Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.85K photos
1.7K videos
7 files
4.16K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝 Arizalar onlayn qabuli davom etmoqda!

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot👈 telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;

🔸Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2021-yil 10-noyabrdan 19-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi

Kuni kecha Edu.uz rasmiy kanalida 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan test sinovlari tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

DTM maʼlumotiga koʻra, 2021/2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❗️ Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

#talimyangiliklari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi hamda Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh hisobchisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 11-noyabr kuni soat 11:30 da tanlovning test bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Jarayonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida test bosqichi Agentlikning YouTube sahifasi orqali keng jamoatchilik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

👁 Mazkur havola orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!

🌿"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan respublikamiz bo'ylab mevali va manzarali daraxtlar ekish, mahallalar ozodaligini ta'minlashga qaratilgan Ekologik aksiya o'tkaziladi.

🤝 Sizda ham 10-noyabrdan oy so'ngiga qadar ezgulik elchilari qatorida bo'lish imkoni mavjud.

Hoziroq @Yashil_Makon_bot 👈orqali ro'yxatdan o'ting hamda aksiya ishtirokchisiga aylaning!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi xodimlari koronavirusga qarshi emlanganmi

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlaridan himoya qilish maqsadida tizimli emlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

💉🦠 Bugungi kunga kelib Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman/shahar bo‘limlarida jami 1 008 nafar xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 187 nafarini texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tashkil etadi.

Yurtimizdagi barcha davlat boshqaruvi organlari qatori Yoshlar ishlari agentligi ham tizim xodimlari o‘rtasida koronavirusga qarshi samarali kurashish maqsadida mamlakatimizda ruxsat berilgan vaksinalar bilan emlash choralarini amalga oshirmoqda.

Hozirga qadar Agentlik xodimlarining:

• 408 nafari
(40%) “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasi bilan;
• 329 nafari (33%) “Sputnik V” vaksinasi bilan;
• 182 nafari (18%) “Moderna” vaksinasi bilan emlandi.

Qolgan 89 nafar (9%) xodim vaksinaning birinchi bosqich dozasini qabul qilgan.

Biz vaksina oldik, Siz ham o‘zingiz va yaqinlaringiz kelajagi uchun masʼul ekanligingizni unutmang!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

🔸 Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2021-yil 11-noyabrdan 20-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Live stream scheduled for
“Ta’lim va kasb-2021” xalqaro ko‘rgazmasiga O‘zbekistonning 6 ta shahri mezbonlik qiladi!

Abituriyentlar Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Singapur, Koreya va boshqa ko‘plab mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarining rasmiy vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.

❗️ Ko'rgazma 12-24 noyabr kunlari bo'lib o'tadi:
• 12-13-noyabr Toshkent: International Hotel Tashkent (10:00-17:00)
• 15-noyabr Samarqand - “Yoshlar markazi”, (10:00-16:00)
• 17-noyabr Navoiy - “Yoshlar markazi”, (10:00 -16:00)
• 19-noyabr Buxoro - “Yoshlar markazi”, (10:00-16:00)
• 22-noyabr Urganch - “Yoshlar markazi”, (10:00-16:00)
• 24-noyabr Farg'ona - "Yoshlar markazi", (10:00-16:00)

Kirish bepul, quyidagi 👉havola orqali roʻyxatdan oʻting:

📲Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot uchun: +998711405565, +998909725545, +998909725525.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️O'zbekistonda ilk marta viloyat hokimi Telegramda yoshlar bilan ochiq ovozli muloqot o'tkazadi

Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi taklifiga binoan viloyat hokimlari orasida Respublikada ilk marta Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev «Talabaga madad» loyihasi doirasida yoshlar bilan ochiq ovozli muloqot o'tkazadi.

Ovozli suhbat bugun, 11-noyabr kuni soat 18:00da @Agentlik_Qashqadaryo Telegram kanalida bo'lib o'tadi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/Agentlik_Qashqadaryo?voicechat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📝 Arizalar onlayn qabuli davom etmoqda!

Tanlovda ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot👈 telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘ting

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​⚡️Xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

Prezident Farmonida davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy OTMni tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan.

🔰Farmonga muvofiq, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan taʼlim yo‘nalishlari, tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi hamda endilikda Agentlik, ish beruvchi va yosh mutaxassis o‘rtasida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladigan shartnomaga asosan, xodimning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda ustamalar har oy to‘lab beriladi.

🟫 Qo‘shimcha ustamalar to‘lab berishning asosiy shartlari:

• Yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini 2021 yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaxassisga nisbatan tatbiq etiladi;

• yosh mutaxassis qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan foydalanishi mumkin.

🟫 Qo‘shimcha ustama olish uchun hujjatlar qaysi tashkilotga taqdim qilinadi:

Nomzodlarning hujjatlari davlat organlari, tashkilot va muassasalari tomonidan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi.

🟫 Taqdim qilinadigan hujjatlar:

✔️ Shartnoma tuzish bo‘yicha murojaat xati;

✔️ Yosh mutaxassisning xorijiy OTMni tamomlagani to‘g‘risida Diplom, nostrifikatsiya to‘g‘risida hujjat, mehnat shartnomasi va ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq nusxalari;

✔️ 3 nusxada ish beruvchi va yosh mutaxassis tomonidan imzolangan shartnomalar.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab, ish beruvchi yosh mutaxassisning har oylik lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalarni to‘lab boradi.

🟫 Maʼlumot uchun:

➡️ Yosh mutaxassislarga oylik ustamalar tatbiq etiladigan davlat organlari, tashkilot va muassasalari ro‘yxati

➡️ Yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar tatbiq etiladigan taʼlim yo‘nalishlari va tor mutaxassisliklar ro‘yxati

➡️ Yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalarni to‘lash to‘g‘risida namunaviy shartnoma shakli

➡️ Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati

#Bumuhim #Farmonvaijro

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ochiq tanlov e'lon qilindi❗️

Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Mahallada Yoshlar ishlari agentligi vakili” nomzodligiga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Sizda mahallangiz rivojiga hissa qo‘shish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etilishida ko‘maklashish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida tashabbusingiz bo‘lsa, unda bu imkoniyatdan foydalaning!

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va tanlovda ishtirok eting.

❗️Hujjatlar 2021-yil 12-noyabrdan 16-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so‘zlayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat❗️

2021-yil 13-noyabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida ilk marotaba "Umid qanotlari” nomli xayriya ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Barchangizni ko‘rgazmada kutib qolamiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Taʼlim va Kasb - 2021” xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi, birinchi manzil Toshkent!

Kuni kecha Poytaxtimizda abituriyentlarni xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarida oliy taʼlim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida “Taʼlim va Kasb” xalqaro taʼlim ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ko‘rgazma va davra suhbati muhokamasi, xorijiy tillar bo‘yicha masterklasslar yoshlar uchun foydali bo'ldi.

Samarqandlik yoshlar, tayyor turing!

"Ta'lim va Kasb - 2021" xalqaro ko'rgazmasi 15-noyabr kuni Sizning hududingizda o'tkaziladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi