Yoshlar ishlari agentligi
70K subscribers
9.88K photos
1.71K videos
7 files
4.17K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Chegarasiz yoshlar uchun Matonat oromgohi start oldi

💪 Matonat oromgohi ochilish marosimi "Chegarasiz" loyihasi qahramoni Nilufar Ahmedovaning motivatsion so'zlari bilan boshlandi.

Respublikamizdagi imkoniyati cheksiz yoshlar o'rtasidagi shaxmat va mini futbol musobaqalari qizg'in ruhda bo'lib o'tdi.

Shuningdek, professionallardan ishtirokchilar uchun "Notiqlik san'ati" hamda Psixologik treninglar olib borilmoqda.

🎁 Mazkur loyiha yoshlarga kutilmagan hodisalar va sirli mehmonlarni tayyorlamoqda!

"Matonat" oromgohi davom etadi, voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Vijdon saratoni» hujjatli filmi premyera qilindi

Mazkur hujjatli film korrupsiya tushunchasiga hayot uchun oʻta xavfli boʻlgan kasallik rakursidan nazar tashlashga undaydi.

Filmning bosh qahramonlari — korrupsiya haqida maqola tayyorlayotgan jurnalist va davlat xizmatida faoliyat ko‘rsatib, korrupsion jinoyat sodir etgan mahkum obrazlarining hikoyasi orqali tomoshabin bu og‘riqli mavzuni chuqurroq tahlil etadi. Ekspertlar intervyulari esa tasvirni yanada kengroq ochib beradi.

Albatta, tomosha qiling: https://youtu.be/JRY6UwW_uLU

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
MDH yoshlar kengashining 30-yubiley yig‘ilishi o‘tkazildi

25-may kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashining 30-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, shuningdek, Hamdo‘stlik davlatlarining yoshlar bilan ishlash va rivojlantirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari vakillari hamda O‘zbekiston nomidan Yoshlar ishlari agentligi direktor o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2022-2023 yillarda MDH doirasida O‘zbekiston tomonidan Xalqaro volontyorlik forumi tashkil qilinishi, 2023-yilda Belarus Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “MDH uchun 100 g‘oya” tanlovida o‘zbekistonlik yoshlarning ham ishtiroki haqida kelishib olindi.

Batafsil sayt

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️ “Yoshlar ijod saroyi”da "Yosh tadbirkorlar" koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi

🔥Mazkur ko'rgazmada mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan 100 dan ortiq yosh tadbirkorlar, hunarmand va fermerlar oʼz mahsulotlarini namoyish etdi.

Shuningdek, tadbirda yosh fermerlarga bepul yer uchastkalari ajratish amaliyoti, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini yaratish hamda subsidiya ajratish mexanizmlari haqida maʼlumotlar berildi.

Ko‘rgazma kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka qiziqishini kuchaytirish, ularning tashabbuskorlik, bunyodkorlik va ijodiy faoliyatini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

#tadbirkorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Shaxmat bo’yicha "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" Respublika ochiq turnirining viloyat bosqichlariga start berildi

⚡️ Turnir 27-may kuni Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida tashkil etildi.

Havaskor hamda professional o'yinchilarni birlashtirgan shaxmat musobaqasining mahalla, sektor, tuman(shahar), viloyat hamda respublika bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tganlarni 880 million so'm miqdorda sovrin jamg'armasi kutib turibdi.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan g'oliblarni tabriklaydi va keyingi bosqichda omad tilab qoladi!

#Shaxmat #hududiybosqichlar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Matonat oromgohi seminar-trening va motivatsion uchrashuvlar bilan davom etdi

🔥 Seminar-treninglar davomida teleboshlovchilar Laylo Rustamova va Saidolimxon Turdiboyev hamda "Chegarasiz" loyihasi qahramoni Hayrullo Ruhiddinov bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti Jasur Jumayevning faoliyati haqida motivatsion videorolik namoyish etildi.

💫 Paralimpiyadada muvaffaqiyat qozongan imkoniyati cheksiz Baxtiyor Toshtemirov, Sofiya Burxonova, Shaxnoza Mirzayeva kabi yoshlar tengdoshlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Shuningdek, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova, Najot ta'lim o‘quv markazi asoschisi Temurbek Adhamov, Cambridge o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov, Dizipro o‘quv markazi rahbari Abdusattor Abduraximovlar bilan birgalikda master-klasslar bo'lib o'tdi.

Matonat oromgohi davom etadi, voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring!

#Matonat #SeminarTreninglar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi