Yoshlar ishlari agentligi
71.6K subscribers
9.71K photos
1.68K videos
7 files
4.07K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Ёшлар ва хотин-қизлар бандлигини таъминлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Мактаб ўқувчиларини касбга ўқитиш муҳимлиги таъкидланди. Маҳаллаларда 136 та касб-ҳунар ўқитиш маскани, қисқа муддатли касб-ҳунарга ўқитиш курслари ташкил этилади.
Тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш давлат жамғармаси қошида венчур фонд ташкил этилиши белгиланди.
Хотин-қизларни иш билан таъминлаш, ижтимоий шароитларини яхшилаш масалаларига ҳам эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам обеспечения занятости молодежи и женщин.
Подчеркнута важность профессионального обучения в школе. В махаллях будут организованы 136 центров и краткосрочные курсы профобучения.
Принято решение организовать венчурный фонд при Государственном фонде поддержки предпринимательской деятельности.
Уделено внимание вопросам обеспечения женщин работой, улучшения их социальных условий.

#Mirziyoyev #videoselektor #kasbiytalim #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor majlisi o‘tkazdi.

E’tiboringizni quyidagi raqamlarga qaratamiz:

O‘zbekistonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar, 834 ming nafari esa xotin-qizlardir.

🏫 2020-yilda umumtaʼlim maktablarini 452 ming o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy taʼlim, 85 mingi professional taʼlimga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

🔹 Navbatdagi o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy taʼlimga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.

📚 Buning uchun 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf oʼquvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qoʼyiladi.

📌 2020-yil oxirigacha mahallalarda 136 ta kasb-hunar o‘qitish maskani, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etib, 31 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlarini jihozlash bo‘yicha topshiriq berildi. Bu maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 200 milliard so‘m ajratish, o‘quv kurslarini, avvalo, kambag‘allik eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.

💼 Yil yakunigacha yoshlarning 360 milliard soʼmlik 2 ming 200 ta loyihasini amalga oshirish orqali kamida 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi taʼkidlandi.

👋🏻 Yoshlar uchun yana bir muhim yangilik – Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi qoshida Venchur fond tashkil etilishi belgilandi. Ushbu jamg‘armaga dastlab 1 million dollar yo‘naltiriladi.

🚀 Shuningdek, startap loyihalar tanlovini tashkil etish orqali joriy yilda har bir viloyatda kamida 10 ta, kelgusi yildan boshlab yiliga kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 milliondan 200 million so‘mgacha grant ajratiladi. Bundan tashqari, quduq qazish, sug‘orish vositalari xarid qilish, issiqxona o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun yoshlarga subsidiyalar beriladi.

#YoshlarVaIsh #Yoshlar

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Yosh bolalarim bor, meva ham olib kelib beringlar…
- Iloji bo‘lsa bir quti sigaret ham…
- Uy xayvonlari uchun ham ozuqa “zakaz” bersak bo‘ladimi?
- Mol go‘shtimi, qo‘y go‘shtimi?...
Yuqorida so‘ralayotgan narsalarsiz ham, hayot kechirish mumkin!

Liniyani behuda band qilmang! Iltimos, kim uchundir o‘ta muhim bo‘lgan vaqtni bekorga sarflamang!

(2020 yil 14-iyul kunidan boshlab "1197" Call markazi qayta faoliyatini boshlaganini eslatib o‘tamiz)

Ijtimoiy rolik Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati tomonidan tayyorlandi.

https://t.iss.one/yoshlaragentligi
💪🏻🔥Hamyurtlarimiz Xalqaro olimpiadada kuchli uchlikka kirishdi!

🔸Butun dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni inobatga olib 54-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 13-18-iyul kunlari onlayn (masofaviy) tarzda o‘tkazildi. Olimpiadada Avstriya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Makedoniya, Armaniston, Isroil, Belorusiya, Vengriya, Bolgariya, Suriya, Gruziya, Latviya, Eron, Qozog‘iston, Estoniya, Qirg‘iziston, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Litva, Turkiya, Rossiya kabi dunyoning 27 mamlakati jamoalari masofadan ishtirok etdi.

🏅Yurtimiz sharafini himoya qilgan yoshlar umumjamoa hisobida bronza medalni qo'lga kiritdilar. Xususan Mirumid Mirakbarov oltin medal, Firdavs Sobirov, Dilshodaxon Isayeva, Akobir Narzullayev, Rustam To'xtaboyev, Sobirjon Omonovlar bronza medallarni qo'lga kiritdilar.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi tanlovning barcha g'oliblarini tabriklaydi, ularga omad va zafarlar tilaydi!

Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sahifalari👇
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida 1197 qisqa raqamli call markazi bo‘yicha shu kungacha:

- 2634 ta murojaat qabul qilindi;
- 1829 ta oilaga yordam ko‘rsatildi.

Sinovli kunlarda beminnat yordam ko‘rsatayotgan volontyor yoshlarimizga tashakkur bildiramiz!

Manba

Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sahifalari👇
Telegram|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yurtimizda “Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazlari” faoliyati davom etmoqda.

🔹Poytaxtimiz Toshkentdagi 1197 qisqa raqamli Call-Markazda hozirda 60 nafar ko’ngilli yosh (volontyor) qo’ng’iroqlarga javob bermoqdalar.

🔹55 nafar ko’ngilli yosh mahsulotlarni tumanlarga ajratib, qadoqlash ishlari bilan band.

🔹22 nafar volontyor birlamchi mahsulotlarni xonadonlarga tarqatmoqdalar.

🔹Shu kunga qadar jami 12 519 nafar oilaga 156 500 kg oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

🔹Sinovli kunlarda beminnat yordam ko‘rsatayotgan Toshkent shahar hokimligi va volontyor yoshlarimizga tashakkur bildiramiz!

Yoshlar ishlari agentligi
Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda “Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi” faoliyati davom etmoqda.

🔹1197 qisqa raqamli Call-Markazda hozirda 30 nafar ko’ngilli yosh (volontyorlar) qo’ng’iroqlarga javob bermoqdalar.

🔹60 nafar ko’ngilli yosh mahsulotlarni tumanlarga ajratib, qadoqlash ishlari bilan band.

🔹30 nafar volontyor birlamchi mahsulotlarni xonadonlarga tarqatmoqdalar.

🔹Shu kunga qadar jami 3200 ta oilaga 60 000 kg oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Sinovli kunlarda beminnat yordam ko‘rsatayotgan Namangan viloyati hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi va volontyor yoshlarimizga tashakkur bildiramiz!

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati aholisi xayriyalarni muvofiqlashtiruvchi markazlarga 1197 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Yoshlar ishlari agentligi
Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yaqinlaringiz hayoti sizning qo‘lingizda.

‼️Tez yordam xodimlari mehnatini hurmat qiling!!!

Yoshlar ishlari agentligi
Axborot xizmati

#ниқобтақинг
#масофасақланг

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

❗️Жизнь ваших родных в ваших руках.

‼️Уважайте работу сотрудников скорой помощи!!!

Пресс-служба
Агенства по делам молодежи

#ниқобтақинг
#масофасақланг

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook
🧑🏻‍💻Koronavirusga chalingan bemor bilan oxirgi 14 kun ichida aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor aniqlash va karantinga olishni samarali tashkil etishga yordam beruvchi "Birga Yengamiz" mobil ilovasi ishlab chiqildi.

📲 Mobil ilova yordamida ma’lumotlarni olish internet aloqasini talab qilmaydi, balki, mobil qurilmada Bluetooth aloqa kanali yordamida amalga oshiriladi. Mobil ilova telefondagi shaxsiy ma’lumotlarga daxl qilmaydi, ko‘chirib olmaydi va tarqatmaydi.

📎 Mobil ilovani Android va iOS tizimlari boshqaruvidagi barcha mobil telefonlarga o‘rnatish mumkin va foydalanish mutlaqo bepul.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Yoshlar ishlari agentligining ko'ngilli yoshlari xizmatga doimo shay!

Medikvolontyorlarimiz sizga tibbiy maslahatchi vazifasini bajarish va birlamchi tez yordam vazifasini ko'rsatish bel bog'ladilar.

Pandemiya davrida yoshlar har doimgidan ham faol!

Mazkur klinikalarga qo'ng'roq qilib, maslahat olishingiz mumkin.

Kanalimizga a'zo bo‘lishni unutmang
👉🏻https://t.iss.one/joinchat/AAAAAExR_POPBTlRkEsJwg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har kuni 50 ming murojaat — Toshkentdagi koll-markazdan reportaj

Kun.uz nashri 1197 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lishidan boshlab xayriya mahsulotlari o‘z egasiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib, qisqa lavha tayyorladi.

📞 Maʼlumotlar markazida yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga uzatiladi.

🏢Markaz kunlik ish faoliyati soat 9:00dan kech soat 18:00 orasida bo‘lib, shu vaqtda 50 nafar ko‘ngilli yosh qo‘ng‘iroqlarga javob bermoqda.

Har kuni Toshkent shahridan deyarli 50 ming atrofida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Qo‘ng‘iroq egalaridan kunlik 4–4.5 ming atrofida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlarga buyurtma olinadi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi orqali oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlar volontyorlik guruhlari yordamida oilalarga yetkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Yurtboshimiz!

Tavallud ayyomingiz Sizga va barchamizga muborak boʻlsin!

Sizga va oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik va xotirjamlik yor boʻlsin. Biz yoshlar sizni yaxshi koʻramiz, siz bilan gʻururlanamiz! Yoshligimiz haroratini, quvvatini yurtimizning gullab-yashnashiga, yanada rivojlanishiga bagʻishlashga tayyormiz!

Samimiyat ila,
sadoqatli farzandlaringiz

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram