Yoshlar ishlari agentligi
110K subscribers
10K photos
1.76K videos
7 files
4.3K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Download Telegram
Jizzax viloyati Yangiobod tumanining “Sovot” mahallasida "Mahalla yoshlari festivali" bo'lib o'tdi

Festival doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi, DXX chegara qo'shinlari hamda Milliy Gvardiya tomonidan mahalla yoshlari uchun zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va anjomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Jizzax viloyatining eng chekka, Tojikiston bilan chegara hududida joylashgan “Sovot” mahallasida yoshlar yetakchilari uchun taqdimotlar bo'lib o'tdi.

Taqdimotda yil davomida 96 yo'nalishdagi loyiha va tadbirlar tashkil qilinishi orqali, 600 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinishi haqida aytib o'tildi.

#jizzax #mahalla

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Sirdaryo tumanining “Hikmatli” mahallasida yoshlar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazildi

Unda, Yoshlar yetakchilari, Toshkent harbiy okrugi, Sirdaryo viloyati IIB xodimlari, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan bo‘linmalar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestrining mahalla ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurishi namoyish etildi.

3 kun davomida mahalladagi yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilganligi, maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilinganligi, ayniqsa mahalla yoshlaridan tashkil topgan 13 ta jamoaning "Zakovat" intellektual o‘yinida munosib baxs olib borishi, tadbirlarning davomi "Ko‘pkari" ot musobaqalariga ulanib ketishi, undan tashqari “Gulxan atrofidagi yoshlar” loyihasi o‘tkazilishi va mahallada tashkil etilgan madaniy konsert dasturlari “Hikmatli” mahallasi yoshlari xotirasida unutilmas jarayonlar sifatida saqlanib qoldi.

#sirdaryo #mahalla #yoshlar

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Yoshlar ishlari agentligi vakant lavozimlar uchun eng ko‘p ochiq tanlov o‘tkazgan davlat tashkiloti

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 2022-yilning 4-fevral holatiga vakant lavozimlar uchun eng ko‘p ochiq tanlov o‘tkazgan davlat tashkilotlari nomini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi 14 584 ta vakant lavozimlar uchun ochiq tanlov tashkil etib, 1-o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, undan keyingi o‘rinlarni quyidagi davlat tashkilotlari qayd etdi.

Davlat soliq qo‘mitasi — 4 823 ta;

Xalq ta’limi vazirligi — 3 636 ta;

Moliya vazirligi — 3 788 ta.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
"Yosh kitobxon" tanlovining Samarqand va Farg‘ona viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi

📚 Samarqand va Farg‘ona viloyati o'tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Muhammadiyeva Nargiza
• 15-19 yosh - Tursunmurodova Marjona
• 20-30 yosh - Safayeva Iroda

🏆 “Yosh kitobxon” tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g’oliblari:

• 10-14 yosh
- Mirzausmonov Nurbek
• 15-19 yosh - Ismoilov Kamronbek
• 20-30 yosh - Niyozmatov Abdullajon

#yoshkitobxon #Samarqand #Fargona

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi