Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.85K photos
1.7K videos
7 files
4.16K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"A’lo ta’til" loyihasi a'lo darajada o‘tmoqda!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va "Kamalak"bolalar tashkiloti hamkorligida Sardorlar va iqtidorli bolalar ishtirokida "A’lo ta’til" bolalar oromgohi o‘tkazilmoqda.

Loyihaning birinchi kunida ishtirokchilar uchun sport musobaqalari, madaniy tadbirlar, malakali mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

Bundan tashqari, o‘quvchi yoshlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, “Men ham vazir bo‘laman” loyihasi doirasida vazirlik, idoralar rahbarlari bilan, shuningdek muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan motivatsion uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

#Alotatil #Sardorlar #Oquvchilar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Bugun soat 15:30da(Toshkent vaqti bilan) Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev BMT Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Barqaror rivojlanish forumida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zlaydi.

Ushbu jarayonni Facebook orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin:
👉https://fb.watch/c1j8W9l4IG/

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo'lib o'tayotgan volontyorlar forumidagi bizning chiqishimiz boshlandi. Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Jonli efir: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Ўзбекистон ёшлар делегацияси Aлишер Саъдуллаев бошчилигида илк марта волонтёрлар форумида иштирок этмоқда

👉 https://kun.uz/50227462

Kun.uz расмий канали
"Yoshlar ovozi" gazetasi yangi talqinda!

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy nashri, yosh qahramonlar, yoshlar va yoshlar yetakchilariga oid foydali maslahatlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning barchasi "Yoshlar ovozi" gazetasida jamlangan.

"Yoshlar ovozi"ning yangi talqindagi sonlarini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

"Yoshlar ovozi" yangicha ko‘rinishda chop etilmoqda va Telegram kanali ham faoliyatini boshladi.

👁 Siz ham kuzatib boring: @yoshlarovozi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
3 kun davom etgan "A'lo ta'til" loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi!

Sardorlar va iqtidorli bolalar ishtirokida tashkil etilgan "A’lo ta’til" loyihasida sport musobaqalari, madaniy tadbirlar, "Trash Zero" ekoaksiyasi, "Zakovat" intellektual o‘yinlari va malakali mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

💐 Loyiha so‘ngida tantanali yopilish marosimi o‘tkazilib, unda loyiha davomida faol ishtirok etgan sardor va o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.

🤝 Ayniqsa xayrlashuv marosimida ishtirokchilarga tashkil etilgan do‘stlik bog‘ichlari barcha ichtirokchilar xotirasida unutilmas onlarga aylandi!

#alotatil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalariga start berildi

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha DXX Raisi kubogi quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

I bosqich — tuman saralash musobaqalari 2022-yilning aprel-may oylarida;

II bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida;

III bosqich — respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi.

Mahalladagi futbolga qiziqadigan yoshlar uchun zo‘r imkoniyat. Mahallada yoshlar yetakchisi boshchiligida jamoangizni shakllantirib, albatta, ishtirok eting!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Ayni damda Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Madaniyat vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlarini tashkil etish yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Matbuot anjumanini jonli tarzda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining bu yilgi bosqichi boʻyicha yoshlardan kelgan eng ko‘p savollarga javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Savollarga javoblar: https://bit.ly/3Nr2UL4

Eslatib o‘tamiz, tanlovda g‘olib boʻlgan iste’dodli yoshlar: 1-o'rin 50 mln soʻm, 2-oʻrin 30 mln soʻm, 3-oʻrin 20 mln soʻm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 mln soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, 2021-yilgi festivaldagi yoshlarning chiqishlarini ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin. “Boʻzatov FEST” bo‘yicha @YoshOvozBot Telegram boti orqali tanlovga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

#repost

@alisher_sadullaev