovg‘alar taqdim etildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Shavkat Zayniddinov jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan uchrashdi

🔥 Yoshlarni siyosiy jarayonlarda faollikka chorlovchi aksiyaning ko‘tarinki ruhi Sirdaryoga yetib bordi.

🔸 Sirdaryo viloyatida joylashgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.

📌 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ushbu muassasadagi yoshlarni siyosiy-huquqiy bilim va ko'nikmalarni oshirishga doir aksiya bilan tanishtirdi. Joriy yilda jazoni o‘tab kelayotgan yoshlarga saylovda qatnashish imkoniyati berilgani va uning tartibi haqida atroflicha ma'lumot berdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

🔸 Guliston shahridagi istirohat bog‘ida “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasi doirasidagi loyihalar taqdimotida Sirdaryo viloyati yoshlari faol ishtirok etishdi. Birgina “Munozara” intellektual turnirida 44 nafar yosh o‘z salohiyatini namoyon etdi. Guliston davlat universiteti talabasi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev mazkur bellashuvda munosib ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

📌— Saylovlar yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ertangi istiqbolimiz uchun belgilab olingan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega, – deydi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev. — Bizda siyosiy ong va madaniyatning o‘sayotgani, demokratiya, ochiqlik va oshkoralikning ta’minlanayotgani yangi saylovlarda yana bir bor namoyon bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar” degan shior tanlangani ham bejiz emas. O‘ylaymanki, bu yilgi saylovlarda barcha yoshlar bugungi aksiyadagidek faol ishtirok etadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Namanganda!

⚡️ "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi doirasida "Art soft holding" korxonasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasining taqdimoti o'tkazildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan 200 nafarga yaqin yosh xodimlarning saylovga oid bilimlarini oshirish bo'yicha trening ham tashkil etildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishmoqda.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

💫 Namangan yoshlarini birlashtirgan aksiya!

— Mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovida Namangan viloyati yoshlari ham faol qatnashadi, — deydi Foziljon Voxidjonov. —Chunki bugungi saylovoldi targ‘ibot aksiyasida ham minglab yoshlar yig‘ilgan. Ularning ijtimoiy faolligini ko‘rib, saylov jarayonlariga qiziqishimiz yanada ortmoqda.

📱 Aksiya doirasidagi loyihalar Namangan shahridagi “Uch favvora”majmuasida bo‘lib o‘tdi. "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" kabi qiziqarli loyihalar viloyat yoshlarida katta ishtiyoq uyg‘otdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Farg’onada!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasining navbatdagi manzili Farg’ona viloyati bo'ldi.

Aksiyaning asosiy tadbirlari Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida joylashgan “Mega park” istirohat bog’ida o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida turli nuqtalarda yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" forumi Andijonda!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumining navbatdagi manzili Andijon viloyati bo'ldi.

Forumning asosiy tadbirlari Andijon shahridagi Registon maydonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

Andijonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Toshkent shahrida!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasining navbatdagi manzili Toshkent shahri bo'ldi.

Aksiyaning asosiy tadbirlari Toshkent shahridagi "Yoshlik" talabalar shaharchasida bo'lib o'tdi. Loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

💻 Shuningdek, saylov jarayonlari haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli 525-SCHR bataloni qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy qism yoshlari bilan “Yosh saylovchi – 2021” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda “Yosh saylovchi – 2021” targ‘ibotchi-volontyorlari tomonidan yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish, saylov qonunchiligiga doir o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish va mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈