Yoshlar ishlari agentligi
69.9K subscribers
9.83K photos
1.7K videos
7 files
4.15K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Yoshlar ishlari agentligining ko'ngilli yoshlari xizmatga doimo shay!

Medikvolontyorlarimiz sizga tibbiy maslahatchi vazifasini bajarish va birlamchi tez yordam vazifasini ko'rsatish bel bog'ladilar.

Pandemiya davrida yoshlar har doimgidan ham faol!

Mazkur klinikalarga qo'ng'roq qilib, maslahat olishingiz mumkin.

Kanalimizga a'zo bo‘lishni unutmang
👉🏻https://t.iss.one/joinchat/AAAAAExR_POPBTlRkEsJwg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har kuni 50 ming murojaat — Toshkentdagi koll-markazdan reportaj

Kun.uz nashri 1197 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lishidan boshlab xayriya mahsulotlari o‘z egasiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib, qisqa lavha tayyorladi.

📞 Maʼlumotlar markazida yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga uzatiladi.

🏢Markaz kunlik ish faoliyati soat 9:00dan kech soat 18:00 orasida bo‘lib, shu vaqtda 50 nafar ko‘ngilli yosh qo‘ng‘iroqlarga javob bermoqda.

Har kuni Toshkent shahridan deyarli 50 ming atrofida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Qo‘ng‘iroq egalaridan kunlik 4–4.5 ming atrofida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlarga buyurtma olinadi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi orqali oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlar volontyorlik guruhlari yordamida oilalarga yetkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Yurtboshimiz!

Tavallud ayyomingiz Sizga va barchamizga muborak boʻlsin!

Sizga va oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, tinchlik va xotirjamlik yor boʻlsin. Biz yoshlar sizni yaxshi koʻramiz, siz bilan gʻururlanamiz! Yoshligimiz haroratini, quvvatini yurtimizning gullab-yashnashiga, yanada rivojlanishiga bagʻishlashga tayyormiz!

Samimiyat ila,
sadoqatli farzandlaringiz

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Channel photo updated
❗️O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi malakali kadrlarni Markaziy apparat, hududiy boshqarma va mahalliy bo‘limlar masʼul lavozimlariga ishga taklif qiladi

Nomzodlar quyidagi manzil orqali onlayn ariza to‘ldirishlari va hujjatlarni elektron yuborishlari so‘raladi.

🗂Kerakli hujjatlar:
1. Shaxsiy maʼlumotnoma(CV yoki obyektivka);
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
3. Oliy taʼlim maʼlumotiga oid hujjatlar nusxalari;
4. 3x4 o‘lchamdagi fotosurat (oxirgi 6 oy ichidagi)

Saralash jarayoni quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;
3. Suhbat.

🏢Agentlik xodimlarining maoshi egallagan lavozimidan kelib chiqib, o‘rtacha 3 -10 mln so‘mni tashkil etadi.

⚠️ Hujjatlar 2020-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.

👉 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:@yoshlarmurojaatibot

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
Aziz yurtdoshlar!

Yoshlar ishlari agentligi sizni yaqinlashib kelayotgan Iyd al-Adho – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.

Bayram arafasida muhtoj oilalarga xayr-ehson ulashmoqchi bo‘lgan saxovatpesha yurtdoshlarimizga ko‘ngilli yoshlarimiz dastyor bo‘lishga tayyor!

⚠️ Mazkur xizmat hozircha Toshkent shahri hududida amal qiladi.

Murojaat uchun: (90) 185 95 54, (90) 934 57 34

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
COVID-19 pandemiyasi paytida odamlarga yordam berishni istaysizmi?

🔹Ijtimoiy yoki tibbiy volontyor sifatida faoliyat yuritmoqchimisiz?

🔹Ro‘yxatdan o‘ting va ko‘ngillilar safiga qo‘shiling.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi va ko'ngilli yoshlar tashabbusi bilan Volontyor.uz platformasi yaratildi.

Yaxshilik qilish istagi bormi, safimizga qo‘shiling.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
Xalq taʼlimi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib bormoqda

Vazirlik Axborot xizmati bergan maʼlumotlarga ko‘ra

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda.

2-ssenariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda taʼlim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat maʼlum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

❗️Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan havotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutiladi, yaʼni davomat erkin bo‘ladi oddiy darsda qatnashsayam yoki onlayn dars orqali qatnashsayam.

‼️Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan eʼlon qilinadi.

🔴Shu o‘rinda aytish joizki, karantin qoidasi o‘zgarishidan qatiy nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o‘qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifaimiz👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEskzuzrE9JV32yQCA
🌙 Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barchangizni mehr-muruvvat, shukronalik ayyomi “Iyd al-Adho” – Qurbon hayiti bilan samimiy qutlaydi!

🔹Ushbu muqaddas bayramda sizga va oila a'zolaringizga baxt-saodat, sihat-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🔸Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan xotirjamlik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 AOKA huzuridagi shtabda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati tomonidan o‘tkazilgan brifing videosi.

Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram|Facebook I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi va ko'ngilli yoshlar tashabbusi bilan Volontyor.uz platformasi yaratildi.

Yaxshilik qilish istagi bormi, safimizga qo‘shiling.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Bugun Xorazm yoshlar markazi katta majlislar zalida viloyat hokimi Farxod Ermanov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017 sonli Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Polvonov Sardor Maqsudovich tayinlandi.

Sardor Polvonov shu kungacha Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yoshlar ishlari agentligi Polvonov Sardor Maqsudovichning yangi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda talabalar orasida to‘lov-shartnoma asosida o‘qitish miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish masalasi yuzasidan bildirilayotgan takliflarni o'rganib chiqib talaba yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularni ilm-fanga yanada ishtiyoqlarini oshirish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga o'z taklifini tayyorlamoqda.

🔹Mazkur masala yuzasidan bugunga qadar oliy taʼlim muassasalarida o‘qitishning minimal xarajatlari to‘g‘risida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ham rasmiy bayonot bilan chiqdi.

🔸Shu o'rinda joriy vaziyatni chuqurroq o'rganish, tahlil qilish va adolatli yondashish uchun quyidagi so'rovnoma ishlab chiqildi va keng ommaga taqdim qilinmoqda.

📋Ushbu so'rovnomani talabalarga yetkazish va qamrovini oshirish uchun keng jamoatchilik va blogerlarni hamkorlikka chorlaymiz!

✍️So‘rovnomada rus tilida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar uchun havola.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
Senator Jamshid Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 30-iyundagi PF-6017 sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich tayinlandi.

Jamshid Xodjayev bugungi kunga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yoshlar ishlari agentligi Xodjayev Jamshid Baxtiyorovichning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga rahbar tayinlandi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PF-6017 sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nazirov Abdulaziz Abdurasul o'g'li tayinlandi.

Abdulaziz Nazirov bugungi kunga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, poytaxtimiz yoshlari Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi faoliyati bilan quyidagi telegram kanal orqali tanishishlari mumkin

Murojaat uchun telefon: 71-246-10-70

Pochta manzili: [email protected]

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga shu kunga qadar Samarqand davlat universitetida yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘xtayev Xusan Mirzayevich tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligi To‘xtayev Xusan Mirzayevichning yangi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati yoshlari Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi faoliyati bilan quyidagi telegram kanal orqali tanishishlari mumkin

Murojaat uchun telefon: (66) 233-40; (66) 233-47-39.

Pochta manzili: [email protected]

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-sonli qarori qabul qilindi

Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram|Facebook I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga shu kunga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zayniddinov Shavkat Zayniddin o‘g‘li tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligi Zayniddinov Shavkat Zayniddin o‘g‘lining kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi faoliyati bilan quyidagi telegram kanal orqali tanishish mumkin

Murojaat uchun telefon: 67-225-03-48

Pochta manzili: [email protected]

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga shu kunga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Yuldashev Oybek Bahodirjon o‘g‘li tayinlandi.

Yoshlar ishlari agentligi Yuldashev Oybek Bahodirjon o‘g‘lining kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi faoliyati bilan quyidagi telegram kanal orqali tanishish mumkin

Murojaat uchun telefon: 74-225-12-13

Pochta manzili: [email protected]

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram|Facebook I Instagram