Shu bois, Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi.
Yig‘ilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
"Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?
Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.
Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?
Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz", - dedi davlatimiz rahbari.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari 2023-yildagi eng ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.
Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘p, keraksiz shtatlar bor. Markazlashuv yuqori. Oqibatda, bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.
Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, “ovozi yo‘q”. Ya’ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas.
Prezident shuning uchun yangi ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.
Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘p, keraksiz shtatlar bor. Markazlashuv yuqori. Oqibatda, bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.
Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, “ovozi yo‘q”. Ya’ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas.
Prezident shuning uchun yangi ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan ushbu islohot doirasida:
- Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan o‘zgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi;
- har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoq tarkibidagi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi;
- ko‘p vazirlar o‘zgaradi. O‘z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo‘layotgan vazirlar lavozimida qoladi;
- davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi.

Davlatimiz rahbari ma’muriy islohotlarning yana bir qator jihatlarini ochiqladi: Xususan:
- vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib o‘zi javob beradi;
- vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi;
- vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi;
- qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi;
- ma’muriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
- vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib o‘zi javob beradi;
- vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi;
- vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi;
- qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi;
- ma’muriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident yana bir muhim tashabbusni ilgari surdi.
Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi. Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, ta’lim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazish taklif qilindi.

"Biz Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilayapmiz. Buni Konstitusiyada mustahkamlashimiz kerak.
Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir", - dedi davlat rahbari.
Birinchi navbatda, e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investisiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi.
O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitusiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.
Kelasi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir", - dedi davlat rahbari.
Birinchi navbatda, e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investisiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi.
O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitusiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.
Kelasi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident ta’kidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim.
O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Shu bois, 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investisiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Shu bois, 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 tasi kengaytiriladi. Xususiy investisiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning soni 1 mingtaga yetkaziladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti kelasi o‘quv yilidan ushbu qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi.
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi.
Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.
"Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz", - dedi Prezident.
Bog‘chalar sonini ko‘paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog‘cha qamrovini kengaytirish bo‘yicha xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi.
Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.
"Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz", - dedi Prezident.
Bog‘chalar sonini ko‘paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog‘cha qamrovini kengaytirish bo‘yicha xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.
Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablag‘lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtiriladi.
Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Sog‘lom ovqatlanish rasioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o‘rgatish ishlari yo‘qligi ta’kidlandi.
Shu bois, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablag‘lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtiriladi.
Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Sog‘lom ovqatlanish rasioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o‘rgatish ishlari yo‘qligi ta’kidlandi.
Shu bois, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz keyingi yili qo‘shimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.
Barcha tug‘ruq komplekslari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.
Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz (bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor).
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.
Barcha tug‘ruq komplekslari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi, o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.
Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz (bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor).
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘onidir.
Shuning uchun ham bundan buyon davlat investisiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi, dedi Prezident.
Avvalambor, 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yo‘l, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar ko‘p, ya’ni 8 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Buning uchun 1 yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qoladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Shuning uchun ham bundan buyon davlat investisiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi, dedi Prezident.
Avvalambor, 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yo‘l, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar ko‘p, ya’ni 8 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Buning uchun 1 yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qoladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Konstitusiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi yangi moddalarni kiritish lozimligini ta’kidladi.
Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.
Kelasi yilda Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.
Dastur doirasida, birinchi navbatda, turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.
Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.
Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.
Kelasi yilda Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.
Dastur doirasida, birinchi navbatda, turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.
Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.
Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7 ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi.
Hududlarda ham yo‘lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitusiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
So‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘p ish qilingani, shu bilan birga, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotgani ta’kidlandi.
"Nima uchun, haligacha davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni “elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?", - deya savol qo‘ydi Pezident va tez kunlarda ushbu tizimning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlashni topshirdi.
Qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratiladi.
Eng avvalo, odamlarning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham beriladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
So‘nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o‘rnatish bo‘yicha ko‘p ish qilingani, shu bilan birga, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotgani ta’kidlandi.
"Nima uchun, haligacha davlat hisobidan bepul ta’minlanadigan advokatlarni “elektron tanlash” tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?", - deya savol qo‘ydi Pezident va tez kunlarda ushbu tizimning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlashni topshirdi.
Qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o‘rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratiladi.
Eng avvalo, odamlarning joylarda sudma-sud sarson bo‘lib yurishlariga barham beriladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tizim doirasida:
- tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga o‘tkaziladi;
- tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi;
- sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi;
- odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi;
- sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.
- ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi.

Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi.
"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.
Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.
Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi.
O‘zbekistonda mulk va investisiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.
Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.
Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi.
O‘zbekistonda mulk va investisiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz eng dolzarb muammo bo‘lgan korrupsiya masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
"O‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.
Davlatimiz rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini ta’kidladi.
Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha bo‘shliqlarga barham berilishi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
"O‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.
Davlatimiz rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini ta’kidladi.
Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha bo‘shliqlarga barham berilishi ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Murojaatnomada ekologiya, ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida so‘z yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham o‘ylashimiz shartligi qayd etildi.
Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi bo‘yicha qo‘shni Afg‘onistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro meʼyorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi taʼkidladi.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligi tizimi isloh qilinishi taʼkidlandi.
"Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak", - dedi Prezident.
Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi bo‘yicha qo‘shni Afg‘onistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro meʼyorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi taʼkidladi.
Mamlakatimizda suv xo‘jaligi tizimi isloh qilinishi taʼkidlandi.
"Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak", - dedi Prezident.
Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo‘yicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligida islohotlar qat’iy davom ettiriladi.
Shu yilning o‘zida 100 ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun bo‘lib berildi. Buning hisobidan 1,5 million tonna qo‘shimcha oziq-ovqat yetishtirildi. Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo‘jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band bo‘lib, daromad olayapti.
Shu bois, 2023 yilda ham suv ta’minoti yaxshi 100 ming gektar qo‘shimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi.
Kooperasiya faol qo‘llab-quvvatlanadi, kichik va o‘rta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.
Umuman, agrar sohada yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard dollar ajratiladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ixcham, samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish vaqti kelganini taʼkidladi
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Birinchi navbatda, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.
Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi.
Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensasiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi.
Biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Jumladan, 1 yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qoladi.
Ilg‘or tajribalar asosida soliq va bojxona ma’murchiligi jiddiy isloh qilinadi.