O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi taqdim etadi

❇️ Аgar siz mamlakat ilm-faniga innovatsion gʼoyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan mutaxassis boʼlsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!

Hujjatlar 2021-yil 20-yanvardan - 20-fevralga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📌 Saralash bosqichlari 2021-yil 20-fevraldan - 20 martga qadar davom etadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʼarmasining www.eyuf.uz saytida.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_hal_qiluvchi_kuch

Buxoro viloyatida vazirlik va idoralar rahbariyati vakillari bilan jonli muloqot boshlandi

🔰 Muloqotni quyidagi manzillarda kuzatib boring:

🔷 Feysbuk orqali
🔷 YouTube orqali
🔷 BuxoroTV.uz

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Murojaatnomaga_munosabat #Yoshlar_siyosati_hal_qiluvchi_kuch

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika boʼylab Prezident Murojaatnomasi va “Yoshlar forumi” targʼiboti va ularda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha seminarlar, ochiq muloqotlar oʼtkazilmoqda.

🔷 Bugun shunday respublika oʼquvlaridan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etildi. Unda vazirlik, idoralar rahbarlari hamda OTMlarning yoshlar tarbiyasiga mas'ul prorektorlari ishtirok etdi. Seminarda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham ishtirok etib, maʼruzalarning mazmun-mohiyati, belgilangan ustuvor yoʼnalishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Yilning eng faol yetakchisi" koʼrik-tanlovini oʼtkazish boʼyicha birlamchi chora-tadbirlar rejasi haqida maʼlumot berdi.

Seminar davomida prorektorlar OTMdagi Yoshlar yetakchilari faoliyati boʼyicha oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda

⚡️ Yoshlar ishlari agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi "Mening yurtim" telekanali bilan hаmkorlikda yoshlarning talab va takliflari asosida “Nurafshon media studiyasi”ni tashkil etdi. Kuni-kecha studiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu studiyaning faoliyati, imkoniyatlari haqida lavhada batafsil tomosha qiling.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

4 oylik qayta tayyorlash maxsus kurslarida o‘qishni xohlaysizmi?

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2020-2021-o‘quv yili 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.

🔰 Tanlovda oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan, kamida 2 yil ish stajiga ega bo’lgan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

📩 Hujjatlar Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan 2021-yil 30-yanvarga qadar qabul qilinadi.

➡️ Batafsil ma'lumotni www.yomi.uz sayti, yoki (71)-232-61-31 raqami orqali olishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Yoshlar_siyosati_amalda

🔰 2021-yil nomi yurtimizda yoshlarimiz uchun yana bir yangi davr boshlanganidan dalolatdir.
Buni joylarda yoshlar masalasida tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilayotganida ham koʼrishimiz mumkin.

Ayni damda bu boradagi ishlarni oʼrganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezident administratsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, vazirlik va idoralardan tuzilgan ishchi guruh vakillari joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʼtkazmoqda.

❇️ Jumladan, kuni-kecha deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev ham samarqandlik yoshlar bilan uchrashdi.

🔷 Payariq hamda Ishtixon tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda yigit-qizlar tomonidan koʼtarilgan muammolarning aksari joyida hal etildi. Vaqt talab qilgan muammo va takliflar esa manzilli dasturlarga kiritildi.

Bunday muloqotlardan yagona maqsad — yoshlarning jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning vatan taraqqiyotiga boʼlgan hissasini oshirishga qaratilgan.

Ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Navbahorlik 20 nafar xotin-qiz ishli boʼldi

Аvval xabar berganimizdek, ayni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul tashkilotlar vakillaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi joylarga boʼlib, yoshlar bilan muloqotlar oʼtkazmoqda.

Shunday yoshlarni eshitishga qaratilgan ochiq muloqot Navbahor tumanida boʼlib oʼtdi hamda yoshlarning fikri tinglandi.

🔷 Jumladan, ochiq muloqot davomida tikuvchilikka qiziqqan va bugungi kunda yetarli malakaga ega boʼlgan 20 nafar yosh qizlar imtiyozli kredit olish va ish bilan taʼminlanishda amaliy yordam soʼrab murojaat qildi.

Yoshlar murojaatlari joyida qanoatlantirilib, mas'ullar tomonidan qizlarga tumandagi tikuv korxonalariga ishga joylashishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Qoraqalpogʼiston

Qoraqalpogʼistonda ham
yoshlar bilan muloqotlar boshlandi

🔷 Boʼzatov yoshlar markazida Oʼzbekiston yoshlar Ittifoqi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Kengashi raisi Polat Maxsetbayev hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ittifoq sardori Gulayim Yerjanbayevalar yoshlar bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlar forumi" hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi muhim fikrlar sodda, yoshlarbop tilda tushuntirib berildi.

Ochiq muloqotda tuman sardorlari ham ishtirok etdi. Ularga olis masofalarda yashayotgan tengdoshlari bilan doimiy aloqada boʼlish uchun velosipedlar sovgʼa qilindi.

Muloqotlar davom etadi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda #Namangan

❇️ Namangan viloyati hokimi: “Bu yil yoshlarimiz bilan ishlashimizda tub burilish yili boʼladi”

🔷 "Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil qilinganligi 29 yilligi munosabati bilan Nanay tumanida festival tashkil etildi. Unda viloyat hokimi ham ishtirok etib, bir guruh yoshlarni rag'batlantirdi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Samarqand

Yoshlar siyosati — davlat siyosatining ustuvor masalasiga aylandi

Аvval xabar berganimizdek, ayni damda joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar boshlangan.

Shunday muloqotlardan biri Nurobodda tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Tojiyev, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev va mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etdi.

❇️ Uchrashuv davomida yoshlar bandlik, imtiyozli kredit, uy-joy, taʼlim, AKT, ishlab chiqarish va boshqa masalalar bilan bogʼliq 25 ga yaqin taklif va muammolarni bildirdi. Аksar masalalar joyida hal etildi. Vaqt talab qiladigan masalalar manzilli dasturga kiritildi.

🔷 Eng muhimi, yoshlar ularning taqdiri uchun hukumat qaygʼurayotgani va koʼmaklashayotganidan mamnun boʼlishdi.

Kanalga ulanish —
@yangiuzbekiston_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Andijon

🇺🇿Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"dagi nutqning mazmun-mohiyatini yoshlar yetakchilariga yetkazish hamda “Yilning eng yaxshi yetakchisi”, “Kamalak yulduzlari”, “Yil sardori” tanlov va festivallarini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida yetakchilar uchun o‘quv-seminar bo'lib o'tdi.

🔷O‘quv-seminarni Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi Rasuljon Karimov ishtirok etib, "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da tashkilot oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

🔶Shuningdek, shahar va tumanlardan ishtirok etgan faol yoshlar yetakchilari boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sardorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va mulohazalarini bildirishdi.

❇️ O'quv-seminar so'nggida “Dekabr oyining eng faol yoshlar yetakchisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yetakchilar rag'batlantirildi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Samarqand

Respublika ishchi guruhi Samarqand shahridagi
yoshlar bilan ham uchrashdi: takliflar ahamiyatli, muammolar yo‘q emas

🔷 Uchrashuvda Qonunchilik palatasi deputati O.Tojiyev, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A. Jumaboyev, mahalliy hokimlik vakillari hamda ma’sul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Samarqand shahri yoshlari tomonidan bildirilgan qator takliflar ijobiy qabul qilindi.

— Samarqand shahrida nemis tili fanidan Germaniya bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etib, xalqaro darajadagi sertifikatlar oladigan markaz tashkil etish haqida bildirgan taklifim ma’qullandi, — deydi Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Hilola Rasulova. — Muloqot bizga manzur bo'ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan 18 ta muammo, 12 ta taklif, 7 ta tashabbusning aksariyatiga joyida yechim berildi. Vaqt talab qiladigan masalalar esa manzilli dasturga kiritilib, ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Elchilar
yoshlar bilan muloqot qildi

🇺🇿 “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor elchilari yoshlar bilan muloqot qildi.

🔷 Uchrashuvda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi Favqulodda va Muxtor Elchilari, vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, faol yoshlar va chet elda ta’lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar(onlayn) ishtirok etdi.

👉 Batafsil bu yerda.👈

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz