Yoshlar ishlari agentligi
70.4K subscribers
9.78K photos
1.7K videos
7 files
4.12K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
👋 "Yoshlar" telekanali Sizni telekanal bo'ylab mediasayohatga taklif etadi!

25-fevral kuni soat 16:00da "Yoshlar" teleradiokanali ijodiy jamoasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

• Boshlovchilikka qiziqasizmi?

• Telekanal uchun takliflaringiz va yangi teleloyihangiz bormi?

Unda bu Siz uchun ajoyib imkoniyat, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan media olamiga qiziquvchi barcha yoshlarni mediasayohatga taklif etamiz!

Mediasayohat davomida taniqli jurnalistlar, professional boshlovchilar, dublyaj aktyorlari bilan davra suhbati tashkil etiladi hamda telestudiyada boshlovchilik uchun telesinovdan o'tish va muallifligingiz saqlangan holda loyihalaringizni taqdim etish imkoniyati ham taqdim etiladi.

☎️ +998 71 214-13-14 telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin!

"Yoshlar"da ko'rishguncha! Ishoning, bu juda ham qiziq bo'ladi!

#yoshlartelekanali #sayohat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Talabaga madad” loyihasi - Ota onaga madad!

Bizning qahramonimiz Muxlisa Murodullayeva. U hozirda Samarqand Davlat chet tillari institutining 1-bosqich talabasi.

Muxlisa viloyatning faol yoshlaridan biri. Hozirda oliy ta'limda to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladi. Qahramonimiz talabaga aylanganida shartnoma to'lovini to'lash uchun oilaviy sharoiti yetarli bo‘lmagan. Ammo Yoshlar tashkiloti esa uni qiyin damda yolg'iz qoldirmadi. "Talabaga madad" loyihasi Muxlisaning og'irini yengillashtirdi.

Endi u bor kuch va g'ayratini o'qishga, bilim olishga yo'naltira oladi!

#talabagamadad

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Ukrainada taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar diqqatiga❗️

Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani va favqulodda holat joriy etilganini inobatga olib, hozirda Ukraina hududida taʼlim olayotgan va vaqtinchalik mehnat qilayotgan yoshlar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va jo‘nab ketish joyi ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport maʼlumotlarini Elchixonaning [email protected] elektron manziliga yuborishlari so‘raladi.

Ukrainada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlarini va qo‘shimcha savollar tug‘ilganda Elchixona bilan aloqada bo‘lishlarini so‘raymiz.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🏠 "Ayollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so‘mgacha kredit beriladi.

#huquqiyyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​“Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yalpi majlisda taʼkidlanganidek, qonun loyihasi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga “korporativ volontyor”, “korporativ volontyorlik” va “korporativ volontyorlikka jalb qiladigan ish beruvchi” tushunchalarini asosiy tushunchalar etib belgilashni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, volontyorlik faoliyatini amalga oshirishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini, korporativ volontyorlik faoliyatini volontyorlik faoliyatining shakllaridan biri sifatida belgilashni, volontyorlik faoliyati tashkilotchisi bilan birga ish beruvchining huquqlar va majburiyatlarini o‘rnatishni, ish beruvchi tomonidan korporativ volontyorini rag‘batlantirish shakllarini kiritishni ko‘zda tutadi.

Majlisda deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, hujjatni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi. Qizg‘in baxs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

#volontyorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!” davom etadi

🔰 Bizning bugungi qahramonimiz Termiz tumanida istiqomat qilayotgan Azipov Umarjon Sherpo'lat o'g'li. U 27 yoshda.

⚡️Azipov Umarjon “Yoshlar daftari” ro’yxatida turganligi sababli, unga Issiqxona uchun 30 million so’m kredit berildi.

Umarjon kelajakda o‘z sohasining malakali mutaxassisi bo'lish niyatida!

#yoshlardaftari #imkoniyatlardaftari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Toshkent shahrida “ShHT Xalq diplomatiyasi forumi” hamda "Yoshlar va xalq diplomatiyasi" konferensiyasi o’tkaziladi!

Bugun poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi vakillari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o'tkazildi.

🤝 Hamkorlik uchrashuvida joriy yilda Toshkent shahrida “ShHT Xalq diplomatiyasi forumi” va "Yoshlar va xalq diplomatiyasi" konferensiyasi hamda talabalar o’rtasida ilmiy maqolalar tanlovi, Tojikiston Respublikasida o'tkazilishi rejalashtirilgan "ShHT Modeli" simulyatsion konferensiyasi, ShHTga a'zo mamlakatlar talabalari o'rtasida teleko'priklar kabi rejalar yuzasidan hamkorlik qilish borasidagi masalar muhokama qilindi.

#hamkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 1-mart - ardoqli o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

⚜️ O'zining bahor kabi nafis va takrorlanmas she'rlari bilan insonlar qalbini zabt eta olgan o'zbek xalqining sevimli shoirasi 1915-yil, 1-martda Toshkent shahrida tug'ilgan.

🔰 Shoiraning "Dalada bir kun", "Men tongni kuylayman", "Yuragimga yaqin kishilar", "Lolaqizg'aldoq", "Quyoshli qalam" to'plamlari o'zbek kitobxonlari qalbidan o'rin egallagan.

🇺🇿 Shoiraning hayot va ijod yo'li avlodlar qalbida chinakam matonat va vatanparvarlik, sadoqat timsoli bo'lib qolaveradi.

#Zulfiyaxonim

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m).

#kontraktpullariqoplabberiladi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

• har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

• har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

• doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

#imkoniyatlar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh oilalarda ajrimlarning asosiy sabablaridan biri - moliyaviy savodxonlikning yo'qligi"

Oilaviy budjet, yosh oilalarning moliyaviy bilimlarini oshirish ayni paytda eng og'riqli va aktual masalalardan biri hisoblanadi.

Aynan shu mavzuda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova bilan suhbatni bugun soat 19:00 da YouTube sahifamizda premyerasini koʻrishingiz mumkin.

@yoshoila_uz - mustahkam oila sari dadil qadam!

Bizning YouTube sahifamiz https://youtube.com/channel/UCfWPwvda7JSbk7hMBcGg0Xg 👈

#yoshoila

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqda!

2022-yil 27-mart kuni Toshkent shahrida SHHT xalqaro yarimmarafoni bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻138 mln. so‘m mukofot jamg‘armasiga ega yarim marofonda "SHHT oilasi" davlatlari sportchilari va havaskorlar qatnashadi.

🏃🏻‍♀️Musobaqa dasturi ikki masofani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ishtirokchilar – 3 km va 21,0975 km masofaga yugurib, kuch sinashadilar.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Bugun, 3-mart kuni soat 21:00 da oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat o‘tkazamiz.

Ovozli muloqotimizda mas’ul prorektorlar, dekan oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etib, koʻproq ma’lumot olishlari va savollariga javob topishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baxtli oila jamiyat tayanchidir

Ishonch, hurmat, muhabbat va sabr sog'lom munosabatlarning asosiy sharti hisoblanadi.

@yoshoila_uz - mustahkam oila sari dadil qadam!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyatlar cheksiz!

Uktamova Aziza
- Urganch davlat universiteti talabasi. 4-5 oy ichida IELTSda 7 ballik sertifikatga ega bo'lgan. Azizaning bu natijaga erishishdan asosiy maqsadi chet davlatlarda o'qish va bu maqsadiga deyarli erishmoqda.

IELTS nimaga kerak, uning imkoniyatlari qanday va yuqori natijaga erishgan yoshlarga davlatimiz tomonidan qanday yordam beriladi? Ushbu video rolik orqali siz bu savollarga javob olishingiz mumkin!

👁 YouTube orqali ko'rish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Umumta'lim maktablaridagi "Zakovat" klubi koordinatorlari uchun o'quv-seminar tashkil etiladi!

🎯 Koordnatorlar uchun Spikerlar tomonidan:

“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish;

“Zakovat” intellektual o‘yinini saralash bosqichlarini tashkil etish va o'tkazish;

G'olib va sovrindorlar uchun imtiyoz va imkoniyatlar hamda boshqa ma'lumotlar to'g'risida batafsil to'xtalib o'tiladi.

🎥 O'quv-seminarni 4-mart kuni
soat 15:00da ushbu havola orqali facebookda kuzatishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi