Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.94K photos
1.72K videos
7 files
4.22K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Nogironligi mavjud yoshlar uchun "Imo-ishora tili" yuzasidan trenerlar tayyorlash o'quv kursi yana start oldi

Xabaringiz bor ushbu kursni o‘tgan yili ham tashkil etgan edik. Natijada "Imo-ishora tili" trenerlar tayyorlash o'quv kursida tahsil olgan 40 nafar trenerlar tomonidan 400dan ortiq surdo tarjimonlarni tayyorlandi.

🔥 Ushbu kurs yana davom etadi, Ayni damda Toshkent shahridagi “Daniel Hill Hotel” mehmonxonasida 29-maydan 13-iyunga qadar 132 soatga mo'ljallangan "Imo-ishora tili" trenerlar tayyorlash o'quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.

👩🏻‍🏫 Malaka oshirgan trenerlar o'z hududlariga qaytib "kaskad" usulida targ'ibot ishlarini olib borishi hamda mazkur kurs yo'nalishidagi o'qituvchi-murabbiylar safini kengaytirishlari ko'zda tutilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Bugun soat 14:00da Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati tomonidan Yoshlar oyligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

Brifingni "O‘zbekiston 24" telekanali va AOKAning facebook sahifasi orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

#brifing

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon oila" va "Mushoira" tanlovlariga start berildi

Tanlovlarning hududiy bosqichlarini tashkil etish va o'tkazish reja-jadvali bilan Sizlarni tanishtirib boramiz.

Bugun tanlovlarning Qoraqalpog'iston Respublikasi va Jizzax viloyati bosqichlari o'tkaziladi.

#yoshkitobxonoila #mushoira

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar oyligi doirasida qanday loyihalar amalga oshiriladi?

Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati tomonidan Yoshlar oyligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan brifing o'tkazildi.

YouTube orqali ko'rish Matn orqali o‘qish

#brifing #yoshlaroyligi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar oyligi doirasida Buxoro shahri Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumiga mezbonlik qilmoqda

🕌 3-4-iyun kunlari bo'lib o'tadigan forumda ilk marotaba Buxoro shahri “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” deb tantanali ravishda eʼlon qilinishi, Buxoro shahridagi Yoshlar markazida esa “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti va “Turkiy dunyo yoshlari bog‘i” ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

✍️ Eng asosiysi Forum yakunida Turkiy davlatlar tashkilotining Yosh liderlar forumi rezolyutsiyasi imzolanadi.

Bizni kuzatishda davom eting...

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Ayni damda Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu jarayonni Facebook sahifamiz orqali jonli tomosha qiling:

https://fb.watch/dpqLjLuIIB/

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Buxoroda Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Marosimda Turkiy davlatlar Yoshlar tashkilotlari rahbarlari va tashrif buyurgan yuqori darajadagi mehmonlar ishtirok etdilar.

Ochilish marosimi davomida 2022-yilni turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” va Buxoro shahrini Birinchi turkiy dunyo Yoshlar tashabbuslari poytaxti deb eʼlon qilish bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Marosim so'ngida Buxoro shahrining birinchi turkiy dunyo yoshlar poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan qo‘shma-qaror va 2022-yil davomida Buxoro shahrida amalga oshirish rejalashtirilgan harakatlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

#Buxoro #YoshLiderlarForumi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
IV Yosh liderlar forumi davom etmoqda

Ochilish marosimidan so'ng ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda, fan va taʼlim, tadbirkorlik – biznes marafon, sanʼat va madaniyat, media, sport yo‘nalishlaridagi seminar-treninglarda ishtirok etdilar.

Seminar-treningda TDTga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlaridan tashrif buyurgan taniqli shaxslar ishtirokida master-klasslar o‘tkazildi.

Shuningdek, seminar-treninglar va uchrashuvlar davomida yoshlar tomonidan bildirilgan tashabbuslar TDTning Yoshlar va sport vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi