O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.26K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

АOKАda matbuot anjumani: “Yoshlar taʼlim granti” loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

⚡️ Matbuot anjumanida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori oʼrinbosari Dilnoza Kattaxanova, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi direktori oʼrinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev, Mehrli qoʼllar xayriya jamoat fondi direktori Baxrom Аlimov, talabalar, OАV, jamoatchilik vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

☝️Matbuot anjumani doirasida bildirilgan muhim maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Matbuot_anjumani

“Yoshlar taʼlim granti” kimlarga beriladi?

🔷 oliy taʼlim muassasalarida toʼlov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim,
🔷 nogironligi boʼlgan,
🔷 ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan
🔷Mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar

Grantning maqsadi nima?

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan talabalarni 2020/2021-oʼquv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan toʼlov-shartnoma mablagʼining 50%gacha boʼlgan qismini toʼlab berishdir.

Shaffoflikni taʼminlash uchun qanday platforma yaratildi?

🔷 Mazkur grantni yoshlar oʼrtasida shaffof va adolatli oʼtishini taʼminlash, haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj toifa vakillarini izlab topish, eng muhimi – xayriya mablagʼlari oʼzining haqiqiy munosib egasini topishi uchun birinchi marotaba alohida “Yoshlar taʼlim granti” ishtirokchilari uchun metsenat.uz platformasi ishga tushirildi va mazkur platforma orqali bugungi kungacha 1.570 nafar talabalarning arizalari kelib tushgan.

Qancha yosh ushbu grantdan foydalandi?

Nizom qoidalariga toʼliq javob bergan 203 nafar talabalarga (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda 153 nafar boquvchisini yoʼqotgan talabalarga – 475.834.291 soʼm miqdorda 2020/2021-oʼquv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan toʼlov-shartnoma mablagʼining 50%igacha boʼlgan qismi Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi(80 foizdan ortigʼi) hamda Mehrli qoʼllar xayriya jamoat fondi tomonidan begʼaraz toʼlab berildi.
#Matbuot_anjumani #АOKА

Yoshlar ittifoqining “Yoshlar taʼlim granti”dan tashqari talabalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan loyihasi bormi?

Аkmal Jumaboyev,
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

2019-2020-yilda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʼtagan, harbiy qismlar qoʼmondonligining tavsiyanomasiga ega boʼlgan, Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga toʼlov-kontrakt shakli asosida oʼqiyotgan 4110 nafar talabaning toʼlov-kontrakti uchun 13 927 878 087 soʼm toʼlab berildi. 2020-2021-oʼquv yilida ham ushbu talabalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash mexanizmi kafolatlangan.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Matbuot anjumani

⚡️Metsenat.uz loyihasi doirasida 1677 nafar gʼolibga 4 mlrd 990 mln soʼmlik 10 ta loyiha eʼlon qilingan

Xushnudbek Xudoyberdiyev, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi direktori oʼrinbosari

— Ilmga investitsiya — bu eng zoʼr investitsiya. Bu jamiyat rivojiga xizmat qiladi. Buni madaniyat darajasiga olib chiqish zarur. Hozirgacha metsenat.uz loyihasida 1677 nafar gʼolibga 4 mlrd 990 mln soʼmlik 10 ta loyiha eʼlon qilingan. "Yoshlar taʼlim granti" shulardan bittasi hisoblanadi. Shu platforma orqali pul ajratmoqchi boʼlgan xayriya loyihalari salkam 5 mlrd soʼmga yaqinlashdi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

⚡️Karimov Baxriddin Maxmudjonovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔷 B.Karimov bugungi kunga qadar Markaziy Kengash Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limida faoliyat yuritib kelgan. Salohiyatli, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Baxriddin Karimovning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Men_emas_biz_uddalaymiz #Yosh_kuch #Maxsus_son

⚡️ Yoshlar Oʼzbekistonning oltin fondi!

🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyev "Yosh kuch"ning maxsus soniga intervyu berdi. Intervyuda Yoshlar yetakchisining qarashlari, tizim faoliyatiga oid eng soʼnggi jarayonlar haqida qiziqarli, yoshlar uchun muhim ma'lumotlar berilgan.

🔰Yoqimli mutolaa tilaymiz!

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Biz uchun qadrli yosh kitobxonlar! Muhim yangilik!

Siz intiqib kutgan kunlar yaqin. Shov-shuvli "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi!

📚Joriy yilning 19-27-fevral kunlari tanlovning hududiy bosqichlari boʼlib oʼtadi. Hududiy bosqichlarning qachon va qayerda boʼlishi ushbu manzilda koʼrsatilgan.

Yana bir dovondan muvaffaqiyatli oʼtishingiz tilakdoshimiz. Omad yor boʼlsin!

👉 Tanlov jarayonlarini kuzatish
@yoshkitobxonuz

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #Xorijdagi_yoshlarimiz_uchun_qulaylik

⁉️ Siz xorijiy mamlakatlarga tashrifingiz mobaynida muammoli vaziyatlarga duch keldingizmi?
Xorijiy davlatda yashash tartibi, mehnat faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha savollaringiz bormi?

O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijdagi yoshlarning manfaatini himoya qilishga koʼmakchi sifatida MusofirUZ mobil ilovasini ishga tushirdi. U sizga haqiqiy koʼmakchi boʼlishiga ishonamiz.

☝️Ilovani hoziroq yuklab oling!
Play market / Appstore

U albatta sizga as qotadi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Заковат» интеллектуал клубида янги мавсум, янги давр бошланмоқда!

Бир-биридан қизиқ интеллектуал турнирлар, ўйинлар Сизни кутиб турибди.

Масалан, 27-28 февраль кунлари брейн-ринг ўйини форматида катта очиқ чемпионат ўтказилмоқда. Соврин жамғармаси ҳам кичкина эмас – нақ 100 миллион сўм!

Турнирда исталган жамоа иштирок эта олади. Бунинг учун нима қилиш керак?

Энг аввало 6 кишилик жамоа тузинг. Масалан, билимга қизиқадиган курсдошлар, ҳамкасблар, қариндошлар, таниш-билишлар бўлиши мумкин.

Жамоа тузгач, zakovat.tv сайтида рўйхатдан ўтинг. Бўлди! Сиз турнирда қатнашиш учун энг катта қадамни босиб ўтдингиз.

Агар 6 кишилик жамоа туза олмадингиз дейлик, унда нима бўлади? Хавотирга ўрин йўқ. Бемалол якка тартибда ҳам рўйхатдан ўта оласиз. Биз кейинчалик якка ариза юборганларни автоматик 6 кишилик жамоаларга бўлиб юборамиз. Баҳонада янги дўстлар орттиришингиз мумкин.

❗️Клубга аъзолик ва турнирда қатнашиш - БЕПУЛ!

Рўйхатдан ўтганлар ўртасида дастлаб интеллектуал кастинг ўтказилади ва ундан ўтган жамоалар турнирда қатнашиш ҳуқуқини қўлга киритишади. Брейн-ринг турнири ва интеллектуал кастинг ўтказиладиган жой, вақти, шартлари ҳақида zakovat.tv сайти ҳамда @zakovat Телеграм каналида тез орада маълум қилинади.

Келинг, сафимизга қўшилинг! Ҳақиқий билимдонга айланиш имкониятини қўлдан бой берманг!


👉 @xushnudbek 👈