Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.83K photos
1.7K videos
7 files
4.15K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"Yoshlar press klubi"ning navbatdagi manzili - Sirdaryo viloyati

Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi, sektor rahbarlari hamda mas'ul rahbarlar ishtirok etib, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.

📺 "Yoshlar press klubi"ning Sirdaryo yoshlari bilan o'tgan sonini yaqin kunlarda "O'zbekiston24", "Yoshlar" va "MY5" telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonda

Hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Saʼdullayev boshchiligida respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 yanvar kungi "Yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari" to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash.

Ayni paytda, Qoraqalpog‘istonda 47 050 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar mazkur yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish choralarini amalga oshirish borasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Ishchi guruh maqsadi ham Qoraqalpog‘istonning har bir hududiga kirib borib, yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi amaliy ishlarni jadallashtirishdir.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tashabbuskor va salohiyatli yoshlar, safimizga marhamat!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy, tuman(shahar) bo'limlariga haq to'lanadigan amaliyotga taklif etadi.

✔️ Amaliyot uchun 18 yoshdan 30 yoshgacha shijoatli, kompyuter savodxonligiga ega, faol yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi.

📮 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari o‘rtasida Bitim tasdiqlandi!

🔸 Hujjatda mehnat migrantlarining ish haqini va ularning daromadlaridan soliq to‘lash, pensiya va ijtimoiy ta’minot, o‘lim yoki shikastlanish holatlarida to‘lovlar, shuningdek mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq jarohat, kasb kasalligi yoki boshqa sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash masalalari tartibga solingan.

🔰 Shuningdek, tegishli ta'lim olgan, pedagogik, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega mehnat muhojirlari qabul qiluvchi davlat qonunlarida belgilangan ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tan olish tartibidan o'tadilar.

Batafsil...

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga moddiy yordam ko'rsatiladi!

📄 Yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash to'g'risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinib, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra jamg'arma mablag'lari:

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatishga;

-yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

-“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

-mamlakatimizdagi OTMda o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;

-“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga yo'naltiriladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston volontyorlari Assotsiatsiyasi tomonidan respublikamiz bo'ylab mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazish, qariyalar holidan xabar olish, mahallalar ozodaligini ta'minlashga qaratilgan "Obod va ko'rkam mahallam" aksiyasi o'tkaziladi.

🤝 Sizda ham 13-martdan oy so'ngiga qadar ezgulik elchilari qatorida bo'lish imkoni mavjud.

Hoziroq ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting hamda aksiya ishtirokchisiga aylaning!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Eng sara loyihalar, master klass hamda treninglar: “Besh muhim tashabbus" forumi aynan siz uchun!

🔰 Shu yilning 18-19-mart kunlari "Yoshlar ijod saroyi"da bo'lib o'tadigan forumda siz:

-"Qizlar ovozi" V Respublika Forumi
-"Bir million dasturichilar" loyihasi doirasida seminar-trening
-Sportchilar bilan uchrashuv va master klasslar
-"Modul5" loyihasi maxsus soni
-Liboslar namoyishi va mashhur dizaynerlardan mahorat darslarida ishtirok etishingiz mumkin.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar muammolari va takliflarini o'rganish bo'yicha respublika ishchi guruhi Qoraqalpog'istonda (2-kun)

Tashrifdan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27-yanvar kungi Yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlarning ijrosini taʼminlash.

Ayni paytda, Qoraqalpog‘istonda 47050 nafar yosh «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar mazkur yoshlarni «Yoshlar daftari»dan chiqarish choralarini amalga oshirish borasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Tashrif buyurgan ishchi guruh maqsadi ham Qoraqalpog‘istonning har bir hududiga mahallabay kirib borib, yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi amaliy ishlarni jadallashtirishdir.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlardayjesti

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida haftaning muhim voqealari DАYJESTI

👁 Youtube orqali ko‘rish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Aziz yurtdoshlar, talaba hamda o'quvchilar!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi bugungi kunda yurtimizdagi epidemiologik holatni inobatga olgan holda jamoat transportida, ta'lim dargohlari hamda jamoat joylarida tibbiy niqoblardan foydalanishni, karantin talablariga qat'iy rioya etishni tavsiya qiladi.

😷 Hamyurtlarimiz salomatligi uchun mas'uliyatni his etish har birimiz uchun muhimdir. O'zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo'lmang!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️“Yil sardori” respublika koʼrik-tanlovi katta sahnalarga qaytganini maʼlum qilamiz!

🇺🇿 2020-yil 25-dekabr! Oʼzbekiston Prezidenti "Yoshlar forumi"da iqtidorli oʼquvchilarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Yil sardori” koʼrik-tanlovini oʼtkazish taklifini ilgari surdilar. Taklif tashabbuskor va shijoatli yoshlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

🔰Tanlovga “Kamalak” bolalar tashkilotining barcha umumtaʼlim muassasalardagi sinf, maktab, tuman (shahar) hamda hududiy sardorlari ishtirok etishi mumkin.

📌 Tanlov 10-14 hamda 14-18 yosh toifalarida o'tkaziladi.

☝️Nizom
ushbu havolada.

Sizda ham ishtirok etish istagi tugʼildimi? Hoziroq O'zbekiston yoshlar ittifoqining umumta'lim muassasalaridagi Yoshlar yetakchilariga murojaat qiling!

Shuningdek, ushbu havola orqali roʼyxatdan oʼtib, ishtirok etish huquqini qoʼlga kiriting!

🌈 Tashabbuskor sardorlar! Unutmang, ushbu tanlov sizni kashf etadi.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun: 99-975-85-32

Kanalni kuzatish➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar ovozi" respublika festivali kastingi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Surxondaryo viloyatlarida bo'lib o'tmoqda!

⚜️ Festivalda ishtirok etish uchun yoshlar ikki yosh toifasi( 6-15 va 16-30) bo'yicha baxshichilik va an'anaviy ijro, opera, estrada yo'nalishlarida sinovdan o'tkaziladi.

🔰 Ma'lumot uchun: kasting hududiy bosqichlari quyidagi sanalarda o'tkazilishi rejalashtirilgan:

17-18-mart - Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida;
19-20-mart - Namangan, Buxoro, Samarqand va viloyatlarida;
22-23-mart - Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;
24-25-mart - Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida.

📩 Ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali ro'yxatdan o'tishingiz talab etiladi.

Batafsil👉@respublika_yoshlar_ovozi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Talabalar uchun ijara uylarini topishga yordamlashuvchi elektron tizimga ijtimoiy buyurtma uchun tanlov e'lon qilinadi!

🇺🇿 Samarqand viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi talabalarning va soha mutaxassislarining taklif va mulohazalarini qo‘llab-quvvatlagan holda, talabalar va ijara uylarini beruvchi shaxslarni bir platformada birlashtiruvchi elektron tizimni ishga tushirish uchun mukofoti uch yuz million so'mgacha bo'lgan ijtimoiy buyurtma sifatida tanlov e’lon qiladi.

🔰 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar va xususiy dasturlash kompaniyalari ushbu masalaga doir o‘zlari taklif etayotgan yechimlari bilan 2021-yil 5-aprel sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yil talabasi" tanlovi, "Talabalar festivali"da ishtirok etganmisiz? Balki ushbu loyihalar bo'yicha taklif va g'oyalaringiz bordir?

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Talabalar festivali” hamda “Yil talabasi tanlovi”ni mutlaqo yangicha formatda, siz yoshlar bilan bamaslahat o'tkazishni reja qilgan.

🔸 Loyihalarni yangi darajaga olib chiqish, yuqori saviya hamda shaffoflik tamoyillari asosida o'tkazilishini ta'minlash uchun yoshlarning fikr va takliflari juda muhim. Shu sababli, 17-mart, soat 15:00 da, loyihalar nizomini tayyorlash yuzasidan mas'ullar bilan batafsil suhbat tashkil etiladi.

Muhokamada ishtirok eting, o'z taklif va g'oyalaringizni bildiring!

🔗 Suhbatda ishtirok etish uchun havola

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ezgulik elchilari safi kun sayin ortib borayotganini sizga ma'lum qilishdan mamnunmiz!

🤝 Xabaringiz bor, respublikamiz bo'ylab barcha hududlarda "Volontyorlar maktabi" tashkil etilmoqda. Shunday maktablardan yana biri bugun, Namangan shahrida tashkil etildi. Ilk kundanoq 200 nafar yoshning maktabga qiziqish bildirgani, quvonarli hol, albatta.

🔰Ochilish marosimidan so'ng, yosh volontyorlar bilan birgalikda ijtimoiy ko‘makka muhtoj qariyalar holidan xabar olinib, Yoshlar bog'i"ga 400 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o'tqazildi.

🔸 Eslatib o'tamiz, shu yilning mart-aprel oylarida respublikamizning barcha hududlarida "Volontyorlar maktabi" tashkil etish rejalashtirilgan.

#Volontyor

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Marragacha yana bir qadam: "Yosh kitobxon" tanlovi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

📖 Kitobsevarlar tanlovining final bosqichi shu yilning 1-10-aprel kunlari, Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, ishtirokchilar "Badiiy asarlar bilimdoni", "Tezkor savol-javob", "She'riyat", "Buyuk mutafakkir va adib", "Erkin mavzu" shartlari bo'yicha o'zaro bellashadilar.

🔰 Barcha ishtirokchilarga tanlovning final bosqichida omad tilaymiz. O'z bilimlaringizni namoyon eting, g'oliblikni qo'lga kiriting!

📺 Eslatib o'tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovi hududiy bosqichlari to'g'risidagi "Kitobxon kundaligi" ko'rsatuvini har kuni, soat 18:00da, "Yoshlar" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi