Yoshlar ishlari agentligi
71.1K subscribers
9.72K photos
1.68K videos
7 files
4.09K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
🔥 “Zakovat” turniri g’oliblari aniqlandi

3 kun davomida Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da 78 nafar Sirdayo tumani yoshlari uchun “Zakovat” turniri tashkil etildi.

“Zakovat” turnirining natijalariga ko’ra:

🥇1-o’rinni egallagan “3+2” jamoasi 30 million so’m;

🥈2-o’rinni egallagan “Status” jamoasi 18 million so’m;

🥉3-o’rinni egallagan “Uzbek power” jamoasi 12 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

💫 Shuningdek, har bir ishtirokchi 1 million so’m bilan rag’batlantirildi.

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Barcha bilimdon yoshlarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#zakovat

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, yurtimiz bo‘ylab buyuk shoir, shoh, sarkarda va olim Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi nishonlanmoqda!

👳🏻‍♂️ O'rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil, 14-fevralda Andijonda tug'ilgan.

🔹 Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qoldirgan boʻlsa, “Boburnoma” asari jahonning mashhur tarixnavis olimlari tomonidan bugungi kunga qadar yuksak e'tirof etiladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Yoshlari ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

Hamkorlik uchrashuvida Olgan Bekar O‘zbekistonning 2022-yilda ikki tomonlama hamkorligi doirasida aynan yoshlar siyosati sohasida Yoshlar ishlari agentligi bilan Turkiya Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida hamkorlikda samarali ishlar olib borilishiga ishonch bildirdi va hamkorlikka tayyor ekanliklarini aytdi.

Undan tashqari uchrashuvda talaba yoshlar almashinuv dasturi, yoshlarga yangi ta’lim grantlari taqdim etish, Turk va O‘zbek tili o‘qitishni ommalashtirish, yozgi yoshlar oromgohlarini tashkil etish, arxitektura va dizayn yo‘nalishi bo'yicha yaqindan hamkorlik o'rnatish, shuningdek, ikki davlat yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari, media, tadbirkorlik, fan, ta'lim, madaniyat yo'nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kim ko'rubdur, ey ko'ngul, ahli jahondin yaxshilig',
Kimki, ondin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshilig'.

Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko'rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig'!
"

__

🌏 Boshqa millat yoshlari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolikni e'tiboringizga havola etamiz!

#ZahiriddinMuhammadBobur #539yil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Tayinlov

Abbosova Mehrinoz Nosirjon qizi
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Mehrinoz Abbosova shu vaqtga qadar “Respublika yosh ijodkorlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi lavozimida ishlab kelgan.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Mehrinoz Abbosovani yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovining Namangan va Qashqadaryo viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi

📚 Namangan va Qashqadaryo viloyati o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Namangan viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Ezoza Mansurjonova
• 15-19 yosh - Akbarali Mehmonov
• 20-30 yosh - Nazokat Jabborova

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Mironshoh Nurmatov
• 15-19 yosh - Ismigul Samadova
• 20-30 yosh - Nozima Umarova

#yoshkitobxon #namangan #qashqadaryo

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Zakovat” stipendiyasi kimlarga beriladi?

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 21 yanvarda “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Keling, yuqoridagi savol javobini quyidagi YouTube havola orqali blib olamiz

🎥
https://youtu.be/5fL6XDacZG4

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡Sizda g‘oya bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Startapingiz uchun investitsiya kerakmi? Unda bu aynan siz uchun!

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sizni yoshlar tadbirkorligi va innovatsion rivojlanishini qo‘llab - quvvatlashga qaratilgan "Yoshlarning 100ta ilg‘or g‘oyalari” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Buning uchun Siz:

www.fursatloyiha.uz sayti orqali onlayn ariza yuboring;
loyihangiz biznes-rejasining taqdimotini tayyorlang;
o‘z loyihangizni ekspertlar guruhi oldida himoya qiling;

100ta g‘oliblardan biri bo‘lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Sizning g‘oyangizning kelajagi bor!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Ozodbek Yo'ldoshev hikoyasi | Yosh agrotadbirkor

🧑🏻‍🌾 23 yoshli qahramonimiz agrotadbirkor. Bugungi kunda u terak daraxtlarini yetishtirish bilan birga limonchilik va chorvachilikni ham yo'lga qo'yishga ulgurgan.

💸 Yosh agrotadbirkor birgina terak daraxtini yetishtirish ortidan yiliga o'rtacha 80 million so'mga yaqin sof daromad topmoqda.

👁 YouTube orqali ko‘rish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Ta'lim krediti — yoshlar uchun imkoniyat! (3-qism)

Oliy ta'lim muassasalari talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 18-avgustda «Oliy ta'lim tashkilotlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallari va qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) miqdorida ta'lim krediti ajratilishi belgilandi.

Ta'lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to'lash oliy ta'lim tashkilotiga mablag'lar o'tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Batafsil ma'lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Moliya vazirligi ta’lim krediti olish uchun banklar roʻyxati va murojaat uchun telefon raqamlarni ham e’lon qilgan.

Hisoblaymiz. Aytaylik, 2-kursda o'qiyotgan, yillik kontrakt to'lovi 10 mln. so'm bo'lgan talaba ta'lim krediti olsa, kredit foizini (hozirda 14%) o'qish davomida oyma-oy to'lab boradi. 10 mln. so'mning 14 foizini (1,4 mln. so'mni) bir yilda to'lansa, bir oyga 117 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda. Qolgan asosiy qarzni (10 mln so'mni) talaba o'qishni bitirgandan keyin, oradan 7 oy o'tib (bu vaqt davomida bemalol ishga kirishga ham ulguradi) 7 yil davomida to'lashi mumkin. Shunda bir oyga 119 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda.

Ota-onasi rasmiy ishda ishlamaydigan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan oilalar talabalari kafil topishda qiynalishadi, sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar esa ushbu ta’lim kreditini ololmaydi. Shunday bo'lsa-da, 2021-yil yakuniga ko'ra, 19 879 nafar talaba mazkur ta'lim kreditidan foydalanishgan.

Talaba-yoshlar, 2021-yilda ta'lim krediti oldingizmi? Qanday to'siqlarga duch keldingiz? Sizning taklif va fikrlaringiz asosida mutasaddilar bilan jarayonni soddalashtirish va muammolarni yechish ustida ishlaymiz, albatta. Izohlarda yozib qoldiring.

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism)

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil ma’lumot.

2021-yil Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta’lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan. 2021-yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Qoida bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turgan abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo‘q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar juda yaxshi eslasa kerak, bundan bir necha yil oldin kirish imtihonlarida maksimal ball (189 ball) to‘plab ham yoshlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu holat ko‘proq tibbiyot yo‘nalishida kuzatilgan. Sababi o‘shanda hududlar miqyosida ham kvota ajratilardi.

Masalan, buxorolik abituriyent uchun Buxoro davlat tibbiyot insitutiga kvota ajratilgan va bu abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirsa, uning hududiga kvota ajratilmagan bo‘lsa, u maksimal ball to‘plasa ham, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda esa shu narsaga uzil-kesil chek qo‘yildi va endi bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlar uchun katta imkoniyat taqdim etildi. Maksimal ball to‘pla va Preziednt grantiga da’vogarlik qil! Bu tizim — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha bo'lgan ajoyib tizim!

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Xo‘sh, obunachilarimiz orasida 2021-yilda maksimal ball to‘plab, Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan yoshlar bormi? Maksimal ball to‘plash uchun hozirgi abituriyentlar nima qilishi kerak? Tajriba va tavsiyalaringizni izohlarda qoldiring.

#repost

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi