Yoshlar ishlari agentligi
69.9K subscribers
9.8K photos
1.7K videos
7 files
4.14K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi sonini o‘qidingizmi?

🟢Yangi QVZ yulduzlari
🟢Ma’muriy islohotlar: qisqartirilgan vazirliklar, tejaladigan xarajatlar
🟢Qiz bolaning ta’lim olishi — ota-onaning eng katta yaxshiligi
🟢1-yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

🟢Nogironlik pensiyasi 300 ming so‘mga oshadi, donorlarga imtiyozlar kengaytiriladi

📰 Ushbu maqolalarni batafsil Yoshlar ovozi gazetasining navbatdagi 95-sonida o‘qing!

📥Yuklab olish

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi vakant lavozimlar uchun eng ko‘p tanlov o‘tkazgan idora deya e'tirof etildi

🇺🇿Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali vakant lavozimlar uchun jami 140 mingdan ortiq tanlov e’lon qilingan edi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan top-10 vazirlik va idoralar ro‘yxati e'lon qilindi.

Ushbu TOP-10 talik bilan tanishing:
1️⃣ Yoshlar ishlari agentligi — 16 152 ta
2️⃣ Davlat soliq qo‘mitasi — 12 369 ta
3️⃣ Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi — 11 877 ta
4️⃣ Moliya vazirligi — 9 573 ta
5️⃣ Xalq ta’limi vazirligi — 7 100 ta
6️⃣ Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 5 857 ta
7️⃣ Maktabgacha ta’lim vazirligi — 5 542 ta
8️⃣ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi — 2 862 ta
9️⃣ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 2 568 ta
🔟 Davlat statistika qo‘mitasi — 2 506 ta

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus olimpiadasi”
“Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik tanlovi g'oliblari aniqlandi.

Batafsil 👉 https://bit.ly/3FYMTcl

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jadidlar rukni ostidagi yana bir videomiz tayyor bo‘ldi. Bu gal Turkiston jadidchiligining otasi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida kichik izlanish qildik. Milliy ozodligimiz kurashchilari haqidagi videolarimizni keng jamoatchilikka yetkazishda yordam berasiz degan umiddamiz.

#jadidlar #repost
@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi yakunlandi

Qariyb 6,2 mlndan ortiq yoshlarni qamrab olgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning navbatdagi mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi. Respublika miqyosida tashkil etilgan barcha tanlov va musobaqalar A, B, S ligalari koʻrinishida oʻtkazildi.

👋 “Besh tashabbus olimpiadasi”ning navbatdagi 3-mavsumida koʻrishguncha.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Alisher Zafar o‘g‘li Saʼdullayev O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“STRATEGIK KUCH 2022”

Bugun dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda biz mamlakatimiz “Strategik kuchi” - yoshlardan qanday foydalanyapmiz? Ularga nima beryapmiz, ulardan nima kutyapmiz?

Savollarga javob olishni istasangiz bugun 31-dekabr soat 17:20da “O‘zbekiston 24” telekanalida “STRATEGIK KUCH” filmini tomosha qiling.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar, qadrli yoshlar!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi sizlarni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy qutlaydi.

🙌 Yangi yilda yuksak marralarni zabt etib, yurtimiz rivojiga hissa qo'shishingizga tilakdoshmiz.

Yangi yil sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka hamda farovonlik olib kelsin.

💐 Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Rasmiy xabar: qishki ta’til uzaytirildi

📆O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kelishi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

📒O‘qish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat o‘yini ixlosmandlari diqqatiga!

Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy qulayliklarga ega, bir vaqtning o‘zida 100 nafar yosh shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan shaxmat klublari o‘z faoliyatini boshladi.

🤝 Barcha yoshlarni hududlardagi yoshlar markazlariga chorlab qolamiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli, prokuratura organlari xodimlari!

💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi sizlarni 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Masʼuliyatli ishlaringizda kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗞 "Yoshlar ovozi" gazetasining navbatdagi sonini o‘qidingizmi?

🟢Yangi semestr: poytaxtda talabalarni nima kutyapti?

🟢 Strategik kuch: yoshlarimizga nima beryapmiz-u ulardan nimani kutyapmiz?

🟢Davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytirildi

Ushbu maqolalarni batafsil "Yoshlar ovozi” gazetasida o‘qing.

📥Yuklab olish

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

📝 Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab 6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

❗️Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Hukumat qaroriga asosan, nogironligi bo'lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash shuningdek, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratish belgilangan.

💰Ma'lumot uchun 2022-yil 1-avgustidan boshlab, 261 nafar nogironligi bo'lgan yoshlarga 2,467 mlrd so'mlik subsidiya ajratildi. Joriy yilda subsidiya olish uchun arizalar 10-yanvardan qabul qilinishi boshlandi.

Subsidiya uchun ariza topshirmoqchi bo'lgan yoshlar quyidagi havolalar orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:

1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yosh shaxmatchilar homiylar eʼtiboriga tushmoqda

Kecha, 11-yanvar kuni Yoshlar ishlari agentligida “Yosh shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi, Shaxmat federatsiyasi, BMB Trade Group kompaniyasi mutasaddilari, yosh shaxmatchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Matbuot anjumani davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori — Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Saʼdullayev BMB Trade Group kompaniyasi yurtimizning yosh va iqtidorli shaxmatchilari Umida Omonova hamda Humoyun Bekmurodovlar bilan kelishuvga erishgani va keyinchalik kompaniya mazkur sportchilarning bosh homiysi sifatida qayd etilishini eʼlon qildi.

Tadbirning ikkinchi qismida yosh shaxmatchilarimiz va masʼullar OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM