Yoshlar ishlari agentligi
209K subscribers
10.3K photos
1.85K videos
7 files
4.49K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
"Muvaffaqiyatli vatandoshlar" loyihasining navbatdagi mehmoni - Bavariyaning nufuzli universiteti bitiruvchisi, Erasmus Mundus stipendiyasi sohibi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Google Headquarters Silikon vodiysi Bosh offisi kabi nufuzli tashkilotlarda malaka oshirgan - Iroda Karimova.

Hozirgi kunda Iroda Karimova PUMA kompaniyasi Bosh offisida HR yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat yuritadi.

Suhbat davomida:
- Erasmus Mundus stipendiyasini qo‘lga kiritish;
- Nufuzli tashkilotlarda malaka oshirish;
- AQSH va Yevropa davlatlarida yashash va o‘qish kabi mavzularda so‘z yuritiladi.

📆 18-avgust, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da
📍Toshkent, Yoshlar ishlari agentligi, "Kitoblar olami" binosi.

🗣Suhbatni ushbu havola orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Uchrashuvda qatnashish uchun google form orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Musurmonov Otabek Sobirjon o‘g‘li
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Otabek Musurmonov shu vaqtga qadar Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Otabek Musurmonovni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
📌 Bugun, 19-avgust kuni soat 20:30 da Toshkent xalqaro aeroportida Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan 5-Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimizni tantanali kutib olish rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi 158 ta medal bilan Islom birdamligi o‘yinlarida jamoaviy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

👋 Marosimga barcha yoshlarimizni, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni taklif qilamiz!

📍Lokatsiya (Toshkent xalqaro aeroporti)

#kutibolishmarosimi

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
⚡️Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tkazilgan 5-Islom birdamligi o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari tantanali kutib olindi.

#konya2021 #kutibolishmarosimi

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
#repost #yashilmakon #uzbekistan

⚡️ 4 oy avval “Yashil makon” loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shish uchun Sergeli tumani Xonobod mahallasida kichik bog’ yaratishni niyat qilgan edik. O‘shanda ko‘plab faollar kelib, pavloniya daraxtlarini ekishga yordam berishgandi. Bugun daraxtlar yam-yashil bo‘lib, mana shunday ko‘zni quvontiradigan darajaga keldi.

Bizning faoliyatimizda eng muhimi — mehr. Buning natijasini esa rasmda ko‘rishingiz mumkin.

Bosh prokuratura, Ekologiya qo’mitasi va Sergeli tumani hokimligiga Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan alohida tashakkur bildiramiz!

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Ilmiy tadqiqot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlar uchun o‘quv-seminar o‘tkaziladi

📅 23-avgust kuni soat 10:00 da Yoshlar Press klubida "PhD uchun bir qadam" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etiladi.

Oquv-seminarga ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shugullanuvchi barcha yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!

📝 Seminar davomida ilmiy izlanishning turli yonalishlari boyicha katta tajriba maktabiga ega bo‘lgan fan arboblari tomonidan motivatsion darslar o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube