O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
👨‍👩‍👦‍👦 Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Janubiy-g'arbiy maxsus okrug, Milliy gvardiya hamkorligida "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi" shiori ostida o’tgan yoshlar festivalidan fotoreportaj.

🙂 Bolalarga dunyoni beraylik!

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Xalqaro_kun

🔷 Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, sayyoramiz aholisining 15 foizi nogironlikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. Yer yuzida nogironligi bor insonlarning 10 foizi bolalardir. Dunyoda bunday insonlarning 80 foizdan ortiqrogʼi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.

📌 BMT tomonidan 1992-yil 14-oktabr kuni 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.

Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga aʼzo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning toʼlaqonli hayot kechirishi, ishlashi, taʼlim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.

🔷 O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ham sana munosabati bilan "Biz birgamiz" shiori ostida respublika bo'ylab qator ezgulik aksiyalari o'tkazilmoqda.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌈 Navoiyda "Biz birgamiz» loyihasi: Ularning imkoniyati cheksiz

🔷 Navoiy viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan "Biz birgamiz" loyihasi tashkil etildi.

Loyiha imkoniyati cheksiz bolajonlarga quvonch ulashish, ular o'rtasida sport musobaqalarini o'tkazib, o'zlariga bo'lgan ishonchni yanada oshirish, sog'lom turmush tarziga jalb etish maqsadida tashkil etildi.

🔷 Loyiha doirasida kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Shuningdek, imkoniyati cheksiz yoshlar o'rtasida sportning shashka-shaxmat, stol tennisi hamda armwrestling turi bo'yicha chempionat tashkil etildi.

Loyiha ishtirokchilari hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etgan yoshlarga O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining maxsus medallari hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi. Loyiha bolalarga cheksiz quvonch ulashdi. Tizimda ushbu yo’nalishdagi tadbirlar respublika bo’ylab davom etmoqda.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Yosh fermerlar
📣Samarqand viloyati yoshlari diqqatiga!

Orangizda xonadonida quyonchilik bilan shug'ullanish istagida yurgan yoshlar bormi?

Agar quyon boqishga ishqiboz bo'lsangiz, unda ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

"Quyonchilik biznesi - 0 dan barqaror daromadgacha" loyihasi doirasida O'zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasining raisi Ortiqov Elmurod va "Mikrokreditbank" ATB ma'sul mutaxassislari ishtirokida Samarqand viloyatida bo'lib o'tadigan master-klasslarimizda ishtirok eting va maxsus sertifikatlarni qo'lga kiriting (Ushbu sertifikatlar Siz o'z biznesingizni boshlashingiz uchun bizning hamkorimiz "Mikrokreditbank" ATB dan kredit olishingizda yordam beradi).

📅 4-dekabr
10:00
📝 Samarqand v., Oqdaryo tumanida, Oqdaryo mahallasi, 2-sonli kasb-xunar maktabida "Eski politexnika kolleji".

📅 4-dekabr
15:00
📝 Samarqand v., Pastdarg'om tumani, 32-sonli musiqa maktabida. (Mo'ljal: Juma shahri markazi)

Murojaat uchun:
+998 99 462 71 74

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Biz_birgamiz #Forum #Men_donorman

Namanganda "Men donorman" ezgulik xayriya aksiyasi o’tkazildi

1-5-dekabr kunlari bo'lib o'tadigan II Volontyorlar forumi doirasida turli aksiyalar va loyihalar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

🔷 Forumning birinchi kunida Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Namangan viloyati Qon quyish markazi bilan hamkorlikda "Men donorman" ezgulik xayriya aksiyasini o'tkazdi.

🔷 Aksiyada 100 nafardan ortiq volontyor yoshlar, 50 dan ziyod tashkilot va idoralarning ko'ngilli xodimlari ishtirok etdi. Qon topshirgan donorlar ezgu ishga o'z hissalarini qo'shganlaridan mamnun.

☝️ Ushbu donorlik qonlari muhtoj oilalarning farzandlari hayotini saqlab qolish uchun yo'naltiriladi.

"Har tomchida ezgulik mujassam" shiori ostida o'tayotgan aksiya davom etmoqda.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Motivatsiya

Xitoyning muvaffaqiyatli tadbirkori Jack Madan muvaffaqiyatning 10 ta qoidasi

🔷Boshqalar xatosidan saboq ol!
🔷Hajmga emas sifatga e‘tibor qarat!
🔷 Kelajak uchun tayyorlan!
🔷 Har doim birinchi boshlashga intil!
🔷Raqiblaringni hurmat qil!
🔷Atrofingga aqlli insonlarni to‘pla!
🔷Muvaffaqiyatga va barcha narsaga ishon!
🔷Barcha o‘zgarishlarga imkoniyat deb qara!
🔷Sog‘lom yasha, sportni esdan chiqarma!
🔷Quvnoq bo‘l, tabassum qil!

Muvaffaqiyat aslida sizdan uzoqda emas.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hukumat_va_yoshlar

🔷 Fargʼona shahrida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazildi.

Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi maydonida yoshlar oʼrtasida “Sogʼlom hayot sari 5000 qadam” hamda ommaviy badantarbiya mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Hududdagi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Maxsus mehnat yarmarkasi” boʼlib oʼtdi.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida “Yoshlar teatr studiyasi”ning “Oq terak” nomli spektakli nomoyish etildi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuygʼusini shakllantirishga qaratilgan “Harbiy chiqishlar” koʼrgazmasi tashkil etildi.
Yoshlarni tadbirkorlikka yoʼnaltirishga qaratilgan “Bank va yoshlar” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
“Hokim kubogi” futbol musobaqasi oʼtkazildi.
Iste'dodli ijodkorlar bilan yoshlarning uchrashuvlari tashkil etildi.

☝️ Аksiya, loyiha va tadbirlarda 5800 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Lavhada batafsil.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
E’lon!

🇺🇿Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bugun, 15:00da “Qonun ijodkorligi jarayonida yoshlarning oʼrni” mavzusida “Yoshlar press-klubi”ning maxsus sessiyasi bo’lib o’tadi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Istalgan dori vositasi narxini uydan chiqmasdan turib bilib oling!

🔸O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan referent narxi shakllantirilgan dori vositalari narxi to'grisida ma’lumot beruvchi maxsus axborot tizimi — @dorinarx_bot ishlab chiqildi.

🔹Shuningdek, iste’molchilarda axborot tizimi ma’lumotlari asosida dori vositasini dorixonalarda sotilayotgan joriy narx bilan solishtirish, tafovut aniqlansa, Agentlikka to'gridan-to'gri murojaat qilish imkoniyati mavjud(ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilab boriladi).

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Xalqaro_kun #Xushxabar

O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi

📌 1985-yil 17-dekabr kuni BMT tomonidan 5-dekabr — Xalqaro volontyorlar kuni deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlarga ushbu kunni keng nishonlash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yoʼlida koʼngilli ravishda ish boshlagan volontyorlar xizmatini qoʼllab-quvvatlash, ularning safini kengaytirishga koʼmaklashish tavsiya etiladi.

ℹ️ Maʼlumotlarga koʼra, 2019-yilda dunyoning turli mamlakatlarida 8282 nafar koʼngilli volontyor jalb qilingan.

♻️ Oʼzbekistonda ham pandemiyaga qarshi kurashish paytida Yoshlar ittifoqi atrofida birlashgan minglab volontyorlar oʼzining munosib hissasini qoʼshdi.

🔷 Bugun, sana munosabati bilan O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун соат 20:20 да “O‘zbekiston 24” телеканали ҳамда Президент матбуот хизматининг Facebook ва Youtube'даги расмий саҳифаларида "Қанотимсан...Қорабайир ривояти" ҳужжатли фильмини томоша қилинг.

Фильмда Президент ташаббуси билан қорабайир зотини тиклаш ва кўпайтириш бўйича қилинаётган ишлар натижалари билан танишасиз.

Смотрите сегодня, в 20:20, документальный фильм "Крылья мои... Сказ о Карабаире" на телеканале “O‘zbekiston 24” и официальных страницах пресс-службы Президента в Facebook и Youtube.

В фильме рассказывается о результатах проводимой по инициативе Президента работы по восстановлению и разведению карабаирской породы лошадей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔷 O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatidagi muhim voqealar dayjesti

Boshlangan yangi ish va o’qish haftangiz omadli, barokatli o’tsin.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

Sa’dullayev Ziyodullo Fayzullo o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔷 Z.Sa’dullayev bugungi kunga qadar tashkilotning Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. Salohiyatli, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Z.Sa’dullayev faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Konstitutsiya_va_yoshlar

🇺🇿 Bosh qonunimiz bizning nafaqat huquq va erkinliklarimiz kafolati, balki davlat va jamiyat oldidagi burchimizni ham belgilab beruvchi asosiy qomusimizdir.

🔷 Ayniqsa, yoshlarimizning kuchli, bilimli, dono va baxtli avlod bo‘lib yashashini ta’minlashda Konstitutsiyamiz asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz