Yoshlar ishlari agentligi
70.9K subscribers
9.74K photos
1.68K videos
7 files
4.1K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda

⚡️“Yoshlar forumi” doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot qizg‘in munozaralar, foydali takliflar va amaliy tashabbuslar bilan davom etmoqda!

Agentlik direktori Alisher Saʼdullayev o‘z nutqida yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalib, ularni 4 asosiy tamoyilga e’tibor qaratishga chaqirdi. U har bir yoshlar yetakchisini o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, bu maqsadga erishish uchun muntazam harakat qilish, o‘z zimmasiga masʼuliyat olish va har bir ishning yakunida natijaga erishishga intilish zarurligini ta’kidladi.

📰Ushbu tamoyillar asosida ishlaydigan har bir yoshlar yetakchisi nafaqat o‘z kelajagini, balki orqasidan ergashayotgan yoshlarning kelajagini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika tanlov jarayonlari Toshkent shahridagi Yoshlar markazida 10 ta yo‘nalishda sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quranboyev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi!

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 Bilimdon oilalar bellashuvi boshlandi!

⚡️ Ayni vaqtda Jizzax viloyatida “Yoshlar forumi-2024” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichiga start oldi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlovning final bosqichida har bir hududdan saralanib chiqqan 14 ta yosh oilalar ishtirok etmoqda.

#Yoshlarforumi2024 #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan o‘g‘il-qizlar bilan uchrashdi.

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi uchrashuv bugungi kunda yosh kadrlarga bo‘lgan talab va ularga yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Vazir o‘rinbosari yoshlarga ularning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berdi. Ko‘zlangan natijani qo‘lga kiritishda astoydil harakat va bilim olish muhimligini qayd etdi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda Bandlik vazirligi tizimida 1429 nafar yosh xodimlar faoliyat olib bormoqda, bu umumiy xodimlar sonining 40 foizini tashkil etadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida loyihaning asosiy maqsadi va bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

👧Ushbu loyiha platformasi 2024-yil oktabr oyida sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida 210 000 dan ortiq ayol-qizlarni bilim olish va o‘z salohiyatini rivojlantirish maqsadida birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadbir doirasida, jadid ayollarimizMaryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova hayoti va faoliyati haqida kichik sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Ushbu sahnalar tarixiy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qildi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM