O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
💪 Hech kim e'tibordan chetda qolmaydi

🔸 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent viloyati IIBB xodimlari bemor bolalar uchun tashkil etilgan donorlik aksiyasida qatnashdi.

📌 "Yaxshilik albatta qaytadi" shoiri ostidagi aksiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy gematologiya markazida tashkil etildi. Aksiya doirasida bemor bolalar hamda ularning yaqinlari uchun TVBSO xodimlari tomonidan maxsus va vatanparvarlik ruhida chiqishlar namoyish etildi.

💫 Bemorlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir yakunida Toshkent viloyati IIBB TVBSOning 200 nafarga yaqin xodimlari tomonidan beg‘araz qon topshirildi.

📚 Xayriya aksiyasi yakunida ishtirokchilarga O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan kitoblar topshirildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
2-viktorinaning 5-savoli:

🔰 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi qachon tuzilgan?

A) 1992-yil, 1-sentabrda
B) 1991-yil, 1-sentabrda
C) 1991-yil, 8-oktabrda
D) 1991-yil 1-noyabrda

Javob berish: @saylov_2021bot
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Saylov targ‘ibotiga doir aksiya Jizzaxda davom etdi

🔰 Jizzax shahrining “O‘rda” ekologik bog‘ida yoshlarning saylov haqidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida tashkil etilgan aksiya loyihalar taqdimoti bilan boshlandi.

🔥 “Munozara” intellektual bellashuvi, “O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostidagi insholar tanlovi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” teleo‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihalarini yoshlar katta shijoat va qiziqish bilan qarshi oldi.

💬 — Bugun aksiya doirasidagi yutuqli viktorinada muvaffaqiyatli ishtirok etdim. 10 ta savoldan 8 tasiga to‘g‘ri javob berib, kitoblar jamlanmasini qo‘lga kiritdim, – deydi Jizzax shahar 7-umumta’lim maktabi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Dilfuza Ergasheva. —Anchadan buyon Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarini o‘qish niyatim bor edi. Loyiha orqali ushbu niyatim amalga oshadigan bo‘ldi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

Jizzaxlik yoshlarni birlashtirgan aksiyada "Peshag'or" qishlog'ida 100 nafar yoshga 50 sotixdan yer ajratilgani va bu yerda ular makkajo‘xori ekish orqali 20 million so'mdan ortiq daromad olishi mumkinligi alohida qayd etildi.

💻 Shuningdek, Sharof Rashidov tumani, erkin iqtisodiy zonasidagi 80 nafar yosh saylovchilar saylov haqida muntazam ma'lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi bilan tanishtirildi.

📝Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan aksiya loyihalaridan "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” mavzusidagi insholar tanlovida 100 nafarga yaqin ijodkor yoshlar faol ishtirok etdi.

🎁 Loyihalarda faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan yoshlarga sovg‘alar taqdim etildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
2-viktorinaning 6-savoli:

🔰 O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi qachon tuzilgan?


A) 2000-yil, 5-sentabrda
B) 2002-yil, 1-noyabrda
C) 2003-yil, 15-noyabrda
D) 2004-yil, 10-dekabrda

Javob berish:
@saylov_2021bot
2-viktorinaning 7-savoli:

🔰 Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi qachon tuzilgan?

A) 1997-yil, 10-martda
B) 1996-yil, 20-martda
C) 1995-yil, 3-iyunda
D) 1991-yil, 1-noyabrda

Javob berish:
@saylov_2021bot
#Yoshlar_va_saylov

⚡️Shavkat Zayniddinov jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan uchrashdi

🔥 Yoshlarni siyosiy jarayonlarda faollikka chorlovchi aksiyaning ko‘tarinki ruhi Sirdaryoga yetib bordi.

🔸 Sirdaryo viloyatida joylashgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 40-son manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.

📌 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ushbu muassasadagi yoshlarni siyosiy-huquqiy bilim va ko'nikmalarni oshirishga doir aksiya bilan tanishtirdi. Joriy yilda jazoni o‘tab kelayotgan yoshlarga saylovda qatnashish imkoniyati berilgani va uning tartibi haqida atroflicha ma'lumot berdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈