O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Besh_tashabbus #Kitob_karvoni

Bolaga kitob tutgan xalq kam boʼlmaydi

🔰 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining "Kitob karvoni" Sirdaryoda!

📚 Kitobning eng qimmat xazina ekanligini uni oʼqigan inson biladi. Bola qachon kitob oʼqiydi? Qachonki, kitoblar haqida bahslar, motivatsion undovlar, imtiyozlar haqida eshitsa, kitob bilan muvaffaqiyat qozonganlar suhbatida boʼlsa... Yaxshi kitoblarning shunchaki tokchalarda turgani ahamiyatsiz... Ular oʼqilsagina, qadrga ega boʼladi...

Yoshlar ittifoqining karvoni doirasida xuddi shu maqsad koʼzlandi. Toshkent viloyati, Jizzaxga kirib borgan nurli karvonni bolalar bayram qilib kutib olishdi.

🔆 Bugun sirdaryolik yoshlarning quvonchi cheksiz. "Prezident sovgʼasi" deb yozilgan kitoblar karvoni maktabiga kirib kelgan yoshlarning taassurotlarini tinglab, quvondik.

Biz uchinchi renesans ostonasida turgan Oʼzbekistonning farovon kelajagini faqatgina kitob oʼqigan avlod yaratishigia ishonchimiz komil boʼlgani uchun ushbu loyihani davom ettiramiz.

☝️Maktablarda kitoblar doirasida mushoiralar, intellektual oʼyinlar, munozara va bahslar boshlandi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_loyiha

Siz biz oʼylaganimizdan ancha kuchlisiz, isteʼdodlisiz va koʼprogʼiga qodirsiz!

⚡️Jismoniy imkoniyati cheklangan, biroq iqtidori chegara bilmas yoshlar! Siz uchun yana bir imkoniyatni taqdim etamiz!

Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamda Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda "Cheksiz ijod – cheksiz imkon" loyihasini taqdim etadi.

☝️Sheʼr, hikoya va publitsistika yoʼnalishlarida isteʼdodga ega boʼlgan yoshlarning sara ijod namunalari toʼplam holida nashr etiladi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 5-martiga qadar @cheksiz_ijod_bot da qabul qilinadi. Qo'shimcha ma'lumot uchun: (95) 475 75 72 (99) 897 22 13

Qadrli
yoshlar! Biz sizlarga shaxsiy rivojlanishingiz uchun muhim boʼlgan xabarlar, tanlovlar, grantlar, xorijdagi tengdoshlaringiz hayoti, mamlakatimizdagi yagona bolalar tashkiloti, sardorlar faoliyati haqida soʼnggi xabarlarni tezkor yetkazish harakatidamiz.

Telegram kanalimizga ulaning 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz. Sizning rivojlanishingizdan manfaatdormiz!
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi raisining samarqandlik yoshlar bilan muloqotlari boshlandi

🔷 Tashrifning ilk kunida Akmal Jumaboyev Qoʼshrabodda askarlar, yoshlar yetakchilari va mahallalardagi yoshlar uchun tashkil etilgan "Yoshlar festivali"da ishtirok etdi.

Yoshlarni sadoqatli qilib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligi va jamiyatimiz ravnaqi yoʼlida hal qiluvchi kuch sifatida kamol topishi uchun Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida toʼxtaldi.

☝️Shundan soʼng, Аkmal Jumaboyev Qoʼshrabotda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qoʼshrabotda barpo etilayotgan "Yoshlar markazi"ning qurilish jarayonlarida boʼldi.

📌Yoshlar yetakchilari bilan muloqot qilib, mavjud muammolar muhokama etildi, oldinda turgan dolzarb vazifalar boʼyicha kelishib olindi. Qolaversa, tumanning salohiyatidan kelib chiqib, yoʼl xaritasi ishlab chiqish chora-tadbirlari belgilandi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Millat buyuklarni unutmaydi!

⚡️Bugun Oʼrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʼziga xos oʼrin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavvallud topgan kun!

📌 Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan.

Serjilo oʼzbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olgan.

📚Nafis gʼazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʼlib, «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Аruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʼlib qoʼshilgan.

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida
ham sana munosabati bilan madaniy kechalar, intellektual oʼyinlar, ruboiyxonlik kechalari oʼtkazilmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarni tinchlikning qadriga yetish, vataniga sadoqatli boʼlib ulgʼayishi uchun xizmat qilmoqda.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Moskva shahridagi koordinator va volontyorlari 'Boburxonlik kechasi' tashkil etdilar.

🔹 Rossiyadagi volontyorlarimiz tomonidan tayyorlangan kreativ videorolikni tomosha qiling.

🚀 Moskva shahridagi faol volontyorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz!

Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14 февраль - Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 538 йиллиги | Нилуфархон Аббосхонова - Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши раиси маслаҳатчиси, Отабек Собитов - Ўзбекистон Ёшлар иттифоқи Тошкент шаҳар Кенгаши масъул ходими билан суҳбат
#14feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida oʼtgan haftaning muhim voqealari dayjesti!

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda yoshlar yetakchilari oʼquvchilar bilan ishlashning zamonaviy metodlarini amaliyotda qo'llaydi

Tizimda eʼlon qilingan "Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi" doirasida ochiq muloqotlar, seminar-treninglar, master-klasslar tashkil qilinmoqda.

Xorazm viloyatida ham qator loyihalarga start berilgan.

Kuni-kecha Prezidentimizning Murojaatnomalari va "Yoshlar forumi"dagi nutqlari mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan oʼquv tashkil etildi. Shuningdek, "Soʼzsiz diplomatiya", "Yoshlar yetakchilarida TIME-menejmentni hamda liderlik xislatlarini shakllantirish", "Raqamli iqtisodiyot - yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining yangi davri", "Yoshlar yetakchilarida nostandart, ijodiy, kreativ tafakkurni rivojlantirish yoʼllari" mavzularida master-klasslar o'tkazildi.

☝️Ushbu oylik yetakchilar uchun yoshlar yilida oʼquvchilarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va izlanishlarini ragʼbatlantirishda ahamiyatli jarayondir.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar muammolarini oʼrganishga bagʼishlangan yirik tadqiqot o'tkazildi

🔰 UNICEF, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Yuksalish” umumilliy harakati “Oʼzbekiston yoshlari: muammo va istiqbollar” (“Молодежь Узбекистана: вызовы и перспективы”) mavzusida yirik tadqiqot oʼtkazdi. Unda respublikaning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan 4 ming 500 nafarga yaqin respondent ishtirok etdi va bevosita muloqot qilish uchun 24 ta fokus-guruhi shakllantirilgan.

☝️Tadqiqot uch yil mobaynida zamonaviy metodologiyalar asosida olib borildi. Loyihaga yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlarning jalb etilgani ham alohida eʼtiborga molikdir.

Tadqiqot natijalari bilan

Oʼzbek tilida
Rus tilida
Ingliz tilida havolalarida tanishishingiz mumkin.

📌 Undan OАV xodimlari, blogerlar, tadqiqotchilar, yoshlar siyosatiga masʼul davlat va nodavlat tashkilotlari, keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Hamkorlik

🇺🇿Yoshlar ittifoqi va Bosh prokuratura Аkademiyasi joriy yilda 15 ta loyihani hamkorlikda amalga oshiradi

🔰Bu haqda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi oʼrtasida tuzilgan hamkorlik Memorandumining Chora-tadbirlar dasturida belgilandi.

Marosimda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev, Bosh prokuraturasi Аkademiyasi boshlig'i Yevgeniy Kolenko, yoshlar, akademiya tinglovchilari, OАV xodimlari ishtirok etdi.

⚡️Ushbu Memorandum yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida yoshlarning bilim va malakasini yanada oshirish, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish maqsadida imzolandi. Shuningdek, yoshlarning ba'zi muammolariga birgalikda yechim topish maqsad qilindi.

☝️Uchrashuv samimiy, ochiq ruhda oʼtdi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Navoiyda "Volontyorlar maktabi" faoliyatiga start berildi, siz ham jamoaga qo'shiling!

😊 Volontyorlik faoliyati moʼjizalar, savob amallarga boy. U har bir yoshni ulgʼaytiradi
. Kuni-kecha Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda Navoiyda "Volontyorlar maktabi" faoliyatiga start berishdi.

🔰Tadbirda Oʼzbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi raisi Shirin Abidova ham mehmon boʼldi.

Trener volontyorlarga qiyin vaziyatlardan chiqish, jamoa ahilligining sirlarini amaliyotda oʼrgatdi.

Uyda taʼlim oluvchi oʼquvchilarning holidan xabar olindi.

☝️Maktab oʼz oldiga qator vazifalarni belgilab oldi. Siz ham ushbu safda boʼling va bugunoq jamoaga qoʼshiling!

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz