O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Xalqaro_kun

🔷 Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, sayyoramiz aholisining 15 foizi nogironlikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. Yer yuzida nogironligi bor insonlarning 10 foizi bolalardir. Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrogʼi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.

📌 BMT tomonidan 1992-yil 14-oktabr kuni 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.

Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga aʼzo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning toʼlaqonli hayot kechirishi, ishlashi, taʼlim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

🔷 O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ham sana munosabati bilan "Biz birgamiz" shiori ostida respublika bo'ylab qator ezgulik aksiyalari o'tkazilmoqda.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Xalqaro_kun #Xushxabar

O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi

📌 1985-yil 17-dekabr kuni BMT tomonidan 5-dekabr — Xalqaro volontyorlar kuni deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlarga ushbu kunni keng nishonlash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yoʼlida koʼngilli ravishda ish boshlagan volontyorlar xizmatini qoʼllab-quvvatlash, ularning safini kengaytirishga koʼmaklashish tavsiya etiladi.

ℹ️ Maʼlumotlarga koʼra, 2019-yilda dunyoning turli mamlakatlarida 8282 nafar koʼngilli volontyor jalb qilingan.

♻️ Oʼzbekistonda ham pandemiyaga qarshi kurashish paytida Yoshlar ittifoqi atrofida birlashgan minglab volontyorlar oʼzining munosib hissasini qoʼshdi.

🔷 Bugun, sana munosabati bilan O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz