Yoshlar ishlari agentligi
70.8K subscribers
9.74K photos
1.68K videos
7 files
4.1K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Alisher Sa’dullayev Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

Bugun O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi o‘tkazildi. Unda federatsiya raisi (prezidenti)ni saylash to‘g‘risida tashkiliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilgan delegatlarning aksariyat ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev federatsiya raisi etib saylandi.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bugun, Poytaxtimizdagi “Kitob olami” majmuasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Soyuzbek Nadirbekovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Markaziy Osiyo Yoshlar forumi” natijalari, shuningdek har ikki mamlakatda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat dasturlari, loyihalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi hamkorlik dasturlari muhokama qilindi.

Uchrashuvdan maqsad ayni markaziy Osiyo davlatlarining yoshlarga oid olib borilayotgan davlat siyosatida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, bilim va tajriba almashishdir.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga tabrigi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Kamalak” bolalar tashkilotining 21-An’anaviy anjumani yakunlandi

19-24-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 500 nafarga yaqin o‘quvchi-sardorlar ishtirokida bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi 21-An’anaviy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida “Kamalak” bilimdonlari”, “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” hamda “Yil sardori” tanlovlarining Respublika bosqichi, "Zakovat” intellektual o‘yini, “Xalqlar do‘stligi” raqslar tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Bo‘yinbog‘siz uchrashuv” loyihasi, “Bitiruvchilar kechasi” loyihasi, “Anjuman CUP” futbol musobaqasi hamda “Quvnoq estafeta” musobaqalari o‘tkazildi.

Anjumanning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori ishtirok etdi. Ushbu marosimda 5 kun davomida loyiha va tanlovlarda faol qatnashib, g'olib bo'lgan ishtirokchilar taqdirlandilar.

📸 Fotogalereya

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 26-may kuni soat 15:00da boʻlib oʻtadi.

❗️
Eslatma: Sektor bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tuman (shahar) bosqichiga yoʻllanma olgan ishtirokchilar mahallangizdagi yetakchingizga murojaat qilishingiz soʻraladi.

#ZukkoKitobxon #5tashabbusolimpiadasi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Matonat oromgohi" ishtirokchilari Jizzaxga yetib keldi

⚡️Joriy yilning 25-29-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida yoshlarni
ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularni sportga jalb etish maqsadida tashkil etilayotgan “Matonat” oromgohi ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

#matonat #jizzax

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi