Yoshlar ishlari agentligi
192K subscribers
10.7K photos
2K videos
7 files
4.81K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Besh tashabbus olimpiadasi: Andijonda Street workout musobaqasi o‘tkazildi

Andijon viloyati Asaka tumani Yuksalish MFY da "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 16-30 yoshli o'smirlar o'rtasida sportning "Street Workout" turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

#beshtashabbus

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍443🤯2👌21
Ta’lim eko-oromgohlarining asosiy vazifasi nima?

🌴 Yoshlarning ekologik xabardorligini oshirish muhim. Bu muhimlilik Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoroda o‘tgan ta’lim eko-oromgohlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi.

Ularda jami 700 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi va 1 980 nafari onlayn ulandi.

"Zamin" fondining xalqaro "Eco-schools" oilasiga Ekofaol yosh sifatida qo‘shiling!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍313
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi”ga start berilmoqda.

Xabaringiz bor, o'tgan yildan boshlab mamlakatimizda ilk marotaba mahallalardagi 16-30 yosh nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda.

🏆 Paralimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• para yengil atletika;
• para shaxmat va shashka;
• para stol tennisi;
• kibersport bo‘yicha musobaqalarida ishtirok eting.

Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34👏54
Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

- Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi O‘zbekistonni qanday barpo qilamiz? – dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

O‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi. O‘tgan yilning o‘zida:

- yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so‘m kredit ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushdi, 325 mingta ish o‘rni yaratildi;

- 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi taʼminlandi;

- 32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya ajratilib, ularga asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏195🥱52
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

- 130 ming
talaba yoshlarga 1,7 trillion so‘m taʼlim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘ldi;

- 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘landi;

- 81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berildi;

- 13 ming yoshlarga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajati to‘lab berildi;

- “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan, ayrim hokimlar va vazirlar yoshlar masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmayotgani, ayniqsa Termiz shahri, Chiroqchi, Kasbi, Urgut, Sherobod, Angor, Uzun, Muzrabot, Amudaryo, Dehqonobod, Oltinsoy, Sharof Rashidov, Asaka, Qamashi, Taxiatosh va Peshku tumanlarida yoshlarning bandligini taʼminlash oqsayotgani tanqid qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😱5👏4
Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi taʼkidlandi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi taʼkidlandi.

Bunda:
- yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;

- davlatning g‘amxo‘rligi va eʼtiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33😱4🌚2👏1
Davlatimiz rahbari uchinchi toifaga batafsil to‘xtaldi.

116 ming nafar
yoshlarning nogironligi bo‘lsa, 30 mingtasida surunkali kasalliklar borligi, 32 ming nafar yoshlar profilaktika, 16 ming nafari probatsiya nazoratida, 9 ming nafari muntazam dars qoldirishini maʼlum qildi.

Har bir vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga uchinchi toifadagi 50 nafardan eʼtiborga muhtoj yoshlar nomma-nom biriktirilishi belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar asosiy eʼtiborini “o‘rta” toifaga kirgan 4,6 million yoshlar bilan ishlashga qaratishi lozimligi taʼkidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29😱2
Yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

O‘tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o‘qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional taʼlimda ham, o‘tgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bo‘lsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.

Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmog‘idagi kasblarga malaka talabini o‘zi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga o‘rta maxsus, 30 foiziga oliy maʼlumot talab etiladigan tizim bo‘lishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida o‘zining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga eʼlon qilishi va yil yakunida natijalari bo‘yicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍354🐳3😱21
2021-yilda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Bundan 9 mingdan ziyod korxona foydalandi, ularga 150 milliard so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarildi, 100 ming yoshlar bandligi taʼminlandi. Shu bois, ushbu tajribani yana 2 yilga uzaytirishga qaror qilindi.

1 iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.

Yoshlar o‘rtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yo‘nalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qo‘llanadi.

Bu maqsadlar uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi g‘oya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur bo‘lsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25😱4
Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatish tizimi ham o‘zgarishi maʼlum qilindi.

Bu jamg‘arma yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini taʼminlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:

- endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;

- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24😱2
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

Chet tilini o‘qitishga eʼtibor tufayli xususiy til markazlari soni 6 mingdan ortdi. Bugungi kunda 1,5 million yoshlarimiz bo‘sh vaqtini chet tilini o‘rganishga bag‘ishlamoqda.

Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shug‘ullanishga qiziqishi, bo‘sh vaqtini kibersport bilan o‘tkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino bo‘yicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini so‘ragan.

Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi.

Bu joylarda kibersport, sport va intellektual o‘yingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa ko‘ngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Istirohat bog‘lari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va ko‘ngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3432❤‍🔥1😱1