Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to'ldi!

🇺🇿 O'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy - 1441-yil Hirot shahrida tug'ilgan.

Navoiy o'z ijodi, asarlari orqali o'zbek(chig'atoy) adabiyotini yangi bosqichga ko'tarib, xalqning madaniy va ilmiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan.

✍️ Yillar o'tsada shoir qoldirgan ulkan merosi doimo yuksak e'tirof etilib, avlodlari qalbida mangu yashaydi!

#AlisherNavoiy581

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Aziz talaba, Aziz tashabbuskor budjetchi!

Tashabbuskor budjet elchisi bo‘ling, Siz va yaqinlaringiz yashab turgan hududga o‘zgartirish kiritilishida munosib hissa qo‘shing!

Barchasi juda oson:
1.
“Ochiq budjet” portalida ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovchi ustunda talaba ekanligingizni ko‘rsatishni unutmang)
2. O‘z tashabbusingizni turli ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtiring va fuqarolar, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz orqali birgalikda eng ko‘p ovoz to‘plang.

Talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalar orasidan eng ko‘p ovoz to‘plagan Top 50 ta loyiha saralanib olinadi va aynan shu loyiha mualliflari ilk “Tashabbuskor budjet elchilari” bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘ting, hududingizda mavjud muammoni hal eting va ajoyib sovrinlarga ega bo‘ling!

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Diqqat! Diqqat❗️

"Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

🤝 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ulug‘bek» jamg‘armasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun "Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanlovi e’lon qilinadi.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida
yoshlardan:

✔️O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi;
✔️Aniq bir g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lishi;
✔️IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi;
✔️Turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo‘lishi talab etiladi.

Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda bolib otadi;

📥 Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ushbu havola yoki 👉 @vorislar_tanlovi_bot'i orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

BATAFSIL

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlariga seminar-trening tashkil etildi

Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi hamkorligida “Yoshlar ijod saroyi”da Toshkent shahridagi hamda “Zoom” platformasi orqali respublikamiz bo‘ylab ishtirok etgan Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari uchun tashkil etilgan seminar-trening ularning kelgusi faoliyatlari uchun yangi tajribalar keltirdi.

Seminarda prorektorlarga treninglar o‘tish bilan birgalikda Oliy ta’lim muassasalarini mahallalarga biriktirish va mahalladagi yoshlar yetakchilarini har bir talabaga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash hamda ta’lim muassasalarining yoshlarni sifatli ta’lim olishi va yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirish har bir ishni mahalladan boshlash vazifalari muhokama qilindi.

#seminar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🔄 Ota-onalar o‘z farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish huquqiga ega.

📝 Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish sabablarini ko‘rsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

Direktor arizani olgan kundan bir ish kunida ko‘rib chiqadi va o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.

☑️ Sinfdagi o‘quvchilar soni meʼyordan (35 nafar) ortiq bo‘lganda, direktor o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazishni rad qilishi mumkin.

📌 Rad etish haqida direktor uch kunda ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilishi kerak.

📋 Direktorning o‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

#huquqiyyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Polkovnik Yuldashev Otabek Alimovich
- O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Otabek Alimovich shu vaqtga qadar Yoshlar ishlari agentligi bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Otabek Alimovichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovining Andijon va Surxondaryo viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi

📚 Andijon va Surxondaryo viloyati o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Andijon viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Muhammadjonov Abdumutallib
• 15-19 yosh - Neʼmatullayeva Dilnavoz
• 20-30 yosh - Komilova Xurshida

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Normurodov Diyorbek
• 15-19 yosh - Salomova Guljamol
• 20-30 yosh - Choriyev Sirojiddin

#yoshkitobxon #Andijon #Surxondaryo

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yaqinda Sirdaryo tumani, Hikmatli mahallasiga borgan edik. Mahalla tumanning chekka hududlaridan biri ekan. Yoshlar yetakchisi Tursunqul Husanov bilan kechroq keyin zakovat o’yinini ko’rgani bordik. U joylarda ochiq katta bino deyarli yo’q, faqat qishda isitish qiyin bo’lgan bir to’yxona bor ekan. Yoshlar shu joyda yig’ilib “Zakovat” o’ynashayotgan ekan. Shunchaki havaskorlar, lekin atmosfera zo’r edi. “Liderlar” kitobi muallifi Otabek Hasanov ham biz bilan edilar. Shunda ko’zi chaqnab turgan yoshlarga professional atmosfera yaratishni niyat qildik. Mana bugun hali oy bo’lgani yo’q ular, Bo’stonliq tumanida “Zakovat” NNT asoschisi Abdurasul akaning shaxsan o’zlari qo’l ostida bellashdilar. Oromgohda haqiqiy qish kayfiyati, qor esa tizza barobar! Bolalarning ko’zlarida jo’shqinlik, ulkan taassurotlarni ko’rdim. Ilk bor bilim ortidan uylarida pul ham olib borishadigan bo’lishdi.

@alisher_sadullaev