O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
UZ: "1197" qayta tiklandi!
Toshkent shahar Yoshlar Markazidagi "1197" hamda "1105" Call markaziga bugungi kunda 150dan ortiq koʻngilli yoshlar jalb qilindi.

RU: "1197" возобновили!
На сегодняшний день более 150 молодых добровольцев были привлечены в "Call center" "1197" и "1105" в Ташкентском молодежном центре.

Batafsil ma'lumot uchun / Для подробной информации 👉🏻 Poytaxt_yoshlari
​​🌏 Yoshlar migratsiyasi hamda uning huquqiy tartibi to'g'risidagi bilim va ko'nikmalaringizni oshirmoqchimisiz? Unda ushbu konferensiya aynan siz uchun!

🧑🏻‍💻22-iyul, soat 14:00 da
Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT), O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “O’zbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasi tartibga solish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi o'tkazilmoqda.

📣 Konferensiya maqsadi - yoshlar migratsiyasi sohasidagi mavjud muammolarni yaxshilash va hal qilish, kelgusi chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, ularni huquqiy tartibga solish istiqbollarini muhokama qilish.

🔸Konferensiya davomida yoshlar migratsiyasining hozirgi tendensiyalari, xavf - xatarlar tahlili, salbiy oqibatlarini minimallashtirish va huquqiy tartibi shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining xavfsiz va boshqariladigan yoshlar migratsiyasini ta'minlashdagi roli to'g'risidagi masalalar muhokama qilinadi.

🔹Konferensiya rus va ingliz tillarida olib boriladi. Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri (sinxron) tarjima xizmatidan foydalanish imkoni ham mavjud.

Quyidagi havola orqali 18-iyulga qadar ro'yxatdan o'tishingiz mumkin👉🏻Ro'yxatdan o'tish

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🔸Toshkent shahar hokimligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida pandemiya sharoitida aholining ehtiyojmand qatlamiga oziq-ovqat va kundalik zarur mahsulotlar yetkazib berish maqsadida 1197 qisqa raqamli qo'ng'iroqlar markazi faoliyati qayta tiklandi.

🔹Homiylik yordamlarini muvofiqlashtirish markazida hozirda 30 nafar ko'ngilli yoshlar operator sifatida faoliyat yuritmoqdalar.

📞Shuningdek, COVID-19 kasalligidan davolanayotgan va uy karantiniga olingan yurtdoshlarimizga tezkor va aniq axborot berish maqsadida 1105 qisqa raqami Call-markaz ham o'z faoliyatini boshladi. MAzkur markazda jami 40 nafar malakali mutaxassislar va shifokorlar qo'ng'iroqlarni qabul qilmoqdalar.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor majlisi o‘tkazdi.

E’tiboringizni quyidagi raqamlarga qaratamiz:

O‘zbekistonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar, 834 ming nafari esa xotin-qizlardir.

🏫 2020-yilda umumtaʼlim maktablarini 452 ming o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy taʼlim, 85 mingi professional taʼlimga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

🔹 Navbatdagi o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy taʼlimga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.

📚 Buning uchun 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf oʼquvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qoʼyiladi.

📌 2020-yil oxirigacha mahallalarda 136 ta kasb-hunar o‘qitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etib, 31 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlarini jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi. Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 200 milliard so‘m ajratish, o‘quv kurslarini, avvalo, kambag‘allik eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.

💼 Yil yakunigacha yoshlarning 360 milliard soʼmlik 2 ming 200 ta loyihasini amalga oshirish orqali kamida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi taʼkidlandi.

👋🏻 Yoshlar uchun yana bir muhim yangilik – Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fond tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi.

🚀 Shuningdek, startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali joriy yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 milliondan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi. Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi.

#YoshlarVaIsh #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
​​❗️ “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” fotosuratlar tanlovida ishtirok eting!

🇺🇳BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” fotosuratlar tanlovini e’lon qiladi.

📸Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!

💻Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:
1-oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
2- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
3- oʻrin – Smartfon va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;
4-oʻrindan – 10 oʻringa qadar esdalik uchun sovgʻalar.

📎 Ijodiy ishlar 2020-yil 25-iyulga qadar [email protected] elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.

🔉G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.

📌Tanlov haqida batafsil ma'lumotlarni +998993731006 raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Aksiya: Coursera onlayn taʼlim platformasida bepul kurslar!

IT Park, IT Markaz, IT Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda ayni damda ishsiz qolganlar uchun super aksiyani yoʻlga qoʻymoqda.

Coursera
– bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

💡 Aksiya ishtirokchilari uch oylik kurs davomida xalqaro darajadagi bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

Yoʻnalishlar:
– Biznes
– Kompyuter fani
– Maʼlumotlar haqidagi fan
– Tillarni oʻrganish

Roʻyxatdan oʻting va karantin davrida yangi bilimlarni oʻrganish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

➡️ Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/PeZoK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UZ: "1197"da poytaxt yoshlari faol!
Poytaxt yoshlari koronavirusga qarshi kurashishda befarq emas.
Toshkent shahridagi Xayriyalarni muvofiqlashtirish markaziga bugungi kunda 100dan ortiq koʻngilli yoshlar jalb qilindi.

RU: Молодежь столицы активны в "1197"
Молодежь столицы неравнодушна в борьбе с коронавирусом. На сегодняшний день более 100 молодых добровольцев были привлечены в Единый Координационный центр благотворительности Ташкенте.

Batafsil ma'lumot uchun / Для подробной информации 👉🏻 Poytaxt_yoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Yosh bolalarim bor, meva ham olib kelib beringlar…
- Iloji bo‘lsa bir quti sigaret ham…
- Uy xayvonlari uchun ham ozuqa “zakaz” bersak bo‘ladimi?
- Mol go‘shtimi, qo‘y go‘shtimi?...
Yuqorida so‘ralayotgan narsalarsiz ham, hayot kechirish mumkin!

Liniyani behuda band qilmang! Iltimos, kim uchundir o‘ta muhim bo‘lgan vaqtni bekorga sarflamang!
(2020 yil 14-iyul kunidan boshlab "1197" Call markazi qayta faoliyatini boshlaganini eslatib o‘tamiz)

Kanalimizga a'zo bo‘lishni unutmang
☺️
👉🏻 Poytaxt_yoshlari
🧑🏻‍🌾Yosh fermerlar, foydali va qiziqarli ma'lumotlar olishga shoshiling!

🇩🇪Germaniyada qishloq xo'jaligini rivojlanishiga va fermerlarning yuqori daromad olishlariga sabab bo'layotgan tizimlardan birida ishlovchi hamyurtimiz Uchqun Abdullayev bilan suhbatimiz boshlandi.

Mavzu: "Fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatishda Germaniya tajribasi"

Marhamat, hoziroq jonli efirga ulaning:
👉 https://youtu.be/K6GZoR4tIGc

Yosh fermerlar kanaliga obuna bo'ling!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
​​❗️ “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida maqolalar tanlovida ishtirok eting!

🇺🇳BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

📝Tanlovda ishtirok eting, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!

📱Gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar orqali aniqlanadilar:
“Eng professional maqola” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar
“Eng ilmiy-tahliliy maqola” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar
“Eng yosh muallif” - Smartfon va qimmatbaho sovg'alar

📎2020-yil 18-iyuldan 28-iyulga qadar [email protected] elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.

📜Maqolalar internet saytlari yoki gazeta va jurnallarda chop etilgan bo'lishi shart!

🔉G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.

📌Tanlov haqida batafsil ma'lumotlarni +998993731006 raqami orqali olishingiz mumkin

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🏫Surxondaryolik yoshlar homiylik va xayriyalarni muvofiqlashtirish markazida faoliyat yuritishmoqda!

🔸Karantin paytida viloyatdagi ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish, zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida "Homiylik va xayriyalarni muvofiqlashtirish markaz"lari qayta ishga tushdi. Barcha shahar va tumanlarda ishonch telefonlari faoliyat yuritishni boshladi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi hozirgi vaziyatda hamyurtlari uchun bor kuch-g'ayrati bilan faoliyat yuritayotgan yoshlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
📞Bir guruh ko'ngilli yoshlar call-markazda faoliyat yuritishmoqda!

🔸Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz orasida yoshlarning ham borligi quvonarli hol. Aynan shunday tashabbuskor, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashining ko'ngilli yoshlaridan iborat jamoa hozirda viloyatda tashkil etilgan call-markazda ish olib bormoqdalar.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi aholi murojaatlarini qabul qilish va zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda ko'maklashayotgan yosh jonkuyarlarga kuch-g'ayrat tilaydi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram