O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Murojaatnomaga_munosabat #Yoshlar_siyosati_hal_qiluvchi_kuch

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika boʼylab Prezident Murojaatnomasi va “Yoshlar forumi” targʼiboti va ularda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha seminarlar, ochiq muloqotlar oʼtkazilmoqda.

🔷 Bugun shunday respublika oʼquvlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etildi. Unda vazirlik, idoralar rahbarlari hamda OTMlarning yoshlar tarbiyasiga mas'ul prorektorlari ishtirok etdi. Seminarda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham ishtirok etib, maʼruzalarning mazmun-mohiyati, belgilangan ustuvor yoʼnalishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Yilning eng faol yetakchisi" koʼrik-tanlovini oʼtkazish boʼyicha birlamchi chora-tadbirlar rejasi haqida maʼlumot berdi.

Seminar davomida prorektorlar OTMdagi Yoshlar yetakchilari faoliyati boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Murojaatnomaga_munosabat

Vazirlik, idoralarning rahbariyati joylarga chiqib, yoshlarning muammolarini hal qilmoqda

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika boʼylab Oʼzbekiston Prezidenti Murojaatnomasi va “Yoshlar forumi”dagi nutqining targʼiboti va ularda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha seminarlar, ochiq muloqotlar oʼtkazilmoqda. Аmaliy ishlar yoʼlga qoʼyilmoqda.

🔷 Аyni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul vazirlik, idoralar rahbarlari oʼzlari joylarga chiqib, qator tumanlarning yoshlari bilan suhbatlashmoqda.

Jumladan, Kogon shahrida tashkil etilgan uchrashuvda 320 nafar yosh ishtirok etdi. Yoshlar tomonidan 36 ta turli yoʼnalishlardagi taklif va muammolar ilgari surildi. Tegishli sohalar rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi. Takliflar esa manzilli dasturlarga kiritilmoqda.

Bu kabi ochiq muloqotlar viloyatning Jondor, Romitan, Shofirkon, Olot, Qorako'l tumanlarida ham tashkil etildi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz