O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Shavkat Zayniddinov "Ekvatorial chodak" korxonasidagi yosh xodimlar bilan uchrashdi

Buxoro viloyati, Vobkent tumanida joylashgan "Ekvatorial chodak" korxonasida 217 nafar xodim faoliyat olib boradi. Ularning 130 nafarga yaqini – yoshlar.

🔸 Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov hamda Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ixtiyor Ziyodilloyev ushbu korxonada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.

📌 Korxonadagi yoshlarni siyosiy-huquqiy bilim va ko'nikmalarni oshirishga doir aksiya bilan tanishtirib, undagi loyihalarda faol bo‘lishga chorladi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasining ko‘tarinki ruhi Buxoro viloyatining Yoshlar markaziga ko‘chdi.

—Siyosiy-huquqiy faol inson jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga e'tiborli, o‘zida islohotlarga daxldorlikni sezadi. Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini his qiladi. Eng muhimi, u mamlakat taraqqiyotiga amaliy hissa qo‘shishga intiladi,– deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov. —Aksiya doirasida o‘tkazilayotgan loyihalarimizdan ko‘zlanayotgan maqsad ham shu! Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohani rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini rivojlantirish harakatidamiz. Shunindek, yoshlarni yurtimizdagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan loyihalar haqida Yoshlar ittifoqining Navoiy viloyat Kengashi raisi Sevdiyor Uvaytov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

🔸 “Bugungi kunda Navoiy viloyatidagi qariyb, 200 ming nafarga yaqin yoshlar saylov jarayonlarida ishtirok etishi kutilayogan bo‘lsa, ularning 16 ming nafari ilk bor saylovda qatnashayotganlardir. Sayl ko‘rinishidagi aksiyaga “O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va “O'zbekiston uchun 100 g'oya” loyihalari ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Yoshlarda mas'uliyat va qiziqish ortdi. Ular har bir nomzodning dasturiy faoliyati bilan tanishib, kelgusi 5 yillikda yoshlar siyosatida bo‘ladigan o‘zgarishlarga alohida e'tibor qaratmoqda".

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

📌 Lobarxon Jalolova : “Saylovchi bo‘lish ham katta mas’uliyat”

🔰 —Bundan bir necha yillar oldin ota-onamga kelgan saylovga chaqiriq qog‘ozlarini ko‘rganimda, ularga juda havasim kelgan. Saylov ishtirokchisi bo‘lishni xohlaganman. Mana endi bu imkoniyat menda ham bor, – deydi Yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati sardori Lobarxon Jalolova.

— Kelgusi 5 yillikdagi davlatimiz rahbarini saylashda bizning ham rolimiz borligi o‘zgacha quvonch bag‘ishlaydi. Yurt taqdiriga daxldorlik hissini tuyish boshqacha ekan. O‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz ortyapti. Aksiya orqali ertangi 5 yillikda o‘z haq-huquqlarimizdan to‘laqonli foydalanish va nurli kelajagimizni mustahkam qurishda munosib nomzodga ovoz berish uchun saylov jarayonlari haqidagi bilimlarimizni boyitdik. Hattoki hozirgina ushbu bilimlarimga tayangan holda saylovga doir o‘tkazilgan yutuqli viktorinada ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdim.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov
#Samarqand

🔸 “Yosh saylovchi” respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan dastlab Markaziy harbiy okrug kichik mutaxassislar tayyorlash markazidagi yosh harbiylar uchun aksiya doirasidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng, samarqandlik yoshlar uchun tadbirlarga start berildi.

—Joriy yilda Samarqandda 97 ming nafar yosh ilk bor saylovda qatnashadi. Saylovchi yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilib, 2 ming nafardan ziyod trenerlar shakllantirilmoqda, – deydi Yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Kengashi raisi Zavqiddin Ergashev.

—Shuningdek, aksiya doirasida “O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovini ham o‘tkazdik. Unda 44 nafar yosh ijodkorlar o‘z iqtidorlarini namoyon qildi. “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasining yarim final bosqichida esa 105 nafari yoshlar faol ishtirok etdi. Aksiyamiz doirasida jami 1 ming 200 nafardan ortiq yosh katta qiziqish bilan ishtirok etdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

📌 Rayxona Anorboyeva: “Bu saylovda o‘z fikrimiz, o‘z tanlovimiz va o‘z ovozimiz bilan ertamiz, kelajagimiz uchun yaxshi o‘zgarishlarga bel bog‘laymiz”

—Bugungi aksiya doirasidagi loyihalar orqali saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari va mazmun-mohiyati bilan tanishdik. Bunday tadbirlar yosh saylovchilarning siyosiy ongini hamda bilimini yanada oshirishga ko‘mak beradi. O‘z haq-huquqi va burchlarini chuqur anglagan yoshlar Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi, – deydi aksiya ishtirokchisi Rayxona Anorboyeva.

— Bugun mamlakatimizda juda katta o‘zgarishlar va yangilanishlar pallasi. Prezidentlik saylovi! Bu saylovda o‘z fikrimiz, o‘z tanlovimiz va o‘z ovozimiz bilan ertamiz, kelajagimiz uchun yaxshi o‘zgarishlarga bel bog‘laymiz.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️ Qashqadaryoda yoshlar ishtirokida aksiya o‘tkazildi

🔸 “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasi Qashqadaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda davom etdi. Aksiya tashkilotchilari dastlab, Qarshi shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida tahsil olayotgan yosh saylovchilar bilan uchrashdi.

🔰 Ularning siyosiy bilim va madaniyatini yuksaltirish mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotda joriy yil oktabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovi va unga tayyorgarlik jarayonlari, muhim siyosiy tadbirda yoshlarning faol ishtirok etishi masalalari haqida so‘z bordi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

📌 Qarshi shahrining "Alisher Navoiy" nomli madaniyat va istirohat bog'ida yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida aksiya doirasidagi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔥 "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostidagi insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihalarini ishtirokchilar katta shijoat va qiziqish bilan qarshi oldi.

🔹Viloyatdagi yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz platformasi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Saylov targ‘ibotiga doir aksiya Jizzaxda davom etdi

🔰 Jizzax shahrining “O‘rda” ekologik bog‘ida yoshlarning saylov haqidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan aksiya loyihalar taqdimoti bilan boshlandi.

🔥 “Munozara” intellektual bellashuvi, “O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostidagi insholar tanlovi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihalarini yoshlar katta shijoat va qiziqish bilan qarshi oldi.

💬 — Bugun aksiya doirasidagi yutuqli viktorinada muvaffaqiyatli ishtirok etdim. 10 ta savoldan 8 tasiga to‘g‘ri javob berib, kitoblar jamlanmasini qo‘lga kiritdim, – deydi Jizzax shahar 7-umumta’lim maktabi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Dilfuza Ergasheva. —Anchadan buyon Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini o‘qish niyatim bor edi. Loyiha orqali ushbu niyatim amalga oshadigan bo‘ldi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

Jizzaxlik yoshlarni birlashtirgan aksiyada "Peshag'or" qishlog'ida 100 nafar yoshga 50 sotixdan yer ajratilgani va bu yerda ular makkajo‘xori ekish orqali 20 million so'mdan ortiq daromad olishi mumkinligi alohida qayd etildi.

💻 Shuningdek, Sharof Rashidov tumani, erkin iqtisodiy zonasidagi 80 nafar yosh saylovchilar saylov haqida muntazam ma'lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi bilan tanishtirildi.

📝Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan aksiya loyihalaridan "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” mavzusidagi insholar tanlovida 100 nafarga yaqin ijodkor yoshlar faol ishtirok etdi.

🎁 Loyihalarda faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan yoshlarga sovg‘alar taqdim etildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Shavkat Zayniddinov jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan uchrashdi

🔥 Yoshlarni siyosiy jarayonlarda faollikka chorlovchi aksiyaning ko‘tarinki ruhi Sirdaryoga yetib bordi.

🔸 Sirdaryo viloyatida joylashgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.

📌 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ushbu muassasadagi yoshlarni siyosiy-huquqiy bilim va ko'nikmalarni oshirishga doir aksiya bilan tanishtirdi. Joriy yilda jazoni o‘tab kelayotgan yoshlarga saylovda qatnashish imkoniyati berilgani va uning tartibi haqida atroflicha ma'lumot berdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

🔸 Guliston shahridagi istirohat bog‘ida “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasi doirasidagi loyihalar taqdimotida Sirdaryo viloyati yoshlari faol ishtirok etishdi. Birgina “Munozara” intellektual turnirida 44 nafar yosh o‘z salohiyatini namoyon etdi. Guliston davlat universiteti talabasi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev mazkur bellashuvda munosib ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

📌— Saylovlar yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ertangi istiqbolimiz uchun belgilab olingan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega, – deydi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev. — Bizda siyosiy ong va madaniyatning o‘sayotgani, demokratiya, ochiqlik va oshkoralikning ta’minlanayotgani yangi saylovlarda yana bir bor namoyon bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar” degan shior tanlangani ham bejiz emas. O‘ylaymanki, bu yilgi saylovlarda barcha yoshlar bugungi aksiyadagidek faol ishtirok etadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Namanganda!

⚡️ "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi doirasida "Art soft holding" korxonasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasining taqdimoti o'tkazildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan 200 nafarga yaqin yosh xodimlarning saylovga oid bilimlarini oshirish bo'yicha trening ham tashkil etildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishmoqda.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

💫 Namangan yoshlarini birlashtirgan aksiya!

— Mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovida Namangan viloyati yoshlari ham faol qatnashadi, — deydi Foziljon Voxidjonov. —Chunki bugungi saylovoldi targ‘ibot aksiyasida ham minglab yoshlar yig‘ilgan. Ularning ijtimoiy faolligini ko‘rib, saylov jarayonlariga qiziqishimiz yanada ortmoqda.

📱 Aksiya doirasidagi loyihalar Namangan shahridagi “Uch favvora”majmuasida bo‘lib o‘tdi. "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" kabi qiziqarli loyihalar viloyat yoshlarida katta ishtiyoq uyg‘otdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Farg’onada!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasining navbatdagi manzili Farg’ona viloyati bo'ldi.

Aksiyaning asosiy tadbirlari Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida joylashgan “Mega park” istirohat bog’ida o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida turli nuqtalarda yosh saylovchilarga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" forumi Andijonda!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumining navbatdagi manzili Andijon viloyati bo'ldi.

Forumning asosiy tadbirlari Andijon shahridagi Registon maydonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

Andijonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Toshkent shahrida!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasining navbatdagi manzili Toshkent shahri bo'ldi.

Aksiyaning asosiy tadbirlari Toshkent shahridagi "Yoshlik" talabalar shaharchasida bo'lib o'tdi. Loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

💻 Shuningdek, saylov jarayonlari haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Mudofaa vazirligiga qarashli 525-SCHR bataloni qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy qism yoshlari bilan “Yosh saylovchi – 2021” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda “Yosh saylovchi – 2021” targ‘ibotchi-volontyorlari tomonidan yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish, saylov qonunchiligiga doir o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish va mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈