O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyatini qaytadan koʼrib chiqish zarurligi aytildi.

🔷 Hududlarda namunaviy loyiha asosida maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish boʼyicha koʼrsatma berildi.

Maʼnaviyat va ijodni qoʼllab-quvvatlash fondi tashkil etilishi belgilandi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from MUSOFIR xayriya loyihasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
♻️ "Musofir" xayriya loyihasi xayriya mablag‘lari orqali xorijda mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘zbekistonlik yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzildi. Loyiha xorijdagi vatandoshlarimiz uchun moddiy yordam koʼrsatadi.

〽️ Eng asosiysi siz istalgan usul va o'zingizga qulay holatda bizning loyihamizga qo'shilishingiz mumkin. Yuqoridagi videolavha orqali o'z xayriyangizni dunyodagi o'zbek yoshlariga ulashing.

🤝 Biz jahon bo'ylab o'zbek yoshlariga sizning yordamingizni yetkazuvchi ko'prik bo'lishdan mamnunmiz.

📍Xayriyaga qo'shiling, dunyodagi o'zbek yoshlarini qo'llab-quvvatlang!
#wayu #musofir #Bizbirmiz

Telegram | Instagram | Facebook
2021-yil Davlat dasturi loyihasida yoshlarni qoʼllab-quvvatlashga doir qator muhim takliflar bor...

🔷Davlat dasturi loyihasi 276 ta banddan iborat boʼlib, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Yoshlar Forumida aks etgan asosiy gʼoya va takliflari hamda Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqildi.

☝️Shuningdek, Dasturning dastlabki loyihasini tayyorlashda Oliy Majlis palatalari, barcha vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar ekspertlari, jamoatchilik vakillarining 3 mingdan ortiq taklif va fikr-mulohazalari atroflicha muhokama qilindi.

🔷 OАV va ijtimoy tarmoqlardagi tanqidiy materiallarning tahlili oʼtkazildi, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Loyihada yoshlarni qoʼllab-quvvatlash masalasida ham qator bandlar mavjud.

Unutmang, muhokamalarda faol ishtirokingiz, Sizning kelajagingiz uchun xizmat qiladi. Fikrlaringizni 2021.strategy.uz platformasida qoldirishni unutmang.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yetakchi_kundaligiga #Jizzax

Yoshlar yetakchisi har kuni shaxsiy rivojlanishda boʼlsa, oʼquvchilar unga ergashadi

🔷 Jizzaxda Yoshlar yetakchilari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Unda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi masʼul xodimlari, viloyat Kengashi vakillari hamda umumtaʼlim maktablaridagi yetakchilar, Yetakchilar Kengashi raislari ishtirok etdi.

Yoshlar yetakchilari uchun "Boshlang'ich tashkilot yetakchilari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish", "Sardorlar Kengashi samaradorligini oshirish" va "Yetakchi imidji" mavzularida master-klass oʼtkazildi.

Yetakchilar umumtaʼlim maktablarida oʼquvchilar maʼnaviy dunyoqarishini boyitish, intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim rol oʼynaydi. Shu sabab, ushbu treninglar ular uchun maqsadli boʼldi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Shavkat Mirziyoyev: Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz

🔷
Bu haqda Prezident maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bagʼishlangan videoselektorda taʼkidladi.

— Biz yaratayotgan yangi Oʼzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʼoyasi boʼladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, — dedi davlat rahbari.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmlik tadbirkor bo'lish istagini bildirgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Tadbirkorlik
sirlarini o'rganmoqchimisiz, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanmoqchimisiz?

Unda Yoshlar startaplar markaziga tashrif buyuring!

Har
bir imkoniyatdan maksimal foydalaning!
🇺🇿 Qashqadaryoda harbiy qism va muassasalardagi yoshlar yetakchilarining III-Forumi bo'lib o'tdi

🔷 Forum yoshlarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas'uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo'lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

🔶Tadbir davomida harbiy qism va muassasalardagi boshlang'ich tashkilot yetakchilarining yillik hisobotlari tinglandi. Tizimni yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator takliflari qabul qilindi.

❇️Forum so'nggida yil davomida harbiy qism va muassasalardagi boshlang'ich tashkilotlar samaradorligini oshirishda hissa qo'shib kelayotgan yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Buxoroga_Prezident_tashrifi_boshlandi

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga joʼnab ketdi.

🔷 Safar davomida agrosanoat, toʼqimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot sohalaridagi korxonalar faoliyati, shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlarini koʼzdan kechirish rejalashtirilgan.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
"Bolalar press-klubi": Bolalarni tinglaymiz, ularning ham oʼz fikri, soʼzi bor!

🌈Аyni kunlarda turli hududlarimizda Respublika sardorlari tashabbusi bilan "Bolalar press-klubi" loyihasi tashkil etilmoqda.

Namangan viloyatida ham oʼtkazilgan Press-klubda "Ijtimoiy faollik yoki namunali taʼlim?!" mavzusida muhokamalar boʼldi. Qizigʼi, spikerlar ham bolalar! Muammoni bolalarning oʼzlari koʼtarib, yechimni ham oʼzlari taklif etishdi.

🔷 Ijtimoiy faolligi hamda maktabdagi aʼlo taʼlimi bilan tengdoshlariga oʼrnak boʼlib kelayotgan bolalar soʼz olib, tajribalarini oʼrtoqlashishdi.

🌈 Bu loyiha bolalarni tinglash, ularning ham fikrlariga quloq tutish, bolalar masalalaridagi muammolarni yechishda oʼzining ijobiy natijasini berishiga ishonamiz.

☝️Loyiha respublika boʼylab davom etmoqda.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

🔷 Ismoilova Kamola To‘lqin qizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi “Yetakchi” yoshlar markazi NNT direktori lavozimiga tayinlandi.

К.Ismoilova bugunga qadar “Yoshlar turizm agentligi” MChJ direktori v.b. lavozimida ishlab kelgan.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Kamola To‘lqin qizining faoliyatiga muvaffaqiyat va omad tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Yosh fermerlar
🧑🏻‍🌾👩🏻‍🌾 Qadrli do'stlar,

🧾 Mamlakatimizda yosh fermerlarning
faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarga barham berish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zaruriy tadbirlar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida yosh fermer va agrar sohadagi faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun so'rovnoma ishlab chiqildi.

Barcha yoshlardan ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Sizning javoblaringiz mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

So'rovnoma anonim bo‘lib, unda familiya va ismingizni ko'rsatishingiz talab etilmaydi.

So'rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting:

👉 https://bit.ly/35NcqEq

So'rovnomadagi ishtirokingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda👇
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_tashabbusi_amalda

Navoiyda “Navoiyni anglaymiz” mobil ilovasi taqdimot qilindi

🔷 Yoshlar markazida bir guruh yoshlar tashabbusi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi ko’magida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

📚 Tadbirda Navoiy viloyat Ittifoq sardori Lobarxon Jalolovaning ikkinchi mualliflik kitobi — “Chin g‘azal bo‘stoni ichra…” metodik qo‘llanmasi keng jamoatchilikka taqdim etildi.

📱Shuningdek, UzRoboUp jamoasi bilan hamkorlikda yaratilgan “Navoiyni anglaymiz” mobil ilovasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

💥 Navoiylik yoshlar Prezident tashabbusi ijrosini birinchilardan bo‘lib keng ommaga taqdim etdi. Olimlar, pedagoglar, o‘quvchi-yoshlar ilovani yanada boyitish bo’yicha takliflarini bildirishdi. Eng muhumi, ushbu harakat yoshlar orasida Hazrat Navoiyni anglashda qo’l kelishi ta’kidlandi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

🔷 Raximov Suxrobbek Raximovich
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar turizm agentligi” MChJ direktori lavozimiga tayinlandi.

📌 S.Raximov bugungi kunga qadar "Yoshlar — kelajagimiz" jamg'armasida mas'ul vazifalarda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Tashabbuskor, xorijiy tillar va tajribani o'zlashtirgan, yoshlar bilan ishlash malakasiga ega.

Yoshlar turizmini rivojlantirish, mamlakatimizning turistik salohiyatini tanitishda O’zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Suxrobbek Raximovichning faoliyatiga muvaffaqiyat va omad tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz