Yoshlar ishlari agentligi
69.8K subscribers
9.85K photos
1.7K videos
7 files
4.16K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Mushoira tanlovining respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi

📚 Yoshlar oyligi doirasida kuni kecha poytaxtimizdagi Аdiblar xiyobonida Yoshlar ishlari agentligi va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o'tkazilgan “Mushoira” tanlovining respublika bosqichi oʼz nihoyasiga yetdi.

🏆 Tanlov gʼoliblari har bir yosh toifasi boʼyicha:
1-oʼrin 15 mln. soʼm,
2-oʼrin 10 mln. soʼm,
3-oʼrin 5 mln. soʼm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, barcha ishtirokchilarga kitoblar toʼplami taqdim etildi.

g'oliblar bilan tanishish uchu havola

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi sovrindor yoshlarni tabriklaydi va kelajakdagi ishlariga omad tilab qoladi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir

💥 Joriy yilning 27-iyun kuni Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar press klubida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʼrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiyaning matbuot kotibi Odiljon Tojiev, Аgentlik direktori Аlisher Saʼdullaev hamda 11 mingdan ziyod yoshlar ishtirokida "Zoom" platformasi orqali “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusida respublika seminari bo'lib o'tdi.

📘 Qizgʼin bahs-munozaralar asosida oʼtkazilgan seminarda ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan bilim-koʼnikmalarga ega boʼlib, ushbu jarayonda yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda yoshlar tashkilotlarining birgalikda faoliyat olib borishiga kelishib olindi.

📌 Ma'lumot o'rnida, konstitutsiyamizning jami 128 ta moddasidan 64 tasiga oʼzgartish kiritilishi va 6 ta yangi modda qoʼshish taklif etilmoqda.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

🔥 Kuni kecha poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

📚 Tanlovda 3 ta yosh toifasi doirasida 6 yoshgacha, 7-11yosh, 12-18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun yaratilgan kitob mualliflari ishtirok etib, quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi:

• “Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob” nominatsiyasi
• “Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob” nominatsiyasi

🏆 Respublika bosqichidagi sovrindorlariga:

🥇100 million so‘m
🥈 75 million so‘m
🥉 50 million so‘m pul mukofoti berildi. Qolgan barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari, statuetka va maxsus diplom topshirildi.

G‘oliblar bilan tanishish uchun havola

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ot sport turi bo'yicha Yoshlar Kubogi Respublika musobaqasi yakunlandi

🔥 Ushbu musobaqa kuni kecha ot sport turi bo’yicha “Yoshlar kubogi” musobaqasining final bosqichi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🏆 Musobaqa gʼoliblariga:

🥇Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 30 million so'mdan jami 120 000 000 soʼmlik vaucher;
🥈 Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 20 million so'mdan jami 80 000 000 soʼmlik vaucher;
🥉Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 15 million so'mdan jami 60 000 000 soʼmlik vaucher taqdim etildi.

• G'oliblar bilan tanishish uchun havola

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi