Yoshlar ishlari agentligi
70.7K subscribers
9.73K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
“Kelajak kasblari” loyihasi Xorazm yoshlari misolida

💼Bugungi kunda, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida tahsil olgan ko‘plab yoshlar turli tashkilotlar va korxonalarda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha nafaqat yoshlarga bilim berish, balki ularni bandligini ta’minlashda keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Loyihaning 2-mavsumida Xorazm viloyatidan 440 nafar yosh “Data union” o‘quv markazida grafik dizayn, video montaj, 3D max, dasturlash, mobilografiya, ijtimoiy tarmoqlar marketingi kabi zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalari bo‘yicha tahsil oldi. Shuningdek, o‘quv markazi bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashda keng qamrovli tashabbuslarni amalga oshirib, ularning kelajakda muvaffaqiyatli kasb egalariga aylanishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan va yangi hayotga yo‘l qo‘ygan yoshlar haqida infografikamiz orqali ma’lumot oling.

#kelajakkasblari

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aydarko‘l sohillarida “Plogging” aksiyasi

🇺🇿 O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida hududlarda “Plogging” aksiyalari tashkil etilmoqda. Navbatdagi aksiya Jizzax viloyatining Aydarko‘l sohillarida o‘tkazildi.

🖐Aksiyada 300 dan ortiq jizzaxlik volontyorlar ishtirok etdi. Mazkur ekologik tadbir, ona tabiatni himoya qilish, kelajak avlod uchun sog‘lom hayot muhiti yaratishga xizmat qilmoqda.

#Plogging #Vatanimiz_uchun

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Otaliqqa olingan yoshlar masalasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari raisligida prokuratura organlari xodimlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlarning 34 mingdan ortiq turli muammolari hal qilinganligi, jumladan 10 442 nafarining bandligi ta’minlanganligi, 5 937 nafari kasb - hunarga o‘qitilganligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha biz bilan hamkorlik qilayotgan davlat organlari va tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Tez orada kubok sohiblari aniqlanadi.

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida DXX kubogi musobaqalarining respublika bosqichi uchrashuvlari qizg‘in pallaga kirdi.

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2021-yildan boshlab, yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Mahalla yoshlari orasida katta qiziqish uyg‘otgan ushbu musobaqalar joriy yilda 251 mingdan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Uchrashuv natijalari bilan keyingi postlarimizda tanishtirib boramiz. Musobaqaning final o‘yini joriy yilning 24-avgust kuni poytaxtimizdagi “JAR” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#beshtashabbusolimpiadasi #DXXkubogi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM