Yoshlar ishlari agentligi
69.9K subscribers
9.84K photos
1.7K videos
7 files
4.15K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🌎Butunjahon Yoshlar Festivali 2024” da bo’lib o’tadigan asosiy tadbirlar

📑 Xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Qiziqarli voqealar
, madaniy almashinuv va qizg’in munozaralarga boy bir hafta davomida bizga qo‘shiling. Butun dunyodagi yoshlar bilan muloqot qiling, o‘rganing va “Yoshlar kuni”ni biz bilan birga nishonlang!

🖼Ushbu post orqali hududlarda qanday tadbirlar o‘tkazilishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar yetakchisining tashabbusi.

📑Xabar berganimizdek, Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev vodiy viloyatlaridagi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishmoqda. Navbatdagi manzil Farg‘ona viloyatining chekka hududlaridan biri, “Obod” mahallasi bo‘ldi.

Yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonovning tashabbusi bilan mahallada “Obod ta’lim” kichik o‘quv markazi tashkil etilgan. Mahallaning o‘zida joylashgan bu mo‘jazgina markazining tashkil etilishi yoshlar uchun qulay va foydali bo‘lib, ularning ta’lim olishini yengillashtirdi.

📹Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yoshlar bayrami

⚡️Kuni kecha Toshkent viloyati Nurafshon shahri markaziy o‘yingohida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda minglab o‘g‘il-qizlar jam bo‘ldi. Tadbir davomida mashhur estrada yulduzlarining chiqishlari, mushakbozlik va turli ko‘ngilochar o‘yinlar tashrif buyuruvchilarga xush kayfiyat ulashdi.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Toshkentviloyati

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi uchrashuvlar davom etadi

Yoshlar ijod saroyidagi navbatdagi uchrashuv 24-iyun kuni Energetika vaziri hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro eko-oromgoh

📑 Avval xabar berganimizdek, “Butunjahon yoshlar festivali” doirasidagi Xalqaro yoshlar eko-oromgoh loyihasiga bugundan start berilmoqda.

Loyihada Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan eko-faollar hamda Ozarbayjon, Vengriya va Turkiyadan ham ishtirokchilar qatnashadi.

📎Oromgoh dasturi 2 bosqichga, aniqrog‘i 2 shaharga bo‘lingan: 24-iyundan 26-iyungacha Samarqand shahrida tadbirlar bo‘lib o‘tadi, 27-iyundan 30-iyungacha esa Toshkentda davom etadi.

🧾Samarqandda ishtirokchilarni faol guruh mashg‘ulotlari, vorkshoplar va ekologik loyihalar muhokamasi kutib turibdi, shuningdek, shaharning tarixiy obidalari bilan tanishishdan iborat boy madaniy dastur ham bo‘ladi.

Toshkent shahrida yoshlar eko-maktablarga, Green Universityga tashrif buyurib, ekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalarini tinglaydilar.

Oromgoh tashkilotchilari — Yoshlar ishlari agentligi, MMTV, Ekologiya vazirligi, "Zamin" fondi, YUNISEF, BMT Taraqqiyot dasturi va FAO.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro “Quvnoqlar va zukkolar Do‘stlik Kubogi” bellashuvi

🌎Butunjahon yoshlar festivalining bir qismi bo‘lgan, o‘zbek tilida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalqaro “QVZ” – kulgi kechasiga qo‘shiling!

😁O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarusiya, Tatariston va Boshqirdistondan tashrif buyurgan jamoalar sizga eng unutilmas quvonchni taqdim etish uchun raqobatlashishmoqda. Kulgi va iste’dod bayramini o‘tkazib yubormang!

“QVZ” 27-iyun kuni soat 19:00 da poytaxt markazidagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tadi.

🤝Keling, jamoalarni qo‘llab-quvvatlang va “Yoshlar Bayrami”ni birga, kulib nishonlang!

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
D Billions O‘zbekistonda!

🌎Yozni unutilmas qilib o‘tkazishga tayyormisiz? Unda, Butunjahon yoshlar festivali doirasidagi D Billions jamoasining konsert dasturiga tashrif buyuring.

Konsert va uchrashuvlar 29-iyun kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va 30-iyun kuni soat 10:00 da Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida bo‘lib o‘tadi.

Yaqinlaringizga bayram quvonchini sovg‘a qiling!

📝Ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumaniga taklif etamiz!

🌎 Joriy yilning 25-iyun kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan “Butunjahon yoshlar festivali” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish istagini bildirgan barcha jurnalist va blogerlarni anjumanga taklif etamiz.

#Matbuotanjumani #YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“I-Banklararo Yoshlar Zakovat kubogi” o’tkazildi

⚡️Yoshlar oyligi doirasida Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan hamkorlikda “I-Banklararo Yoshlar Zakovat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” intellektual o’yinlar majmuasida bo’lib o’tgan musobaqada respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklaridagi yoshlar o’zaro bahs olib bordilar.

🏆Musobaqa so’ngida g’olib bo’lgan jamoalar tashkilotchilarning esdalik sovg’alari bilan munosib taqdirlandilar.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

⚡️Yurtimizda barchaga bayramona kayfiyat ulashib turgan Yoshlar oyligi doirasida Qashqadaryoda kibersport yo‘nalishida “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda ilk marotaba o‘tkazilgan ushbu musobaqada Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridan 800 dan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, saralash, pley-off va final bosqichida bellashdilar.

🏆Qizg‘in jarayonlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#YoshlarKuni #YouthDay #Qashqadaryo

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvlari davom etadi

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

🎤Navbatdagi uchrashuvlar ertaga Sport vaziri, Transport vaziri va Sog‘liqni saqlash vazirlari ishtirokida davom etadi.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Energetika vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

Bugun, 24-iyun kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Dastavval Energetika vaziri barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotganini alohida ta’kidladi.

Muloqot davomida yosh xodimlar yoqilg‘i-energetika sohasida olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqotlari, sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, turli muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritishdi, o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM