Yoshlar ishlari agentligi
70.8K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
​​#Bilasizmi

🎓 Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15 yanvardan 25 yanvarga qadar davom etadi.

🗓 Arizalar 25 yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

📝 Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos taʼlim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin.

💰O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🔰 Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Poliglot yoshlar uchun yangi imkoniyatlar! (1-qism)

2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari
bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot bergandim.

2022-yil, 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Batafsil ma’lumot.

Читать на русском

@alisher_sadullaev
⚡️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi

Talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
❗️Bugun soat 19:00da "Yosh kitobxon" tanlovi yuzasidan ovozli suhbat bo‘lib o‘tadi

Ushbu suhbatda Siz tanlov yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga ekspertlar tomonidan javob olishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun havola:
👉 https://t.iss.one/yoshkitobxonuz?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi pinned «❗️Bugun soat 19:00da "Yosh kitobxon" tanlovi yuzasidan ovozli suhbat bo‘lib o‘tadi Ushbu suhbatda Siz tanlov yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga ekspertlar tomonidan javob olishingiz mumkin. Ishtirok etish uchun havola: 👉 https://t.iss.one/yos…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Millionlab kitobxonlarni o‘zida jamlay olgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovining saralash bosqichi o‘z yakuniga yetib, hududiy bosqichga start berilmoqda ❗️

🗓 25-yanvardan to 13-fevralga qadar respublikamizning 14 ta hududlarida:

• 25-26-yanvar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyati;
• 28-29-yanvar - Xorazm va Sirdaryo viloyati;
• 31-yanvar – 1-fevral - Buxoro va Toshkent viloyati;
• 3-4-fevral - Navoiy viloyati va Toshkent shahri;
• 6-7-fevral - Samarqand va Farg‘ona viloyati;
• 9-10 fevral - Surxondaryo va Andijon viloyati;
• 12-13 fevral - Qashqadaryo va Namangan viloyatida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

📚 Aziz kitobxonlar, tanlovda faol ishtirok etib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oling va Prezident sovg‘asi - “Spark” avtomobili sohibiga aylanish imkonini qo‘lga kiriting!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Qadrli Prokuratura organlari xodimlari!

🤝 Sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlar ustuvorligini taʼminlash, shuningdek, jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha mas'uliyatli ishlaringizda Sizga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yaqin kunlarda zakovat, chet tillari bilimdonlari, ijtimoiy tarmoqlarda bilim olishga rag’batlantiruvchi blog yuritadigan yoshlar va ijtimoiy loyihalarga qiziquvchilar uchun qishki oromgohlarimiz boshlanadi!

❄️🏕🏔 Yoshlar oromgohi sizlarni har doimgidan ham ko’proq kutmoqda!

@alisher_sadullaev
Maktab o‘quvchilari uchun ham qishqi taʼtil uzaytiriladi

Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi - yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini maʼlum qiladi.

Taʼtil kunlari davomida, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq taʼlimining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔥 "Qizlar ovozi"maktabidan Yangi loyiha!

Qadrli obunachilar, "Qizlar ovozi" yangi yilda Sizlar uchun bir qator yangi loyihalarni taqdim etadi!

Endilikda haftaning har chorshanba kuni eng qiziq va muhokamaga boy mavzularda mutaxassislar bilan ovozli suhbat tashkil qilinadi.

Bugun soat 20:00 da O'zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruv a'zosi Shoira Isakova bilan "Oilada qiz farzandning tarbiyasi, o'smirlik davridagi krizis holatlari" mavzusida "Qizlar ovozi"ning telegram kanalida bo‘lib o‘tadi ovozli suhbatga taklif qilamiz.

Ovozli suhbatda ishtirok etish uchun havola:👉 https://t.iss.one/Qizlar_ovozi_rasmiy?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati tomonidan 2021-yilda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

👁 Youtube orqali ko‘rish

📚 Matn orqali o‘qish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Jonajon yurtimizning qadrli mard o'g'lonlari!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizlarni "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan mustaqilligimizni asrash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz.

💐 Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizga doimo yor bo‘lsin!

#14yanvar #Vatanhimoyachilarikuni

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Mahallalarda harbiy - vatanparvarlik tadbirlari o'tkazilmoqda!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan, respublikamizdagi barcha mahallalarda yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ko'chama-ko'cha sport musobaqalari, turli intellektual o'yinlar, "Qo'mondon va yoshlar"
uchrashuvi, rasmlar tanlovi va boshqa harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

Suratda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi Beshqayrog'oz mahallasida o'tkazilgan tadbirlar aks ettirilgan

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Xalq ta'limi vazirligi binosida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi vakillari ishtirokida o'zaro hamkorlikda ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar uchun onlayn ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn ochiq muloqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar o‘zlari uchun dolzarb bo'lgan:

• Xorijiy tillarni o'rganishdan nima foyda?
• O'quvchi-yoshlar uchun xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijani qo'lga kiritsa qanday imtiyozlar bor?
• Qishki ta'tilda nima bilan shug'illansam bo'ladi? kabi savollarga javob olishdi.

#Xalqtalimi #hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi