Yoshlar ishlari agentligi
110K subscribers
10K photos
1.76K videos
7 files
4.29K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib keladi!

📚 Endilikda sahifalarimizda Sizlar uchun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatga erishgan insonlar va turli xil kitoblardan foydali iqtiboslarni ulashib boramiz.

Birgina Atom odatlar kitobi hayotingizni o‘zgartirishi mumkin!

#AtomOdatlar #Iqtibos

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident samolyoti ilk bor Mo‘ynoq aeroportida qo‘ndi

Bu aeroport 1947 yilda ochilgan. O‘tgan asrning 90-yillari boshida faoliyatini to‘xtatgandi. 2020 yilda, qariyb 30 yillik tanaffusdan so‘ng Mo‘ynoq aeroporti qayta ishga tushirildi.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi Beltov ovulida “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, taʼmirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgardi. Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi, aholi bilan muloqot qildi.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘ldi. Ular mahallalardagi muammolarni hal etish, bandlikni taʼminlash borasidagi takliflarini bildirdi.

Prezidentimiz shu yerda jurnalistlar bilan ham suhbatlashdi.

#repost #Mirziyoyev #safar #mahalla

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
👋 "Yoshlar" telekanali Sizni telekanal bo'ylab mediasayohatga taklif etadi!

25-fevral kuni soat 16:00da "Yoshlar" teleradiokanali ijodiy jamoasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

• Boshlovchilikka qiziqasizmi?

• Telekanal uchun takliflaringiz va yangi teleloyihangiz bormi?

Unda bu Siz uchun ajoyib imkoniyat, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan media olamiga qiziquvchi barcha yoshlarni mediasayohatga taklif etamiz!

Mediasayohat davomida taniqli jurnalistlar, professional boshlovchilar, dublyaj aktyorlari bilan davra suhbati tashkil etiladi hamda telestudiyada boshlovchilik uchun telesinovdan o'tish va muallifligingiz saqlangan holda loyihalaringizni taqdim etish imkoniyati ham taqdim etiladi.

☎️ +998 71 214-13-14 telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin!

"Yoshlar"da ko'rishguncha! Ishoning, bu juda ham qiziq bo'ladi!

#yoshlartelekanali #sayohat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Talabaga madad” loyihasi - Ota onaga madad!

Bizning qahramonimiz Muxlisa Murodullayeva. U hozirda Samarqand Davlat chet tillari institutining 1-bosqich talabasi.

Muxlisa viloyatning faol yoshlaridan biri. Hozirda oliy ta'limda to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladi. Qahramonimiz talabaga aylanganida shartnoma to'lovini to'lash uchun oilaviy sharoiti yetarli bo‘lmagan. Ammo Yoshlar tashkiloti esa uni qiyin damda yolg'iz qoldirmadi. "Talabaga madad" loyihasi Muxlisaning og'irini yengillashtirdi.

Endi u bor kuch va g'ayratini o'qishga, bilim olishga yo'naltira oladi!

#talabagamadad

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Ukrainada taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar diqqatiga❗️

Ukrainadagi vaziyat keskinlashgani va favqulodda holat joriy etilganini inobatga olib, hozirda Ukraina hududida taʼlim olayotgan va vaqtinchalik mehnat qilayotgan yoshlar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va jo‘nab ketish joyi ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport maʼlumotlarini Elchixonaning [email protected] elektron manziliga yuborishlari so‘raladi.

Ukrainada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlarini va qo‘shimcha savollar tug‘ilganda Elchixona bilan aloqada bo‘lishlarini so‘raymiz.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​🏠 "Ayollar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so‘mgacha kredit beriladi.

#huquqiyyangiliklar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​“Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Yalpi majlisda taʼkidlanganidek, qonun loyihasi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga “korporativ volontyor”, “korporativ volontyorlik” va “korporativ volontyorlikka jalb qiladigan ish beruvchi” tushunchalarini asosiy tushunchalar etib belgilashni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, volontyorlik faoliyatini amalga oshirishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini, korporativ volontyorlik faoliyatini volontyorlik faoliyatining shakllaridan biri sifatida belgilashni, volontyorlik faoliyati tashkilotchisi bilan birga ish beruvchining huquqlar va majburiyatlarini o‘rnatishni, ish beruvchi tomonidan korporativ volontyorini rag‘batlantirish shakllarini kiritishni ko‘zda tutadi.

Majlisda deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, hujjatni yana-da takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi. Qizg‘in baxs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

#volontyorlik

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari!” davom etadi

🔰 Bizning bugungi qahramonimiz Termiz tumanida istiqomat qilayotgan Azipov Umarjon Sherpo'lat o'g'li. U 27 yoshda.

⚡️Azipov Umarjon “Yoshlar daftari” ro’yxatida turganligi sababli, unga Issiqxona uchun 30 million so’m kredit berildi.

Umarjon kelajakda o‘z sohasining malakali mutaxassisi bo'lish niyatida!

#yoshlardaftari #imkoniyatlardaftari

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi