O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Fotoreportaj

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev buxorolik yosh dasturchilar bilan uchrashdi

🔷 Buxoro azaldan ilm-fan markazi boʼlgan. Bugun ham bilimli, intiluvchan yoshlar koʼp. Buxoroning IT sohasi boʼyicha brendini yaratish kerak. Buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt bor.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Pespublikasi Prezident
i

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida maxsus o'quv tashkil etildi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini anglashga bagʼishlangan tadbirlar boshlangan. Yagona maqsad — tarixiy hujjat mohiyatini davlat xizmatchilari orqali xalqimizga, ayniqcha yoshlarga yetkazish va ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan himoyalanganligini toʼlaqonli anglab yetgan xalqning kayfiyati koʼtarish, turmushini yaxshilashga erishishdir.

🔷 Shunday tadbirlardan biri Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida boʼldi. Unda apparat rahbariyati, mas'ul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etdi.

Seminarda hujjatda belgilab oʼtilgan masalalar, amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar, shuningdek, bu saʼy-harakatlarning ijobiy samarasi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔰Muloqot ochiq, samimiy ruhda oʼtdi. Yoshlarga oid qator masalalar muhokama qilindi. Endilikda xodimlar joylarga chiqib, yoshlarga Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini yetkazish, dunyoqarashini, turmush-tarzini oʼzgartirishni rejalashtirishdi.

☝️Tizimda bunday oʼquvlar respublika boʼylab davom etmoqda.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Prezident_yoshlar_haqida

"Yoshlarda juda koʼp gʼoya, intilish bor. Ularga sharoit yaratib, yelkadosh boʼlsak, ular juda katta kuch, qudrat, imkoniyat va kelajak egasi boʼladi".

☝️ Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqidan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari joriy yilda Buxoroda Prezident maktabi faoliyat boshlashi, matematika, axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya va fizikaga ixtisoslashgan 16 ta maktab tashkil etilishi hamda 18 ta maktabni rekonstruksiya qilish belgilanganini ham taʼkidlab oʼtdi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar uchun grant va subsidiyalar qay tarzda ajratilishini bilasizmi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga oid qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

🔰 Loyihada keltirilishicha, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan grant va subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Batafsil ushbu havola orqali tanishish imkoniga egasiz.

🔸 Loyiha yuzasidan o'z fikrlaringizni regulation.uz platformasida qoldirishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Бугун кечагидек яшашга ҳаққимиз йўқ - уйғониш керак, ҳаммамиз бирлашишимиз керак

Президент: У нас нет права жить как раньше - всем нам нужно проснуться, объединиться

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qutlaymiz

⚡️ Fargʼonalik muallimaning fan olimpiadasida qatnashgan 9 nafar oʼquvchisi ham gʼolib boʼldi

Tajribali pedagog, informatika fani oʼqituvchisi Odinaxon Yoʼldoshevaning oʼquvchilari har yilgi fan olimpiadalarida viloyat va respublika bosqichlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritib keladi.

🔷 Bu yil ham Fargʼona viloyatida muallima olimpiadaga olib chiqqan barcha oʼquvchilari respublika bosqichiga chiqdi.

Jamoamiz bilan pedagogni qutlab, yosh bilimdonlarga olimpiadaning respublika bosqichida omad tilaymiz.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Buxoroda lider va yosh liderlar uchrashuvi: Har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz!

🔷 Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazi gavjum boʼldi. Markazda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida "Kelajak liderlari" mavzusida muloqot tashkil etildi.

Unda yoshlar, harbiy xizmatchilar, korxona, idoralardagi yosh davlat xizmatchilari, talabalar hamda yosh liderlar ishtirok etdi.

Muloqotni "Liderlar" guruhlari asoschisi, liderlar uchun maxsus qoʼllanma muallifi Otabek Xasanov interaktiv usulda olib bordi.

— Har birimizda imkon bor. Qayerda yoki qanday oilada tugʼilganimiz muhim emas, balki qanday yoʼlni tanlashimiz muhim. Hurmatli Liderlar har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz, — dedi spiker. — Oʼzni qiynab bilim olish, mehnat qilish — barchasi bir boʼlib insonni xalq ichida lider sifatida shakllanishiga yoʼl ochadi.

☝️
Batafsil

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest #Yoshlar_ittifoqi

🔰O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida o‘tgan haftaning muhim voqealari dayjesti.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Sherzod Shermatov
Xushxabar: Prezidentimiz maktablardagi Yoshlar yetakchilari stavkasini kamaytirmaslik bo‘yicha topshiriq berdilar!

Maktablardagi ko‘pchilik Yoshlar yetakchilarimizdan joylarda 0,25 stavkasi qisqarishi mumkin ekan degan xavotirda murojaatlar tushayotgan edi.

Prezidentimiz tomonidan o‘tgan haftada Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi kiritilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimlariga Yoshlar yetakchilaridan 0,25 stavka qisqartirish hisobiga emas, balki qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha aniq topshiriq bo‘ldi.

Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q! Yoshlar yetakchilari endi e’tiborlarini bunday xavotirlarga emas, balki joylarda o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga qaratishlari zarur!

Batafsil: https://bit.ly/2LTkBs1
#Yaxshi_xabar
Aziz yoshlar, yosh fermerlar!

Siz uchun ajoyib yangilik! O'zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi www.yoshfermer.uz saytini ishga tushurdi.

☝️ Mazkur saytda qiziqarli rasmlar, foydali video resurslar, ajoyib tanlovlar va tadbirlar, amaldagi hamda rejalashtirilayotgan loyihalarimizni kuzatib borishingiz mumkin.

🔰 Bu hali boshlanishi. Kengash tez orada mazkur saytni takomillashtirgan holda Siz yosh fermerlar uchun onlayn savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishingiz hamda tajriba almashishingizga mo'ljallangan platformaga aylantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar ishlari agentligi Navoiy asarlarining mobil ilovasini yaratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!

💻Tanlovda 30 yoshgacha boʼlgan,
dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Yaratilgan mobil ilova quyidagi talablarga javob berishi lozim:

sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;

Аlisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, gʼazallar (lotin yozuviga asoslangan oʼzbek tilida).

📚 Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa aʼzolari, bogʼlanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 soʼzdan oshmagan maʼlumotlarni [email protected] manziliga yuborishlari kerak.

Tanlov gʼoliblari hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi hamda gʼoliblar munosib mukofotlanadi.

Yosh dasturchilar, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Aqlli_avlod #Sardorlar_tashabbusi

Yoshlarni kelajak kasblariga yo'naltirish maqsadida Respublika sardorlari “Aqlli avlod” loyihasini amalga oshirdi

🔷 “Kitob olami” majmuasida “Kamalak” bolalar tashkiloti, Respublika Sardorlar Kengashi tashabbusi bilan “Aqlli avlod” ijtimoiy-intellektual loyihasi tashkil etildi.

🔰 Yoshlarni kasb-hunarga va kelajak kasblariga yoʼnaltirish loyihaning birlamchi vazifasi sifatida belgilandi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari milliy markazi xodimi Nigina Sodiqova, Yoshlar parlamenti raisi Jamshid Boboyev, Yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi Barno Xolikova yoshlarga master-klass oʼtadi.

Loyiha yil davomida o'tkaziladi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_gvardiya_va_yoshlar

🔷 Oʼzbekiston milliy gvardiyasi va Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot qilish hamda ularning taklif va muammolarini tinglash, yechim berish maqsadida Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan oʼquv markazida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqotda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda mahallalardagi 100 nafardan oshiq yoshlar ishtirok etdi.

📚 Yoshlarga Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ularning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida 100 nomdagi badiiy kitoblar taqdim qilindi.

☝️Muloqot jarayonlari, yoshlar tomonidan koʼtarilgan masalalar haqida "O'zbekiston24" ijodkorlari lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlarga_imtiyoz

Yoshlar uchun yana bir stipendiya taʼsis etildi

Yoshlarning "Respublika yosh kimyogarlar forumi"ni oʼtkazish hamda "Oʼzkimyosanoat stipendiyasi"ni taʼsis etish taklifi maʼqullandi.

Bu haqda "Oʼzkimyosanoat" АJ Axborot xizmati maʼlum qildi.

🔰"Respublika yosh kimyogarlar forumi" har yil may oyining soʼnggi yakshanba kuni keng nishonlanadigan "Kimyogarlar kuni" kasb bayrami arafasida tashkil etiladi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_yetakchilari_ishonchli_kuch

O’zbekiston yoshlat ittifoqi tizimda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi"ni e’lon qiladi!

🔰 Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak berish maqsadida joriy yilning 28-yanvaridan 28-fevraliga qadar barcha hududlarda “Umumiy o'rta ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari oyligi" o‘tkaziladi!

Oylik doirasida:

🔷 Umumiy o'rta ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun tayyorlangan o'q'uv-uslubiy qo'llanmalar taqdimoti;
🔷 “Sotsial lift” loyihasi;
🔷 “Tajribangni o‘rgat” loyihasi;
🔷 “Zakovat”, “Munozara” intellektual o‘yinlari;
🔷mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan “Ochiq muloqot”lar;
🔷 turli xil mavzularda motivatsion o‘quv-seminarlar o‘tkaziladi.

Qadrli yoshlar yetakchilari! Oylik doirasidagi loyihalarda faol ishtirok eting. Unutmang, siz minglab oʼquvchilarning porloq kelajagi uchun daxldorsiz!

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yosh_ota_onalar_kundaligiga

🔶 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri 9-moddasiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.

🔷 Kelgusi 2021/2022-o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan bolalar 2021-yilning 31-dekabriga qadar yetti yoshga to‘ladigan bo‘lishi, ya’ni 2014-yilning 31-dekabr kuniga qadar tug‘ilgan bo‘lishlari lozim.

Shuningdek, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlanadi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича муҳим йўналишлар кўрсатиб ўтилди

Обозначены важные направления обеспечения занятости и содержательной организации досуга молодежи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha o'tkazgan yig'ilishidan maxsus reportaj "Maxsus rakurs" ko'rsatuvida.

🔰 Ko'rsatuv yakshanba kuni efirga uzatiladi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz